4-ахборот инқилоби даврида журналистлар учун зарур бўлган айрим курслар ва дастурларни келтирамиз. Медиатаҳлил


Download 21.97 Kb.
bet5/5
Sana12.10.2023
Hajmi21.97 Kb.
#1701027
1   2   3   4   5
Internet va Intranet Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global
kompyuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal)
kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborotlashgan tizim bo`lib, o`zining alohida axborot
maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa
kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi.
Intranet - bu internet texnologiyasi, programma ta'minoti va protokollari asosida tashkil etilgan,
hamda ma'lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini
beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi
kompyuter tarmog`idir. Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir
yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron ma'lumot, ma'lumotlar
bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom
bilan saqlanganligini, ularga kirish usul hamda shartlarini bilishi zarur bo`ladi.
Server - bu boshqa kompyuter va programmalarga xizmat ko`rsatadigan kompyuter yoki
programmadir. Yani boshqa kompyuterlarga o`zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi
kompyuter Server hisoblanadi.
Internetning axborot, kommunikatsion funksiyalari. Internetning ikkita asosiy
vazifasi bo`lib, buning birinchisi axborot makoni bo`lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion
vositasidir. Internetning axborot funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab
etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo`lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng
ommaga, jahon miqyosida nihoyatda tez sur'atda e'lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi
bilan ifodalanadi.
Download 21.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling