4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana16.11.2021
Hajmi0.68 Mb.
#175132
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5395467041131989858

 

 


21 

 

-  To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblar 



 

 

Naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  ichida  to‘lov  topshiriqnomasi  eng  ko‘p 



qo‘llaniladigan  hisob  –  kitob  shakllaridan  hisoblanadi.  Bunga  to‘lov 

topshiriqnomalar  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishning  to‘lovchi,  sotib 

oluvchi va hatto bank uchun ham qulayligi hisoblanadi. 

 

To‘lov topshiriqnomasi – mol sotib oluvchi tashkilotning o‘z hisobraqamidan 



mol  sotuvchining  hisobraqamiga  to‘lovni  amalga  oshirish  to‘g‘risida  bankka 

bergan  topshirig‘i  hisoblanadi.  Topshiriqnomalar  orqali  sotilgan  tovarlar, 

bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob – kitoblar 

amalga oshirilishi mumkin. 

 

Topshiriqnomaning  sanasi  uni  bankka  taqdim  etilgan  sana  bilan  bir  xil 



bo‘lishi  kerak,  ular  mos  kelmagan  holda  to‘lov  topshiriqnomasi  ijro  uchun  qabul 

qilinmaydi  (byudjetga  va  byudjetdan  tashqari  fondlar  bo‘yicha  to‘lovlar  bundan 

mustasno). 

 

Hozirgi  kunda  viloyat,  shahar  va  tuman  bo‘limlariga  ega  bo‘lgan  tijorat 



banklari  yagona  vakillik  hisobvaraqasiga  o‘tkazilgan  bo‘lib,  ushbu  vakillik 

hisobvaraqalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish va 

aylanishi  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  egadir.  Quyida  aksiyadorlik  tijorat 

Agrobankning  ikkita  bo‘limi  o‘rtasida  to‘lov  topshiriqnomalar  bilan  hisob  – 

kitoblarni amalga oshirganda hujjatlarni aylanishining shartli tartibi keltirilgan. 

 

To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish tartibi 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



22 

 

 



CHizmadan  ko‘rinib  turibdiki,  sotuvchi  va  sotib  oluvchilar  o‘rtasida  to‘lov 

topshiriqnomalari  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirganda  hujjatlar  aylanish 

tartibi  juda  oddiy  bo‘lib,  uning  ishtirokchilariga  qator  qulaylik  va  engilliklar 

tug‘diradi. 

 

To‘lov  topshiriqnomalar  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda  dastlab 



sotuvchi  va  sotib  oluvchi  o‘rtasida  shartnoma  tuzilib,  unda  to‘lov  shakli  ham 

kelishiladi  (1),  sotuvchi  oldindan  umumiy  to‘lov  summasining  15  foizini 

to‘lagandan  so‘ng,  tovarlarni  jo‘natadi  yoki  xizmatlarni  ko‘rsatadi  (2),  sotib 

oluvchi  shartnomada  kelishilgan  summani  mol  sotuvchining  hisobraqamiga 

o‘tkazish  maqsadida  to‘lov  topshiriqnomani  bankka  taqdim  etadi  (3),  bankning 

mas’ul  buxgalter  xodimi  to‘lov  topshiriqnomalarni  tegishli  nazoratdan 

o‘tkazgandan  so‘ng  mablag‘ni  elektron  to‘lov  tizimi  orqali  respublika  bankiga 

jo‘natadi (4), respublika aksiyadorlik tijorat Agrobankida elektron to‘lov 

topshiriqnoma  tegishli  dasturiy  nazoratdan  o‘tkazilgandan  so‘ng  sotuvchining 

bankiga  jo‘natiladi  (5),  elektron  to‘lov  topshiriqnoma  Agrbankning  Oqtosh 

bo‘limida dasturiy nazoratdan, mablag‘ sotuvchining hisobiga kirim qilinadi va bu 

haqda unga xabar qilinadi (6). 

 

To‘lov  topshiriqnomalari  bilan  amalga  oshiriladigan  naqd  pulsiz  hisob  – 



kitoblarning qator afzalliklari va ayrim kamchiliklari mavjud. 

 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling