4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja


 Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana16.11.2021
Hajmi0.68 Mb.
#175132
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
2 5395467041131989858

4.6. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari 

 

O‘zbekistonda  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  O‘zbekiston  Respublikasi 



Markaziy  bank  Boshqaruvining  2002  yil  12  yanvardagi  1/4  –  sonli  qarori  bilan 

tasdiqlangan,  Adliya  vazirligida  2002  yil  15  aprelda  1122  –  son  bilan  ro‘yxatga 

olingan  «O‘zbekiston  Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  to‘g‘risida»  gi 

60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi. 

 

O‘zbekistonda  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  shakllarini  joriy  etish,  umumiy 



talab  va  qoidalarini  belgilash  hamda  nazorat  qilish  Markaziy  bank  tomonidan 

amalga oshiriladi. 

 



19 

 

O‘zbekiston  tijorat  banklari,  tegishli  qonuniy  va  me’yoriy  hujjatlar  asosida 



mulkchilik  shaklidan  qa’tiy  nazar  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarga  quyidagi  naqd 

pulsiz hisob – kitoblar shakllarini amaliyotga joriy etadi: 

 

 

Memeorial orderlar  



 

  

 



To‘lov topshiriqnomalar; 

 

 



To‘lov talabnomalar; 

 

 



Akkreditivga ariza; 

 

 



 

Inkasso topshiriqnomasi; 

 

 

Hisob cheklari bilan hisob – kitoblar. 



 

O‘zbekistonda  bozor  munosabatlarining  taboro  chuqurlashib  borishi  tijorat 

banklari  xizmatlarining  turlarini  oshib  borishiga  turtki  bo‘lmoqda.  Mana  shunday 

xizmatlardan biri naqd pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga 

oshirish  bo‘lib,  hozirgi  paytda  hisob  –  kitoblarning  ushbu  shakli  asosan  aholi  va 

xo‘jalik  sub’ektlari  o‘rtasida  qo‘llanilmoqda.  Ta’kidlash  lozimki,  plastik 

kartochkalar  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirish  juda  qulay  va  oson  bo‘lib, 

kelgusida  aholi  tomonidan  to‘lovlarni  amalga  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb 

etishi kutilmoqda. 

 

YUqorida  qayd  etilgan  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda 



quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi: 

 

–  to‘lov  topshiriqnomasi,  ushbu  hujjat  asosida  mijoz  sotib  olgan  tovarlar 



yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini 

o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi; 

 

–  to‘lov  talabnomasi,  ushbu  hujjat  asosida  mijoz  jo‘natgan  mol  yoki 



 

ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida 

o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi

 

– inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan 



belgilab  qo‘yilgan  tashkilotlar  to‘lovchining  hisobvarag‘idagi  mablag‘ni  uning 

roziligini  olmasdan  tegishli  manzilga  o‘tkazib  berish  haqida  bankka  topshiriq 

beradi, agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ etarli yoki mavjud bo‘lmasa 

 



20 

 

inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi; 



 

–  akkreditivga  ariza,  mijoz  sotib  oladigan  tovarlar  va  xizmatlar  uchun 

 

to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat 



hisoblanadi; 

–  hisob  –  kitob  cheki,  asosan  jismoniy  shaxslar  va  savdo  tashkilotlari 

 

o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari 



chekdagi mablag‘ni talab qilib o‘z bankiga taqdim etadi; 

 

–  memorial  order,  ushbu  hujjat  bankning  ichki  operatsiyalarini  bajarishda, 



shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlarning hisobvaraqlaridan 

 

mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan qo‘llaniladi. 



 

 

 



-  Мемориал ордерлар билан ҳисоб китоблар  

 

Мемориал  ордер  банклар  томонидан  фойдаланиладиган  нақд  пулсиз 



тўлов ҳужжати бўлиб, ундан қуйидаги ҳолларда фойдаланилади: 

мижозлар билан боғлиқ банк операциялари бўйича ҳисоб-китобларда; 

банк хизматларини кўрсатиш бўйича ҳисоб-китобларда; 

банкларнинг ички операцияларида; 

тўлов ҳужжатлари бўйича қисман тўлов амалга оширилганда; 

кўзда  тутилмаган  ҳолатлар  бўйича  бухгалтерия  ўтказмалари  амалга 

оширилганда; 

мижознинг қарздорлик маблағларини қоплашда, агар ушбу талаб банк билан 

мижоз ўртасида тузилган шартномада белгилаб қўйилган бўлса; 

бухгалтерия ҳисобидаги хато ёзувларни тузатишда; 

жисмоний  шахсларнинг  (якка  тартибдаги  тадбиркорлар  ва  юридик  шахс 

ташкил  этмаган  ҳолдаги  деҳқон  хўжаликларидан  ташқари)  ёзма  мурожаати 

бўйича маблағларни нақд пулсиз шаклда ўтказишни амалга оширишда; 

мижозлар  билан  тузиладиган  шартномаларда  назарда  тутилган  бошқа 

ҳолларда. 

 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling