4-amaliy mashg‘ulot: Dorixona tashkilotlarda hisob siyosatini shakllanishi Ishdan maqsad
Hisob texnikasining tanlangan variantlari
Download 40.29 Kb.
|
4 мавзу-1
Hisob texnikasining tanlangan variantlari
3.1. dorixona tashkilotida buxgalteriya hisobi: 1-variant — soddalashtirilgan shakl bo‘yicha; 2-variant — memorial-order shakli bo‘yicha; 3-variant — jurnal-order shakli bo‘yicha; 4-variant — avtomatlashtirilgan shakl bo‘yicha yuritiladi. 3.2. Dorixona tashkiloti mol-mulk, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlari hisobini: 1-variant — buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarirejasiga; 2-variant — buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining ish rejasiga muvofiq ikkiyoqlama yozuv usuli bilan yuritadi. 3.3. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari buxgalteriya hisobida: 1-variant — ular paydo bo‘lgan davrda; 2-variant — ilgari yaratilgan ta’mirlash fondi hisobidan; 3-variant — mahsulot tannarxiga bir me’yorda kiritish maqsadida kelgusi davrlar xarajatlariga hisobdan chiqariladi. 3.4. Materiallarni tayyorlash va harid qilish hisobi: 1-variant — bevosita 1010-1090-hisobvaraqlarda; 2-variant — 1510 va 1610-hisobvaraqlardan foydalangan holda yuritiladi. 3.5. Ishlab chiqarishga xarajatlar hisobi: 1 -variant — TMZni uzluksiz hisobga olish orqali; 2-variant — TMZni davriy hisobga olish orqali yuritiladi. 3.6. Umumishlab chiqarish xarajatlari hisobi: 1-variant — bevosita 2010-hisobvaraqda; 2-variant — keyinchalik 2010-hisobvaraqqa hisobdan chiqarShn bilan, dastlab 2510-hisobvaraqda jamlanib borib yuritiladi. 3.7. Mahsulotni ishlab chiqarish hisobi: 1 -variant — haqiqiy tannarx bo‘yicha; 2-variant — hisoblangan narxlar bo‘yicha yuritiladi. 3.8. Bilvosita xarajatlar mahsulot (ishlar va xizmatlar) turlari o‘rtasida: 1-variant — ushbu xarajatlar me’yorlariga mutanosib ravishda; 2-variant — mehnatga haqto‘lash xarajatlariga mutanosib ravishda; 3 -variant — moddiyxarajatlarga mutanosib ravishda; 4-variant — asosiy xarajatlar summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 3.9. Xarajatlar yig‘ma hisobi: 1-variant — yarim tayyor mahsulotsiz usul bo‘yicha; 2-variant — yarim tayyor mahsulotli usul bo‘yicha yuritiladi. 3.10. Valyuta hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi jarayonlar bo‘yicha kurs farqlari: 1-variant— bevosita kiritish usulida yoki bevosita 9540 yoki 9620-hisobvaraqlarida aks ettiriladi; 2-variant — jamg‘arish usulida aks ettiriladi yoki dastlab 3190 yoki 6230-hisobvaraqlarda jamlanib boradi va hisobot davri oxirida 9540 yoki 9620-hisobvaraqlarga hisobdan chiqariladi. 3.11. Hisobning ishonchliligini ta’minlaSh maqsadida dorixonamol-mulk va majburiyatlarni: 1-variant — buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq; 2-variant— tashkilotda belgilanadigan tartib va muddatlarga muvofiq (muddatlar ko‘rsatiladi) inventarlaydi. 3.12. Aniqlangan ortiqcha mol-mulk inventarlaSh tamomlangan oyning moliyaviy natijalariga kirim qilinadi va qayd etiladi. 3.13. Mol-mulk kamomadi, shuningdek tabiiy kamayish me’yorlaridan ortiqcha yo‘qotishlar aybdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Agar kamomadlar aybdorlari aniqlanmagan bo‘lsa, kamomadlardan ko‘rilgan yo‘qotishlar qaror qabul qilingan oyning davr xarajatlariga hisobdan chiqariladi. Aybdor shaxslardan undirilgan summa bilan etishmayottan TMZ balans qiymati o‘rtasidagi farq 6230-hisobvaraqda aks ettiriladi va aybdor shaxslardan mablag‘lar kelib tuShishiga qarab moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarib boriladi. Download 40.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling