4- mavzu. Sodda psixik jarayonlar Reja


Download 258.61 Kb.
bet16/44
Sana07.04.2023
Hajmi258.61 Kb.
#1341025
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
4-СОДДА ПСИХИК ЖАРАЁНЛАР

TEST TOPSHIRIQLARI

1. Sezgi – bu:


a) moddiy dunyo jismlari va hodisalarining alohida xossalarini aks ettirishdan iborat bo‘lgan miya ta’sirlanishi;
b) sodda tuzilgan psixik jarayon bo‘lib, u moddiy dunyo jismlari va hodisalarining alohida xossalarini aks ettirishdan, shuningdek, seskantiruvchilarning mos bo‘lgan retseptorlarga bevosita ta’siri ostidagi organizmning ichki holatlaridan iborat;
v) moddiy dunyo jismlari va hodisalarining bosh miya po‘stlog‘ida aks etish jarayoni;
g) atrof-olamga bo‘lgan munosabatningsub’ektiv kechinmasi jarayoni.
2. Retseptorda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarning asab tizimining yuqori darajalariga o‘tkazilish yo‘llari ... deb ataladi:
a) afferent;
b) efferent;
v) samarali;
g) affektiv.
3. Seskantiruvchining ikkila jadalligi o‘rtasidagi eng kichik o‘lchami ta’sirida paydo bo‘ladigan dastlabki his etish ... deb ataladi:
a) absolyut quyi bo‘sag‘a;
b) farqlash bo‘sag‘asi;
v) sezgilarning vaqtinchalik bo‘sag‘asi;
g) jadallikka nisbatan sezuvchanlik ko‘lami.
4. Organizmning ichki muhitidagi ta’sirlarni aks ettiradigan retseptorlar ... deb ataladi:
a) eksteroretseptorlar;
b) interoretseptorlar;
v) proprioretseptorlar;
g) ichki retseptorlar.
5. Eksteroretseptiv sezgilar:
a) ko‘rish;
b) organik;
v) tebranma;
g) harorat.
6. Tasavvurlarning asosiy turlari:
a) ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri-tuyish, ta’m bilish;
b) birlamchi, umumiy, eshitish, harorat, organik;
v) ixtiyorsiz, ko‘zlangan, harakatli, fazoviy, vaqtga bog‘liq;
g) ta’m bilish, distantli, aloqaviy, tushunchali, birlamchi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Idrok- sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi.
Kuzatuvchanlik -kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyati.
Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir.

Download 258.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling