4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5395467041131989858
Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishda tijorat banklari quyidagi
ishlarni amalga oshiradi:
8
jismoniy shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilishga, jismoniy shaxslar pul daromadlarining naqd pulsiz tartibda omonatlarga
o‘tkazilishini kengaytirishga, tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob – kitoblarni, shu jumladan bank kartalaridan foydalangan holda rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radilar;
yuridik shaxslar bilan kelishgan holda ularning kassalaridagi naqd pul qoldig‘i limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatlarini belgilaydilar;
naqd pul mablag‘larining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar;
haqiqatda tushgan tushumlar va berilgan naqd pullarning kassa aylanmalarining xomcho‘t hisob – kitoblaridan farq qilish sabablarini tahlil qiladilar hamda naqd pul tushumlarining ko‘payishini ta’minlash choralarini
ko‘radilar; Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi (MB HBB) zimmasiga pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tijorat banklarining faoliyatini muvofiqlashtirish va uning monitoringi yuklatiladi. MB HBBlari xususan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
pul muomalasining holatini o‘rganadi, banklarning kassa aylanmalarini tahlil qiladi, pul muomalasining holatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlarni jamlaydi va tartibga soladilar;
pul muomalasini mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining joylardagi davlat boshqaruv organlari muhokamasiga qo‘yadilar;
naqd pulga bo‘lgan talabni uzluksiz ta’minlashni nazarda tutib, mintaqalar va tijorat banklari filiallari o‘rtasida naqd pul mablag‘larini tezkor qayta
taqsimlashni amalga oshiradilar; tijorat banklari bilan birgalikda naqd pul zaxiralari hajmining eng kam miqdorini tasdiqlaydilar;
59 9
banklarning pul muomalasiga doir ishlarini tahlil qiladi va o‘rganadilar.
YUridik shaxslar kassadagi belgilangan naqd pul qoldig‘ining limitdan ortiqcha qismini bank bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda hisobvaraqqa kiritib qo‘yish uchun bankka topshirishlari shart.
Kassadagi naqd pul koldig‘i limitlarini, tushumni topshirish tartibi va muddatlarini belgilash uchun banklar yilning birinchi choragida savdo tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan buyurtmanoma – hisob – kitob oladilar.
Kassadagi naqd pullar qoldig‘i limiti har yili kassaga ega bo‘lgan va naqd pulli hisob – kitoblarni amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslarga belgilanadi.
Yuridik shaxsning turli banklarda bir nechta hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan taqdirda u o‘z ixtiyoriga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi banklarning biriga kassadagi naqd pul limitini belgilash uchun hisob – kitob bilan murojaat etadi. Banklarning birida kassa qoldig‘i limiti belgilangandan so‘ng yuridik shaxs belgilangan kassa qoldig‘i limiti to‘g‘risidagi xabarnomani unga tegishli hisobvaraqlar ochilgan boshqa banklarga jo‘natadi.
Kassadagi naqd pullar limitini belgilash uchun buyurtmanoma – hisob – kitobni xizmat ko‘rsatuvchi banklarning birortasiga taqdim etmagan yuridik shaxslar bo‘yicha kassa qoldig‘i limiti nolga teng deb hisoblanadi, yuridik shaxs tomonidan bankka topshirilmagan naqd pul mablag‘lari esa limitdan ortiqcha deb hisoblanadi.
doimiy naqd pul tushumiga ega va uni ish kunining oxirida bankka topshirishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – keyingi ish kuni ertasiga normal ish faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda;
keyingi kunda topshirishi shart bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – o‘rtacha kunlik naqd pul tushumidan ortiq bo‘lmagan miqdorda; 10
tushumni har kuni topshirmaslik huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – tushum summasi va uni topshirish bo‘yicha belgilangan muddatga bog‘liq bo‘lgan miqdorda;
doimiy naqd pul tushumiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar uchun – o‘rtacha kunlik naqd pul xarajati miqdorida (mehnat haqi to‘lovlari, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa, mukofot va stipendiya xarajatlaridan tashqari).
YUridik shaxslar o‘z kassalarida naqd pullarni belgilangan limitlardan ortiqcha miqdorda faqat mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, pensiya va stipendiyalar berish uchun, bankdan olingan kunni qo‘shib hisoblagan holda, 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida (banklardan uzoq masofada joylashgan yuridik shaxslar esa 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga ega. Bu muddat tugagach, ko‘zlangan maqsad uchun ishlatilmagan pullar bankka qaytariladi va keyinchalik yuridik shaxslarga ularning birinchi talabi bilanoq o‘sha maqsadlarga ishlatish uchun beriladi.
Pulning aylanishini tezlashtirish va bank kassalariga tushumlarning o‘z vaqtida tushishi zaruratidan kelib chiqqan holda, banklar tomonidan har bir yuridik shaxsga ularning rahbarlari bilan kelishilgan tarzda tushum topshirish vaqti va tartibi belgilanadi.
Kassadagi naqd pul qoldiqlarining belgilangan limitlari, tushumni topshirish tartibi va muddatlari banklar tomonidan har bir yuridik shaxsga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Banklar yuridik shaxslarning pul tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq topshirishlari bo‘yicha monitoring olib boradilar.
11
foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi.
Markaziy bank tijorat banklarini naqd pulga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida kassa buyurtmalariga asosan ularga naqd pullarni jo‘natadi, ular o‘rtasida naqd pullarning taqsimlanishi va maqsadli foydalanishi ustidan umumiy monitoringni tashkil etadi.
Markaziy bank tijorat banklarining aylanma kassasiga naqd pullarni saqlashning maksimal miqdorini o‘rnatadi. Unga tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullar 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi. O‘rnatilgan kassa limitidan ortgan naqd pullar tegishli 10102
– «Zaxiradagi naqd pullar» hisobvarag‘iga kirim qilinadi va Markaziy bankning tegishli ruxsati bilan ishlatiladi. Markaziy bank ushbu hisobvaraqdagi kassa limitidan ortiqcha mablag‘larni ishlatish bo‘yicha tijorat bankiga:
– tijorat bankiga foydalanishga ruxsat berishi haqida; – boshqa tijorat bankiga jo‘natish haqida;
– Markaziy bankning Xisob – kassa markazining zaxira fondiga topshirish haqida bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyalarda tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullarni va kassa limitidan ortiqcha mablag‘larni ishlatish va nazorat qilish ishlari Markaziy bankning Hududiy bosh boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling