4-Amaliy ish Mavzu: Excelni qurilishda muhandislik-iqtisodiy hisob kitoblarda qo’llash


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#228141
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-Amaliy ish

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Enter


4-Amaliy ish 

Mavzu: Excelni qurilishda muhandislik-iqtisodiy hisob kitoblarda qo’llash . 

 

1. Matematik formula va funksiyalarida ishlash uslublari bilan tanishish;  

2. Ma’lumot va natijalarni diagrammalar ko‘rinishida ifodalashni o‘rganish; 

3. MS Exsel dasturining maxsus imkoniyatlaridan foydalanishni o ‘rganish. 



 

Еxсеl  2007  dasturi  nafaqat  jadval  ko’rinishini  sozlash  va  tartiblash  uchun 

foydalanmasdan, 

balki 


turli 

xil 


hisoblashlarni 

amalga 


oshiriladi. 

Avtomatlashtirishning  bunday    darajasi  katta  miqdordagi  ma’lumotlarni 

hisoblashlarda  tez  va  qulay  rasmiylashtiriladi  hamda  bajaradi.  Amaliy  

hisoblashlarda katta miqdordagi funksiyalar (matematik, statistik, moliyaviy  va h) 

har xil turdagi formulalar yaratishda amalga oshirish uchun ishlatiladi. Shu bilan bir 

qatorda  dasturda  ma’lumotlarni  analiz  qilish  asbobi  keltirilgan  bo’lib,  u  yoki  bu 

ma’lumotlarning  o’zgarishiga  qarab  ma’lumotlar  to’plami  (majmuasi)  aniqlab 

beradi.  

Еxсеl  dasturida  hisoblashlarda  aniq  biron  bir  qiymatga  emas,  balki  aynan 

yacheyka  manzili  bo’yicha  hisoblashlarni  amalga  oshirish  qulaydir.  Shu 

yacheykalardan ma’lumot olinadi va formulaga qo’yiladi, natijasi qaysidir boshqa 

yacheykada ifodalanadi (ya’ni formula kiritilayotgan). Qulayligi shundan iboratki, 

formulada  ishtirok  etilgan  biron  bir  yacheykadagi  qiymat  o’zgarishida  formula 

kiritilgan yacheyka natijasi ham avtomatik o’zgaradi.  

Formula bo’yicha olingan natijalarni boshqa hisoblashlar uchun ham ishlatish 

mumkin.  Natijada  hisoblashlar  zanjirini  qurilib,  boshlang’ich  ma’lumotga 

asoslanadi.  Bunda  barcha  hisoblashlar  boshlang’ich  qiymatning  o’zgarishida 

avtomatik ravishda hisoblanadi.  

Еxсеl  dasturida  bir  marta  yaratilgan  formulani  bir  yacheykadan  bir  nechta 

yacheykalarga nusxasi olinadi. Bunday imkoniyatlar ko’p  miqdordagi ustunlardan 

tashkil  topgan  katta  jadvaldagi  ma’lum  bir  qiymatlar  bilan  to’ldirilgan 

ma’lumotlarni hisoblashlarda barcha ustunlar uchun bir xil hisoblanishda ishlatiladi.  

Bitta  ustun  uchun  faqat  bir  marta  formula  kiritiladi,  so’ngra  barchasiga 

nusxasi olinadi. Еxсеl dasturida nusxasi ko’chirilgan formula boshlang’ich ustunga 

emas, balki tegishli bo’lgan ustun bo’yicha avtomatik tarzda formulaga o’zgartirish 

kiritadi. Natijada katta hajmdagi jadvalni hisoblash bir nechta daqiqa vaqtda amalga 

oshiriladi.  

4.1. Formulalarni kiritish 

 Еxсеl dasturida formula tushunchasi sifatida matematik amallar tushuniladi, 

ya’ni ba’zi yacheykalar qiymati asosida hisoblanadi. Formulada aniq sonli qiymat 

hamda hisoblashlar uchun qiymat keltirilgan yacheyka manzilidan foydalaniladi. 

Kursorni  ixtiyoriy  bo’sh  yacheykaga  o’rnatilib  va  unga  oddiy  formula 

kiritilsin: 

=2+2 


Kiritilib bo’lgach «Enter» tugmasi bosiladi. Formula hisoblashlar natijasiga 

ko’ra 4 soni ifodalanadi. Formula boshlanishi «=» belgisi bilan boshlanadi. Aynan 

shu  tarzda  Еxсеl  dasturida  yacheykaga  kiritilgan  formula  hisoblanadi.  Agar  «=» 



belgisiz  formula  kiritilsa,  u  holda  mant  sifatida  qabul  qilib  hisoblash  amali 

bajarilmaydi. Masalan, agar =2+2 o’rniga 2+2 ko’rinishida kiritilib «Enter» tugmasi 

bosilsa, natija 4 ifodasining o’rniga 2+2 aks ettiriladi.  

Aniq qiymatlar ishtirokida sodda formula hisoblash ko’rildi. Endi formulaga 

=2+V5 o’zgarishini kiritaylik. Hisoblashalr natijasi bu formula uchun yig’indi 2 ga 

teng.  Agar  V5  yacheykasiga  qiymat  kiritilmagan  bo’lsa,  u  holda  formula  V5 

yacheykasining qiymati nolga teng deb qabul qiladi. V5 yacheykasiga sonli qiymat 

kiritilishi  bilan  formula  yacheykasining  ifodasi  o’zgaradi.  Agar  V5  yacheykasiga 

sonli qiymat kiritlmasa, ya’ni qandaydir matn kiritilsa, formula yacheykasida xatolik 

haqida xabardor qiladi.  

 

1 – rasm. Formula kiritish 



 

Formula kiritilayotganda quyidagi elementlar ishlatiladi: 

  «=» belgisi. Ixtiyoriy formula «=» belgisi bilan boshlanadi. 

  Matematik  amallar  belgisi:  qo’shuv  (+),  ayrima  (-),  ko’paytma  (*), 

bo’linma (/) va daraja (^). 

  Foiz  belgisi  %.  Natijada  –  o’nlik  kasr  1  foizga  teng.  Masalan,  =25% 

formula qiymati 0,25 ga teng.  

  Bevosita  sonlarning  o’zi.  O’nliklarni  ajratishda  vergul  (,)  belgisidan 

foydalaniladi.  

  Yacheyka manzili. Bitta yacheyka hamda diapazon bo’yicha belgilanadi. 

  Funksiya  –  Microsoft  Еxсel  dasturida  o’rnatilgan  maxsus  formula. 

Masalan, dasturga yacheyka qiymatilarning yig’indisi, o’rtacha qiymati va boshqa 

funksiyalari o’rnatilgan. Har bir funksiya o’zining sintaksis – yozuv qoidasi ega.  



Ko’pincha  savol  tug’iladi, formula  kiritayotganda  probel  ishlatilishi. Еxсel 

dasturi formulada probelni tushurib qoldiradi. Еxсel dasturida formulaning sodda 

ko’rinishidagi yozilishi quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Еxсel  dasturida  hisoblashlarda  arifmetik  operasiyalar  bajarish  tartibi  xuddi 

matematika  tegishli,  ya’ni  birinchi,  darajaga  ko’tarish,  so’ngra  ko’paytma  va 

bo’linma undan keyin qo’shuv va ayrima bajariladi. Hisoblashlar ketma – ketligini 

o’zgartirishda qavsga olib hisoblanadi. Agar formulada biron bir yacheyka manzili 

ishlatilsa  u  holda  katta  yoki  kichikina  harflar  bilan  kiritiladi.  Kichikina  harflar 

avtomatik tarzda katta harflarga o’zgartiriladi.  

Excel dasturi operatorlarining jadvali 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling