№4-16012103/2575 ajri m arizani qabul qilish va ish qo’zg’atish to’g’risida


Download 214.65 Kb.
bet7/8
Sana18.11.2023
Hajmi214.65 Kb.
#1785985
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fpk arizani qabul qilish va ish gozgatish

H A L Q I L U V Q A R O R I




O`zbekiston Respublikasi nomidan

2022 yil aprel oyining 27-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining ochiq sud majlisi sud binosida


Raislik qiluvchi: sudya A.Ergashev

Sudya yordamchisi A.Raxmonovning kotibligida, advokat Sh.Ravshanov ishtirokida, da’vogar N.Ibrohimovaning javobgar T.Ibrohimovga nisbatan nikohni xaqiqiy emas deb topish xaqidagi da’vosi bo‘yicha №2-1503-2202/3392 -sonli fuqarolik ishini ko‘rib, quyidagilarni,


A N I Q L A D I :


Da’vogar N.Ibrohimova sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, nikohni xaqiqiy emas deb topishni so‘ragan.


Sud majlisida da’vogar da’vo talabini quvvatlab, o‘z tushuntirishida javobgar bilan 2002 yilda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, birgalikdagi turmushlaridan bir nafar farzandlari borligini, javobgar 1998 yilda Normatova Sanoat Xolmatovna bilan qonuniy nikohdan o‘tganligini, ushbu nikoh 1999 yildagi sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra bekor qilinganligini, hozirgi kunda farzandi voyaga yetganligi va o‘rtalarida mulkiy nizolari yo‘qligi uchun nikohni bekor qilish maqsadida Izboskan tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga murojaat qilganligini, FHDYO bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra nikohdan ajratilganligi ma’lum qilinganligini, xaqiqatan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning Izboskan tumanidagi sayyor sud majlisida qatnashganligini, lekin ushbu sud majlisida nikohdan ajratish to‘g‘risida
emas, shaxsiy mulklarni olish to‘g‘risidagi fuqarolik ishi ko‘rilganligini, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlari sud tomonidan ko‘rilmaganligini, javobgar 2010 yilda Abdullayeva Ozoda Boltayevna bilan qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, shu sababli javobgar bilan tuzilgan o‘zining nikohini bekor qila olmayotganligini ma’lum qilib, da’vo talabini qanoatlantirishni, Beshariq tumani FHDYO bo‘limida 07.09.2010 yilda №1128-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan nikohni xaqiqiy emas deb topishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar T.Ibrohimov da’vo talabini tan olmasdan, o‘z tushuntirishida da’vogar bilan qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, birgalikdagi turmushlaridan bir nafar farzandlari borligini, o‘zaro murosalari kelishmasdan 2004 yildan birga yashamasliklarini, sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra 2005 yilda nikohlari bekor qilinganligini, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlari Beshariq tumanida ko‘rilganligini, da’vogar onasi bilan birga sud majlisida qatnashganligini, Shaxzoda Abduqayumova bilan 2008 yilda turmush qurganligini, da’vogar bilan tuzilgan nikohini bekor qilinganligi to‘g‘risidagi sudning qarorini taqdim qila olmasligini, ushbu qarorni topa olmaganligini ma’lum qilib, da’vo talabini rad qilishni so‘radi.
Sud majlisida Izboskan tumani FHDYO bo‘limi mudirasi X.Mamajonova o‘z tushuntirishida da’vogar FHDYO bo‘limiga murojaat qilib, da’vogar bilan tuzilgan nikohini bekor qilingan yoki qilinmaganligi holatiga aniqlik kiritishni so‘raganligini, 2014 yildan boshlab, fuqarolarning nikohi to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron arxivga kiritilayotganligini, javobgarning nikoh munosabatlari elektron arxivdan tekshirilganda 3 ta ayol bilan tuzilgan nikohi mavjudligi aniqlanganligini, kitobda qayd qilingan dalolatnoma yozuvlarini ko‘rganlarida Tursinali Ibrohimov va Sanoat Ashurmatovaning nikohi fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 14.07.2008 yildagi hal qiluv qaroriga ko‘ra bekor qilinganligi ma’lum bo‘lganligini, T.Ibrohimovning tuzilgan nikohi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emasligini, T.Ibrohimovning 2010 yil 7-sentyabrda Abdullayeva Ozoda bilan qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligi to‘g‘risidagi
dalolatnoma yozuvi ham mavjudligini, ushbu holatda T.Ibrohimovning ikkita ayol bilan qonuniy nikohda bo‘lib qolganligini, ushbu holatlar xaqiqatan da’vogarning huquqlarini buzishi mumkinligini, FHDYO bo‘limi tomonidan Furqat tuman arxividan T.Ibrohimovga nisbatan chiqarilgan sudning hal qiluv qarorlaridan so‘ralganda arxiv bo‘limi tomonidan 14.07.2008 yildagi sudning hal qiluv qarori aniqlanmaganligi ma’lum qilinganligini bildirib o‘tdi.
Sud, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlarni o‘rganib, taraflarning tushuntirishlarini, advokatning muzokara nutqini, FHDYO bo‘limi mudirasining tushuntirishlarini eshitib, da’vo qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan haqiqiy holatlarni tekshirib, quyidagi qarorga keldi.
O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-50-moddalariga ko‘ra, nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi: ushbu Kodeksning 14-16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda; soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda; nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa.
Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Ish xujjatlaridan ko‘rinishicha, 1998 yil 13-maydagi №60-sonli dalolatnoma yozuvi bilan T.Ibrohimov va Sanoat Ashurmatovaning nikohi qayd qilingan.


Ushbu fuqarolar Izboskan tuman sudining 1999 yil 8-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra Izboskan tumani Janobod qishloq fuqarolar yig`ini 13.05.1998 yilda
№60-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan nikohdan ajratilgan, bu xaqda dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.
Shuningdek, T.Ibrohimov va O.Abdullayevaning nikohi Izboskan tumani, To`rtko`l QFY tomonidan 05.01.2002 yilda №4-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan, ushbu nikohni bekor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud
emas, FHDYO bo‘limi tomonidan dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritilmagan.
Javobgar T.Ibrohimov O.Abdulayeva bilan Izboskan tumani FHDYO bo‘limida 07.09.2010 yilda №1128-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan nikohdan o‘tgan.
Oila kodeksining 16-moddasiga ko‘ra, nikoh tuzishga: loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida; nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa- singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida; loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-sonli 34-bandiga ko‘ra, Oila kodeksining 49-moddasida ko‘rsatilgan nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari qat’iy bo‘lib, ularni kengaytirib talqin etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish xujjatlarida mavjud bo‘lgan Izboskan tuman davlat arxivining 2022 yil 7- apreldagi ma’lumotnomasidan ko‘rinishicha, arxivda Izboskan tumanlararo sudining T.Ibrohimovga tegishli bo‘lgan 14.07.2008 yildagi qarori aniqlanmagan. Oila kodeksining 47-moddasiga ko‘ra, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qaroriga 1-ilova “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”ning 118-119-bandlariga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh FHDYO organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab tugatiladi.
FHDYO organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.
Respublika sudlarining 1998 yil 1 sentyabrgacha qonuniy kuchga kirgan qarorlari bo‘yicha nikohdan ajratishni qayd etish, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qarorni chiqargan sud joylashgan hududdagi FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.
2010 yil 15 sentyabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan nikohdan ajratishni qayd etish respublika sudlari qarorlari bilan er-xotindan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda nikohdan ajratishni qayd etishgacha FHDYO organi er yoki xotindan birining nikohdan ajratilganlik fakti rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Tekshiruv sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, murojaat etilgan kungacha nikohdan ajratish to‘g‘risidagi Alfavit daftari bo‘yicha va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi (nikoh bekor qilinganligi haqida belgi qo‘yilganligi yoki yo‘qligi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Agar nikohdan ajratish FHDYO organida tomonlardan birining arizasiga ko‘ra qayd etilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi va nikohdan ajratganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Javobgar T.Ibrohimovning tuzilgan nikohi qayd etilgunga qadar FHDYO bo‘limi tomonidan tekshirilib, belgilar uchun grafasida Izboskan tuman sudining 14.07.2008 yildagi hal qiluv qarori deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, javobgar tomonidan ushbu hal qiluv qarori sudga taqdim etilmagan. Garchi javobgar o‘z tushuntirishida Izboskan tumanida bo‘lgan sud majlisida taraflarning nikohdan ajratish to‘g‘risidagi masala ko‘rilganligini vaj qilsada, ushbu vajlarini tasdiqlovchi xujjatlar va sud qarorlarini sudga taqdim qila olmadi.
FPKning 72-moddasiga ko‘ra, har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”ning 78,80- bandlariga ko‘ra, FHDYO organi arizani qabul qilayotganda nikohlanuvchilarga nikoh tuzish tartibi va shartlarini, kelgusida er-xotin va ota-ona sifatida vujudga keladigan huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi va bir-birining salomatliklari to‘g‘risida va oilaviy ahvoli to‘g‘risida xabardor ekanliklariga ishonch hosil qilishi kerak.
Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Qonun nikohlanuvchi shaxslardan hatto bittasi ilgari qayd etilgan nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishini taqiqlashi sababli arizani qabul qilish vaqtida FHDYO organi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘yicha arizachilarning qonuniy nikohda turish-turmasligini tekshirib ko‘rishi kerak.
Ilgari nikohda bo‘lgan shaxs FHDYO organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Bu - nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma (nikohdan ajralganlik haqidagi ma’lumotnoma) yoki sud qarori, erning (xotinning) o‘limi haqidagi guvohnoma (o‘lim haqidagi ma’lumotnoma) va uning vafot etgan shaxs bilan tuzilgan nikohi haqidagi ma’lumotnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori bo‘lishi mumkin.
Javobgardan FHDYO bo‘limiga nikohdan o‘tish uchun asos bo‘ladigan qanday xujjatlarni taqdim etganligi so‘ralganda, javobgar aniq eslay olmasligini, oradan ancha yillar o‘tganligini vaj qilib, aniq javob bermadi, shuningdek da’vogar bilan tuzilgan nikohni qonuniy asoslarda bekor qilinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni sudga taqdim eta olmadi.
Sud da’vo talabini muhokama qilib, yuqoridagi qonun xujjatlari talablaridan kelib chiqib, taraflarning nikohi Izboskan tumani, To`rtko`l QFY tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinganligi, taraflarning nikohini bekor bo‘lganligini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud emasligi, oila qonunchiligiga ko‘ra loaqal bittasi
ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi, T.Ibrohimovning nikoh munosabatlariga kirishi uchun asos bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 14.07.2008 yildagi hal qiluv qarori mavjudligi aniqlanmaganligini inobatga olib, da’vo talabini asosli deb hisoblaydi hamda nikohni xaqiqiy emas deb topishni lozim topadi.
Sud davlat bojini muhokama qilib, da’vogar tomonidan sudga murojaat qilishda to‘langan 660.000 so‘m davlat boji va 33000 so‘m pochta xarajatlarini inobatga olishni lozim topadi.
Yuqoridagilarga asosan, O`zbekiston Respublikasi FPKning 249-253-moddalarini qo‘llab, sud.

Download 214.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling