4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja


 Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana16.11.2021
Hajmi0.68 Mb.
#175132
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
2 5395467041131989858

4.5. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari 

 

 



Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni 

bir  necha  yuz  minglab  naqd  pulli  va  naqd  pulsiz  operatsiyalar  amalga  oshiriladi. 

Ushbu  operatsiyalarning  85  –  90  foizi,  ayrim  rivojlangan  mamlakatlarda  98  –  99 

foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. 

O‘zbekistonda  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  tijorat  banklarining  ichki  va 

tashqi  vakillik  hisobraqamlari  orqali,  elektron  to‘lov  tizimi  yordamida, 

mijozlarning  hisobvaraqlarida  buxgalteriya  yozuvlari  ko‘rinishda  amalga 

oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil  mart oyida joriy etilgan elektron 

to‘lov  tizimi  banklararo  amalga  oshirilayotgan  to‘lovlarni  juda  qisqa  daqiqalar 

ichida  amalga  oshirish  imkoniyatini  beradi.  Bu  davlat  idoralari  va  korxonalari, 

aholi  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  o‘rtasidagi  to‘lovlarni  naqd  pulsiz 

ko‘rinishda  amalga  oshirishga  juda  keng  qulayliklar  yaratilganligidan  dalolat 

beradi. 

 

Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi 



lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: 

 

– naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala 



tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; 

 

–  mijozning  hisobvarag‘idan  mablag‘larni  boshqa  manzilga  o‘tkazish  va 



kirim qilish Markaziy bank tomonidan  qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida 

hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi

 

– bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning 



 

hisobvarag‘ida  mablag‘  bo‘lgandagina  qabul  qiladi.  Mijozning  hisobvarag‘ida 

mablag‘  bo‘lmagan  holatda  uning  hisobvarag‘idan  undirish  to‘g‘risida  inkasso 

topshiriqnomasi  (o‘z  vaqtida  to‘lanmagan  soliqlar  va  Davlat  byudjetiga 

o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq 

idoralari  tomonidan,  byudjetdan  tashqari  fondlar  –  o‘z  vaqtida  to‘lanmagan 

to‘lovlarni  undirib  olishda,  agarda  bu  qonuniy  hujjatlarda  ko‘zda  tutilgan 



17 

 

holatlarda),  to‘lov  talabnomalar  kartoteka  2  ga  kirim  qilinadi  va  belgilangan 



tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; 

 

– bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i 



 

asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida 

mablag‘lar etarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; 

 

– mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ 



oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi

 

–  to‘lovlarni  amalga  oshirish  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  naqd 



pulsiz  hisob  –  kitoblarning  shakllarini  qo‘llagan  holda,  tegishli  to‘lov  hujjatlari 

orqali amalga oshiriladi. 

 

Naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarning  shakli  va  to‘lovlarni  amalga  oshirishning 



tartibi  tovar  sotuvchi  va  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tashkilot  hamda  uni  sotib  oluvchi 

o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi. 

 

Bankda  mablag‘larni  kirim  qilish  yoki  hisobdan  chiqarish  uchun  asos 



bo‘ladigan  hujjatlarning  elektron  nusxalari  mijozning  hisobvarag‘i  xizmat 

ko‘rsatadigan  buxgalteriya  xodimi  tomonidan  imzolanadi  hamda  to‘lashga  qabul 

qilish  va  to‘lash  sanalari  ko‘rsatilgan  holda  o‘ziga  biriktirilgan  shtamp  bilan 

tasdiqlanadi. 

 

Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi tarkibida naqd – 



pulsiz  hisob  –  kitoblarning  ulushi  ayrim  mamlakatlarga  nisbatan  yuqoriroq 

miqdorni tashkil etadi. 

 

Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator 



omillar ta’sir qiladi. Xususan: 

 

1.YUridik  va  jismoniy  shaxslarning  banklarga  bo‘lgan  ishonchining 



yuqoriligi.  Agar  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  banklarga  nisbatan  ishonchi  yuqori 

darajada  bo‘lmasa,  banklarga  naqd  pullarni  topshirishga  bo‘lgan  moyilligi 

pasayadi, hisob – kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi. 

 



18 

 

2.Iqtisodiyotda  monetizatsiya  koeffitsienti  darajasining  tegishli  me’yori 



ta’minlangan  bo‘lishi  lozim.  Iqtisodiyotning  etarli  darajada  pul  bilan 

ta’minlanganlik 

darajasi 

monetizatsiya 

koeffitsienti 

asosida 


aniqlanadi. 

Monetizatsiya  koeffitsienti  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotiga  nisbatan  aniqlanib, 

xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra uning miqdori, 

o‘tish  iqtisodiyoti  sharoitidagi  mamlakatlarda  kamida  60  foizdan  iborat  bo‘lishi 

lozim. Agar  mamlakatda  monetizatsiya  koeffitsienti  ushbu  miqdordan  past  bo‘lsa 

iqtisodiyotda  pul  taqchilligi,  tijorat  banklarida  likvid  mablag‘lar  va  resurslarning 

etishmasligi,  kreditlar  va  omonatlar  bo‘yicha  foiz  stavkalarining  yuqoriligi 

kuzatiladi.  Bularning  barchasi  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  hajmiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatadi; 

 

3.Tijorat  banklarining  resurslarga  bo‘lgan  ehtiyojining  etarli  ravishda 



qondirilmasligi.  Ma’lumki,  tijorat  banklari  tomonidan  muomalaga  chiqarilgan 

pullar  o‘zining  boshlang‘ich  nuqtasiga  qaytib  kelmasligi  banklarning  resurs 

bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining real sektorni 

kreditlash 

uchun 

yo‘naltirayotgan 



resurslarning 

taqchilligi, 

omonatlarga 

to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida naqd pulsiz 

hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi. 

 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling