4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja
Akseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5395467041131989858
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblar
Akseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar. Akseptsiz to‘lov
talabnomalar bilan hisob – kitoblarda bank to‘lovchining roziligisiz uning
hisobvarag‘idagi mablag‘ni oluvchining hisobiga o‘tkazib beradi. Tijorat banklari akseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishni ayrim sub’ektlarga ruxsat beradi. Xususan ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq –
faktura mahsulot etkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
Qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining asl nusxasi ilova qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova qilinganda akseptsiz hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi;
Qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari
bo‘yicha kreditlarni vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham qo‘yiladi. Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan akseptsiz
talabnomalarda "kechki" degan shtamp qo‘yiladi va ular keyingi ish kuni to‘lanadi yoki to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ bo‘lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi.
To‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarning amaliyotda nisbatan kam qo‘llanilishining asosiy sababi, uning kamchiliklari afzalliklariga nisbatan ko‘pligidadir. Jumladan, uning asosiy kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq:
27
– mablag‘ oluvchi tovar jo‘natgandan va xizmatlarni ko‘rsatgandan so‘ng to‘lov talabnomasini bankka taqdim etishi natijasida, mablag‘ni to‘lovchiga tovar va xizmatlarning sifati to‘liq qoniqtirmagan hollarda to‘lovdan voz kechishi turli ziddiyatli holatlarni keltirib chiqaradi;
– to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ning bo‘lmasligi yoki etarli miqdorda emasligi banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining ortib ketishiga olib keladi; – to‘lov hujjatlarining aylanishi va rasmiylashtirish jarayoni to‘lov
topshiriqnomalariga nisabatan qo‘shimcha vaqt va ortiqcha mehnatni talab etadi. Afzallik jihatlari shundan iboratki, to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Umuman olganda, to‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish mablag‘ni oluvchi va beruvchi uchun hamda bank uchun ham qo‘shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. SHu bois bo‘lsa kerak, hisob – kitoblarning mazkur shakli amaliyotda boshqa hisob – kitob shakllariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi.
- Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblar Bizga
ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bankdagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni faqatgina ularning topshirig‘i (to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv, hisob – kitob va pul cheki) va roziligi (to‘lov talabnomasi, kredit bo‘yicha muddatli majburiyatlar, shartnomalarda kelishilgan bo‘lsa, memorial order) bilangina o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
Bozor munosabatlarida xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning ko‘pqirraligi va kutilmaganda vujudga kelgan ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llaniladigan shunday to‘lov hujjatlari ham mavjudki, ushbu to‘lov hujjati tegishli muassasalar tomonidan bankka taqdim etilganda mijozning hech qanday roziligini olmasdan turib, bank bo‘limi uning hisobvarag‘idan mablag‘ni
28
hujjatda ko‘rsatilgan manzilga o‘tkazib berishi lozim. Ushbu to‘lov hujjati inkasso topshiriqnomasidir.
Inkasso topshiriqnomasi – bankka mijoz (to‘lovchi)ning hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabini anglatadi.
Inkasso topshiriqnomalari bankka quyidagi tashkilotlar tomonidan taqdim qilinishi mumkin:
o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari;
byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
bojxona organlari – o‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirishda; sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo‘yicha;
moliyalashtirishga ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarishda, yuqori moliya organlari quyi byudjet tashkilotlarga, davlat kafolati ostida berilgan muddati o‘tgan kreditlarni qaytarishda va boshqa holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan inkasso topshiriqnomalari qabul qilinadi; qonuniy hujjatlarga asosan boshqa organlar.
To‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2 – kartotekada to‘lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi va qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda to‘lanadi.
29
Tuman Davlat soliq inspeksiyasi belgilangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan xo‘jalik sub’ektlariga nisbatan inkasso topshiriqnomalarini banklarga taqdim etadi (1), tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lsa, inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani so‘zsiz ravishda respublika yoki mahalliy davlat byudjetiga o‘tkazadi (2), va to‘lovchiga bu haqda xabar beradi (3). Agar mablag‘ etarli bo‘lmasa yoki umuman mavjud bo‘lmasa to‘lov hujjatlari ikkinchi kartotekaga kirim qilinadi, ushbu hujjatlar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar paydo bo‘lib, to‘lovlar amalga oshirilgunga qadar hisobga olib boriladi.
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirilmaganligi iqtisodiy jarayonlarning ijobiy tashkil etilganligi va xo‘jalik sub’ektlarining soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling