4-amaliy mashg‘ulot 4-mavzu. Sohaga oid taqdimot nutqi


Ommaviy axborot vositalari


Download 330.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana04.04.2023
Hajmi330.57 Kb.
#1323468
1   2   3   4
Bog'liq
4-mashgulot(1)

Ommaviy axborot vositalari 
Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va 
boshqalar kiradi. Shunga muvofiq 
ravishda OAV tili bu - matbuot
, radio, 
teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. 
Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj
intervyu, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi 
ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning 
uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona 
xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar qiladi ...» va 
hokazo iboralar qo`llanadi. 


OAVda faoliyat yurituvchilar 
asosan jurnalistlar
, muxbirlar, reportyorlar, diktorlar, 
sharhlovchi va blogerlardir. 
Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim 
faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni 
auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi. 
Jurnalistlar
, asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum 
ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari 
belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni 
maqsad qiladi. 
Muxbir - (arab. - xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist 
sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo 
ommaviy- axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) 
boshqa ommaviy- axborot vositalarida 
chiqish uyushtiruvchi gazeta
, jurnal, radio, 
televideniye 
tahririyati 
xodimi. 
Internet - bu hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i 
hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan 
tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi aхborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga 
ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. 

Download 330.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling