4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5395467041131989858
21
- To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblar
Naqd pulsiz hisob – kitoblar ichida to‘lov topshiriqnomasi eng ko‘p qo‘llaniladigan hisob – kitob shakllaridan hisoblanadi. Bunga to‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishning to‘lovchi, sotib oluvchi va hatto bank uchun ham qulayligi hisoblanadi.
To‘lov topshiriqnomasi – mol sotib oluvchi tashkilotning o‘z hisobraqamidan mol sotuvchining hisobraqamiga to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida bankka bergan topshirig‘i hisoblanadi. Topshiriqnomalar orqali sotilgan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob – kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
Topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar bundan mustasno).
Hozirgi kunda viloyat, shahar va tuman bo‘limlariga ega bo‘lgan tijorat banklari yagona vakillik hisobvaraqasiga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu vakillik hisobvaraqalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish va aylanishi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Quyida aksiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi o‘rtasida to‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda hujjatlarni aylanishining shartli tartibi keltirilgan.
22
CHizmadan ko‘rinib turibdiki, sotuvchi va sotib oluvchilar o‘rtasida to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda hujjatlar aylanish tartibi juda oddiy bo‘lib, uning ishtirokchilariga qator qulaylik va engilliklar tug‘diradi.
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda dastlab sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida shartnoma tuzilib, unda to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi oldindan umumiy to‘lov summasining 15 foizini to‘lagandan so‘ng, tovarlarni jo‘natadi yoki xizmatlarni ko‘rsatadi (2), sotib oluvchi shartnomada kelishilgan summani mol sotuvchining hisobraqamiga o‘tkazish maqsadida to‘lov topshiriqnomani bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalter xodimi to‘lov topshiriqnomalarni tegishli nazoratdan o‘tkazgandan so‘ng mablag‘ni elektron to‘lov tizimi orqali respublika bankiga jo‘natadi (4), respublika aksiyadorlik tijorat Agrobankida elektron to‘lov topshiriqnoma tegishli dasturiy nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng sotuvchining bankiga jo‘natiladi (5), elektron to‘lov topshiriqnoma Agrbankning Oqtosh bo‘limida dasturiy nazoratdan, mablag‘ sotuvchining hisobiga kirim qilinadi va bu haqda unga xabar qilinadi (6).
To‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning qator afzalliklari va ayrim kamchiliklari mavjud.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling