4-amaliy mashg‘ulot: Dorixona tashkilotlarda hisob siyosatini shakllanishi Ishdan maqsad
Download 40.29 Kb.
|
4 мавзу-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob uslubiyatinnng tanlangan variantlari
hisob siyosati to‘g‘risida
BUYRUQ Umumiy qoidalar 1.1. ______________________________da buxgalteriya hisobi (dorixona nomi) «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar hamda yo‘riqnomalarga binoan yuritiladi. 1.2. Buxgalteriya hisobi mol-mulk, kapital, majburiyatlar va barcha xo‘jalik jarayonlarini uzluksiz, o‘zaro bog‘liq ravishda, hujjatli aks ettirish yo‘li bilan natura va pul ifodasida yuritiladi. 1.3. Buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun dorixona tashkiloti rahbari mas’uldir. 1.4. Bosh buxgalger hisobvaraqlarda barcha xo‘jalik jarayonlari aks ettirilishi va nazoratini, belgilangan muddatlarda tezkor axborot taqdim etilishini ta’minlaydi. 1.5. Bosh buxgalter qonun hujjatlariga zid bo‘lgan xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ijro etish uchun qabul qilish huquqiga ega emas. Hisob uslubiyatinnng tanlangan variantlari 2.1. Dorxonada harid qilish sanasida quyidagi qiymatga ega bo‘lgan vositalar asosiy vositalarga kiritilmaydi, balki inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisoblanadi: 1-variant — eng kam ish haqining 50 baravaridan; 2-variant — eng kam ish haqining 40 baravaridan; 3-variant — eng kam ish haqining 30 baravaridan va h.k. 2.2. Asosiy vositalar qiymati: 1-variant— binolar va inshootlar bo‘yicha to‘g‘richiziqli (teng maromli) usul; 2-variant — uskunalar va transport vositalari bo‘yicha ishlab chiqarish usuli; 3-variant — kompyuterlar bo‘yicha ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli; 4-variant — boshqa asosiy vositalar bo‘yicha yillar summasi (kumulyativ) usuli bilan amortizatsiyani hisoblash orqali qoplanadi. 2.3. Nomoddiy aktivlar qiymati amortizatsiyani hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. So‘ngra nomoddiy aktivlar ro‘yxati, ularning qiymati, ushbu aktivlardan foydalanishning taxminiy muddatlari, amortizatsiyani hisoblash uslublari keltiriladi. 2.4. Dorixona tashkilotida savdo xarajatlariga o‘tkazilayotgan moddiy resurslarning haqiqiy tannarxini aniqlash maqsadida materiallarni baholashning quyidagi varianti qo‘llaniladi: 1-variant — materiallarni harid qilishning haqiqiy tannarxi bo‘yicha; 2-variant — kelib tushish vaqti bo‘yicha birinchi turkumlarning tannarxi bo‘yicha (FIFO); 3-variant — o‘rtacha hisoblangan tannarx bo‘yicha (AVECO). 2.5. Qayta sotish, realizatsiya qilish uchun harid qilingan tovarlar: 1 -variant — harid qiymati bo‘yicha; 2-variant — sotish qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 2.6. Dorixona tashkilotida savdo xarajatlarini guruhlash, tovar tannarxini kalkulyasiya qilish va moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun: 1 -variant — tannarxni kalkulyasiyalashning oddiy; 2-variant — bosqichli; 3-variant — buyurtma; 4-variant — me’yoriy usuldan foydalaniladi. 2.7. Tayyor dori vositalar balansda: 1-variant — haqiqiy tannarxi bo‘yicha; 2-variant — sof sotish qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. 2.8. Kelgusi davrlar xarajatlari hisobda alohida satr bilan aks ettiriladi va ular tegishli muddat davomida dorixonaxarajatlariga kiritiladi. So‘ngra xarajatlarning turlari sanab o‘tiladi: a) yangi ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga; b) gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishga; v) ijara to‘lovi va h.k. 2.9. Kalkulyasiya davri va moliyaviy natijalarni belgilash davri bo‘lib: 1-variant — hisobot oyining oxiri; 2-variant — hisobot choragining oxiri; 3-variant — hisobot yilining oxiri hisoblanadi. 2.10. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tuShumlar: 1-variant — mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yuklab jo‘natish va xaridor tomonidan hisob-kitob hujjatlari takdim etilishiga qarab; 2-variant — xaridorlar (buyurtmachilar) tomonidan hisob-kitob hujjatlari va yuklab jo‘natilgan mahsulotning qiymati to‘lanishiga qarab belgilanadi. 2.11. Uzoq muddatli ishlar va xizmatlar bo‘yicha (bir yil-dan ortiq muddatli ishlarni bajarishga shartnomalar bo‘yicha) ishlar sotilishidan tushum va moliyaviy natijalar: 1-variant — shartnoma bo‘yicha ishlar to‘liq bajarilganidan keyin; 2-variant — shartnoma bo‘yicha ishlarning har bir bosqichi tugallanganidan keyin belgilanadi. 2.12. Bo‘lg‘usi xarajatlarni ishlab chiqarish (muomala) chiqimlariga bir me’yorda kiritish maqsadida dorixona korhonasi quyidagi rezervlarni barpo etadi (sanab o‘tiladi): a) xaridorlarga oldindan ta’til pulini to‘lashga; b) asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlariga; v) yil yakunlari bo‘yicha mukofotlarni to‘lashga va h.k. 2.13. Dargumon qarzlar deb topilgan debitorlik qarzlari bo‘yicha, ularning qaytarilish ehtimolini hisobga olgan holda, dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv yaratiladi, rezerv summasi davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 2.14. Dorixona tashkilotida foyda hisobiga rezerv kapitalini barpo etadi, u ta’sis hujjatlariga binoan: 1-variant — foydaning 5 foizi; 2-variant — foydaning 10 foizi; 3-variant — foydaning 15 foizi va hokazo miqdorida belgilangan. 2.15. Kechiktirilgan daromadlar alohida modda bilan hisobga olinadi. Ushbu daromadlar ular taalluqli bo‘lgan hisobot davri kelganda xo‘jalik faoliyatining natijalariga kiritiladi. 2.16. dorixona tashkiloti tomonidan olingan qarz va kreditlar qarz shartnomasi bo‘yicha: 1-variant — hisobot davri oxirida to‘lanishi kerak bo‘lgan foizlarni hisobga olgan holda; 2-variant — hisobot davri oxirida to‘lanishi kerak bo‘lgan foizlarni hisobga olmagan holda baholanadi. 2.17. Shartnomalar bo‘yicha yuzaga keladigan jarimalar, penyalar, boqimondalar va shu kabi qarzlar: 1-variant — shartnomalarga muvofiq qarz paydo bo‘lishi bilan; 2-variant — ularni qarzdor tan olinishi bilan yoki xo‘jalik sudining ularni undirish to‘g‘risidagi qarori olinishi bilan hisobga olinadi. Download 40.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling