4-amaliy mashg‘ulot 4-mavzu. Sohaga oid taqdimot nutqi


Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari


Download 330.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi330.57 Kb.
#1323468
1   2   3   4
Bog'liq
4-mashgulot(1)

Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari:
1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi). 
2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu 
monologik xarakterdagi nutq). 
3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, 
muxbirlar nutqi). 
4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega). 
Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida 
ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga 
oshadi: 
1Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va 
o‘zlashtirish 
orqali 
egallanadi. 
2Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash 
ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi. 
3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish.
1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali, 
2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, 
televideniye 
eshittirishlarini 
tinglash 
va 
she’r 
yodlash 
orqali. 
4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-
muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi. 
Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir 
axborotni 
tinglovchiga tugal
, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun 
so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning 
nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. 
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi 
xususiyatlar bo‘lishi lozim: 

jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); 
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi); 

havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik); 

ixchamlik, harakatchanlik; 

chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish); 

moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga 
moslasha olishi); 

qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi 
tembr va teksturaning o‘zgarib turishi); 


- suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish 
xususiyati). 

Download 330.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling