4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja
Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5395467041131989858
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мемориал ордерлар билан ҳисоб китоблар
4.6. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2002 yil 12 yanvardagi 1/4 – sonli qarori bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligida 2002 yil 15 aprelda 1122 – son bilan ro‘yxatga olingan «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to‘g‘risida» gi 60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, umumiy talab va qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
19
O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini amaliyotga joriy etadi:
To‘lov topshiriqnomalar;
To‘lov talabnomalar;
Akkreditivga ariza;
Inkasso topshiriqnomasi;
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining taboro chuqurlashib borishi tijorat banklari xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi paytda hisob – kitoblarning ushbu shakli asosan aholi va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash lozimki, plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va oson bo‘lib, kelgusida aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
YUqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi:
– to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi;
– to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi;
– inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ etarli yoki mavjud bo‘lmasa
20
inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi; – akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun
to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi; – hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashkilotlari
o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab qilib o‘z bankiga taqdim etadi;
– memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini bajarishda, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlarning hisobvaraqlaridan
mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan qo‘llaniladi.
- Мемориал ордерлар билан ҳисоб китоблар
Мемориал ордер банклар томонидан фойдаланиладиган нақд пулсиз тўлов ҳужжати бўлиб, ундан қуйидаги ҳолларда фойдаланилади: мижозлар билан боғлиқ банк операциялари бўйича ҳисоб-китобларда; банк хизматларини кўрсатиш бўйича ҳисоб-китобларда; банкларнинг ички операцияларида; тўлов ҳужжатлари бўйича қисман тўлов амалга оширилганда; кўзда тутилмаган ҳолатлар бўйича бухгалтерия ўтказмалари амалга оширилганда; мижознинг қарздорлик маблағларини қоплашда, агар ушбу талаб банк билан мижоз ўртасида тузилган шартномада белгилаб қўйилган бўлса; бухгалтерия ҳисобидаги хато ёзувларни тузатишда; жисмоний шахсларнинг (якка тартибдаги тадбиркорлар ва юридик шахс ташкил этмаган ҳолдаги деҳқон хўжаликларидан ташқари) ёзма мурожаати бўйича маблағларни нақд пулсиз шаклда ўтказишни амалга оширишда; мижозлар билан тузиладиган шартномаларда назарда тутилган бошқа ҳолларда.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling