4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5395467041131989858
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar
Afzalliklari:
– sotuvchi bajariladigan ish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan 15 foizni oladi;
– pul to‘lovchi tashkilot tovar olingandan va xizmatlar ko‘rastilgandan so‘ng to‘lov topshiriqnomasini bankka taqdim etadi;
– to‘lov hujjatlarining, boshqa naqd pulsiz hisob – shakllariga nisbatan oddiyli va tezligi;
– tovarli va tovarsiz operatsiyalarda qo‘llanilshining mumkinligi. Kamchiliklari:
23
– sotib oluvchi hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘la turib, ushbu summani boshqa maqsadlarga foydalanishi natijasida sotuvchi to‘lov summasini kechikib olishi mumkin;
– mablag‘ oluvchi tashkilot jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oladigan mablag‘lar pul to‘lovchining hisobvarg‘ida mablag‘ bo‘lmay yoki etishmay qolganda mablag‘ni olish jarayoni cho‘zilib ketadi. Biroq ushbu jarayon boshqa to‘lov shakllarida ham uchraydi.
- To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar
To‘lov talabnoma xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli hisoblanadi. O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida to‘lov talabnomalar hisob – kitoblarning qo‘llanilishi juda keng tarqalmagan. Buning asosiy sabablaridan biri to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda ko‘p vaqt oladi va ortiqcha sarf xarajatlar talab qiladi.
To‘lov talabnoma – mol sotuvchi tomonidan belgilangan summani bank orqali olish haqidagi talabini o‘z ichiga olgan hisob – kitob hujjatidir.
Akseptli to‘lov talabnomalarda bank avval to‘lovchining mablag‘ni to‘lash haqidagi roziligini oladi, so‘ngra to‘lovni amalga oshiradi. Akseptsizda esa avval to‘lov amalga oshirilib, so‘ngra mijozga to‘lov hujjatlarini beradi.
Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvaraqlariga o‘tishi to‘lov talabnomalar bilan amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni rasmiylashtirish va hujjatlarning aylanish jarayonlarini bir qadar engillashtirdi.
akseptli to‘lov talabnomalar sotib oluvchining bankiga kelib tushgandan so‘ng, bank dastlab to‘lovni amalga oshirish yuzasidan to‘lovchining roziligini oladi. Buning uchun bank tomonidan to‘lovchilarga talabnomalarni quyidagicha akseptlash muddati o‘rnatiladi:
24
– bir shahar ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni;
– boshqa shaharlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni;
– to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 kungacha. Akseptlash tartibida to‘lanadigan akseptli to‘lov talabnomalar muddatini kutayotgan davr davomida to‘lovni kutayotgan hujjatlar kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi.
To‘lovchi belgilangan muddatda yozma ravishda unga xizmat qiluvchi bank bo‘limiga akseptlashni qisman yoki to‘liq rad qilish huquqiga ega (tovar – material qimmatliklarini jo‘natishda, xizmatlar ko‘rsatishda va boshqa holatlarda shartnoma shartlariga amal qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan).
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa, talabnoma akseptlangan hisoblanadi.
Talabnomani akseptlashdan qisman bosh tortganda, to‘lovchi tomonidan akseptlangan summa bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar bo‘lmaganda akseptli to‘lov talabnomalar 2 – kartotekaga joylashtiriladi.
Bunda bank to‘lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilinganligi to‘g‘risida mahsulot etkazib beruvchining (mablag‘ oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi.
Bank 2 – kartotekadagi hisob – kitob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar foydasiga o‘tkazish huquqiga ega, agar bu bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa.
Bank to‘lovchilardan mablag‘larni oluvchilar foydasiga muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar bo‘yicha har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda 25
penya undiradi. Agar ushbu holat bank va mijoz o‘rtasida hisob – kitob va bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha sharotnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa.
Quyidagi shartli chizmada aksiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi mijozlarining akseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar amalga oshirilganda hujjatlar aylanishini ko‘rib chiqamiz.
Mol sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish haqida shartnoma tuziladi, ushbu shartnomada to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi tovarlarni jo‘natagandan yoki xizmatlarni ko‘rsatgandan keyin (2) akseptli to‘lov talabnomani bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalteri to‘lov talabnomalar belgilangan tartibga javob berishini nazoratdan o‘tkazgandan keyin pochta orqali sotib oluvchining bankiga jo‘natadi (4), sotuvchining banki to‘lov talabnomani akseptlash uchun sotib oluvchiga jo‘natadi
(5), sotib oluvchi yozma ravishda to‘lovni rad etmasa uning hisobidan mablag‘ni sotuvchi hisobiga o‘tkazish haqidagi elektron to‘lov talabnomani respublika bankiga jo‘natadi (6).
Agrobankning Koson bo‘limi sotuvchining hisobvarag‘idan mablag‘ni ko‘chirgandan so‘ng bu haqda unga xabar qiladi (7), o‘z navbatida respublika Agrobanki elektron to‘lov talabnoma bilan Koson bo‘limining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘ni Oqtosh bo‘limiga o‘tkazadi (8), Agrobankning Oqtosh
26
bo‘limi mablag‘ni sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqda sotuvchiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi (9).
Akseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda to‘lov hujjatlari bankning ikkinchi kartotekasiga kirim qilinadi.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling