4-ахборот инқилоби даврида журналистлар учун зарур бўлган айрим курслар ва дастурларни келтирамиз. Медиатаҳлил
Odnoklassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari
Download 21.97 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinfdosh (sinfdosh.uz) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari.
- Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari.
- Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati.
Odnoklassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Bunday veb saytlarda odatda o‘zingiz xaqingizdagi ma’lumotlarni joylashtirasiz (Tug‘ilgan kun, maktab, sevimli mashg‘ulot va boshqalar). O‘z navbatida siz xam qidiryotgan qatnashchingizni shu turdagi ma’lumotlarini olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarning internetdagi g‘alabali yurishi 1995 yilda amerikaliklarning Classmatec.com (Odnaklassniki uning ruscha analogi xisoblanadi) ijtimoiy tarmog‘i yaratilishi bilan boshlandi. Bu ijtimoiy tarmoqning maqsadi sinfdoshlarni internet tarmog‘i orqali qidirish, topish va muloqat o‘rnatish hisoblanadi. Vazifalari esa o‘zaro qiziqish to‘rlarini hosil qilish va muloqatni saqlab qolishdan iboratdir. Albatta, bu veb sahifalarni yaratishdan asosiy ko‘zlangan maqsad bir tomondan mablag‘ ishlash bo‘lsa, ikkinchi tamondan sahifani ommalashtirish hamda bir xil dunyoqarashga ega bo‘lganlar shaxslar guruhlarini shakllantirish hisoblanadi. Salbiy tomoni, esa shakllangan guruhlarni boshqarib bo‘lmaydi. Sinfdosh (sinfdosh.uz) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Ushbu veb sahifa Odnoklassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo‘lib, faqatgina O‘zbekistonliklar fuqoralar uchun yaratilgan va moslashtirilgan. O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlar. O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoq saytlarini tiliga qarab quydagilarga ajratish mumkin. O‘zbek tilini xam qo‘llay oladigan ijtimoiy tarmoqlar. www.sinfdosh.uz www.vsetut.uz Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. 2004 yili Garvard universiteti talabasi Mark Sukerberk mashxur Facebook saytini ishga tushurishga muvaffaq bo’ldi. Avvaliga facebok shunchaki talabalar uchun xabar almashuv sayti bo’lishi rejalashtirilgan edi . Lekin atiga 1 oy ichida ushbu saytga 200 000 dan ortiq inson tashrif buyurdi. Shundan so’ng Mark saytning kelajagi porloq ekanligini tushundi va uni ommalashtirish ishlarini boshlab yubordi . Ayni vaqtda esa sayddan 2 mlddan ortiq inson ro’yxatdan o’tgan bo’lib u dunyodagi eng ko’p foydalanuvchisiga ega saytdir. Ushbu veb sahifa ham Odnoklassniki (odnoklasniki.ru), www.sinfdosh.uz ijtimoiy tarmog‘lari yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo‘lib, faqatgina ingliz tilida so‘zlashuvchilar uchun yaratilgan va moslashtirilgan Bundan tashqari qiziquvchilar quyidagi veb sahifalarni ham ko‘rishlari mumkin: Last.fm, Linjedln, MySpace. Bularning yaratilish maqsad va vazifalari ham yuqorida keltirilgan veb sahifalar bilan o‘xshash. Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati. E’tibor berib, keltirilgan veb sahifalar tahlil qilinsa quyidagi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi: 1. Foydalanuvchilarning ayrimlari o‘z nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tishmaydi; 2. Nomaqbul foto sur’atlar qo‘yishadi; 3. O‘zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadi; 4. Bema’ni gaplar yozadilar, ba’zan noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanadi; 5. Sahifalar ijtimoiy bo‘lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o‘rnatadilar va hokoza. Demak, Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati deganda, yuqorida keltirilgan salbiy holatlar va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik tushuniladi. Unutmaslik kerakki, ma’lum bir shaxs tomonidan Internet tizimiga qo‘yiladigan ma’lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalaniilishi mumkin. Shu jumladan ma’naviyat va ma’rifatga zid ham bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganda u erdagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga, Sizni aldashmayotganligiga iqror bo‘lib, so‘ngra ma’lum bir qarorga kelish kerak. Download 21.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling