4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana16.11.2021
Hajmi0.68 Mb.
#175132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5395467041131989858

 

 

 

 

 

 

 

Pul aylanmasi tarkibi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

CHizmadan ko‘rinib turganidek, pul aylanmasini to‘rtta yo‘nalishga ajratish 

mumkin. 

 

Birinchi yo‘nalish, pul mablag‘lari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va 



naqdsiz pul aylanmasidan tashkil topgan. 

 

Ikkinchi  yo‘nalish,  pul  aylanmasida  ishtirok  etayotgan  sub’ektlar 



joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat. 

 

Uchinchi  yo‘nalish,  pul  funksiyalarining  namoyon  bo‘lishiga  qarab 



muomala vositasi va to‘lov vositalarini o‘z ichiga oladi. 

 

To‘rtinchi  yo‘nalish,  tovar  –  pul  munosabatlarining  aks  etishiga  ko‘ra, 



tovarli pul oboroti va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 

 



 

Pul  aylanamasi  tarkibida  naqd  pulli  yoki  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar 



hajmining  past  yoki  yuqori  ekanligi  qator  omillar  bilan  izohlanadi. Xususan,  ular 

quyidagilardan iborat: 

 

 



 

– mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma’naviy, 



iqtisodiy va huquqiy ongi; 

 

– milliy iqtisodiyotni boshqarish tartibi va rivojlanganlik darajasi



 

– mamlakat bank tizimining rivojlanganlik darajasi va unga aholi 

ishonchining musthkamligi; 

 

– real sektorning rivojlanganligi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi; 



 

–  Markaziy  bankning  pul  –  kredit  siyosatini  amalga  oshirish  bo‘yicha 

 

mustaqilligining ta’minlanganlik darajasi. 



 

Naqd  pul  va  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblari  o‘rtasida  juda  yaqin  bog‘liqlik 

mavjud  bo‘lib,  naqd  pullar  naqdsiz  pul  ko‘rinishiga,  naqdsiz  pullar  naqd  pul 

ko‘rinishiga o‘tish orqali ular doimiy ravishda bir – birini to‘ldirib turadi. Masalan, 

korxona  va  tashkilotlarning  bankdagi  naqdsiz  pullari  ishchi  xodimlarga  naqd  pul 

va unga tenglashtirilgan mablag‘lar ko‘rinishida beriladi. Aholining qo‘lidagi naqd 

pullar  esa  banklarga  omonat  sifatida  qo‘yilganda  banklar  uchun  kredit  resursi 

sifatida naqdsiz pul ko‘rinishida maydonga chiqadi. SHu tariqa naqd pul va naqd 

pulsiz aylanmalar bir – biriga chambarchas aloqadorlikda amal qiladi. 

 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling