4-Amaliy mashgulot Mavzu: Atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yorini hisoblash Paxta tozalash korxonalarining atrof tabiiy muhitni ifloslantirishini aniqlash
Download 38.51 Kb.
|
qur.eko. a 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta tozalash korxonalarining atrof tabiiy muhitni ifloslantirishini aniqlash
4-Amaliy mashgulot Mavzu: Atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yorini hisoblash Paxta tozalash korxonalarining atrof tabiiy muhitni ifloslantirishini aniqlash 3-MASALA Korxonaning T0S xaroratli chiqindi gazlari atmosferaga balandligi N m keladigan tutun chiquvchi truba orqali havoga tashlanadi, bunda trubaning ustki qirrasi bo’yi L m va kengligi V m keladigan turtburchax shaklida. Chiqarib tashlanayotgan gazning xarorati T0S, tashlamaning o’rtacha tezligi W m/sek. Zararli moddalar kuplab tashlanishi M ni (g/sek) ularning konsentratsiyasiga karab toping. Zararli moddalarning xamma komponentlarining RET ni xisoblab chiqaring va ularni xaqiqatdan ko’plab tashlanayotgani M ga solishtirib ko’ring. Gazni tozalash asbob-uskunalari qurilmasi urnatish zarurligini asoslab ko’rsating. YECHISH Havoga tashlanayotgan issiq gazlar uchun RET va M ni quyidagi formulalar yordamida xisoblab toping: M=S∙V1 bunda: A – ob-xavoga xamda zararli moddalar xavoda vertikal va gorizontal yunalishda qanday tarqalishiga bog’liq bo’lgan koeffitsient;O’rta Osiyo va Qozogiston uchun – 340, Volga bo’yi, Osiyo, Ural, Ukraina uchun – 160, Markaziy Evropa uchun – 120 va xokazo. F – zararli moddalarning pastga o’tirib qolishi tezligini e’tiborga oluvchi o’lchovsiz koeffitsient. m, p – chiqindilar qanday shart-sharoitda tashlanayotganini e’tiborga oluvchi koeffitsient. Trubaning samarali diametri Ds= Chiqayotgan gazlarning xajmi: m ni aniqlash uchun koeffitsient f ni topamiz: f=103 Koeffitsient m ni aniqlaymiz: M= Koeffitsient n ni Vm qiymatiga qarab topamiz: Vm= Agar Vm0,3 nq3 agar 0,3Vm<2 nq3- agar Vm 2 n=1
N=1, F=1, A=200 Paxta tozalash korxonalarining atrof tabiiy muhitni ifloslantirishini aniqlash Paxta tozalash ochiq turdagi hissadorlik jamiyatiga quyidagi sex va bo‘limlar kiradi: Paxta xom ashyosi qabul qilish punkti (buntlar); Uzatish bo‘limi (perevalka); Yopiq omborxonalar; Quritish bo‘limi; Tozalash bo‘limi; Bosh bino; Presslash bo‘limi; Tayyor mahsulot ombori; Chigit ombori (estakada); Ustaxona; Tarozixona. Paxta xom ashyosi tarozidan o‘tgandan keyin 48 ta paxta buntlariga uzunligi 16 m, kengligi 0,62 m bo‘lgan 12 ta uzatuvchi moslama (transporter)lar orqali uzatib beriladi. Paxta xom ashyosini transporterlar yordamida buntlarga uzatish jarayonida atmosferaga paxta changi ajralib chiqadi. O‘tgan yil hisobot davrida (ma’lumotlar jadvalda ilova qilinmoqda) korxonada jami 16300 tonna paxta xom ashyosi qayta ishlangan. SHundan: tola – 5395,3 tonna yoki 33,1 %, chigit – 8215,2 tonna yoki 50,4 %, momiq – 456,4 tonna yoki 2,8 %, tarkibida ulyuk bo‘lgan chiqindi – 97,8 tonna yoki 0,6 %, tarkibida pux bo‘lgan chiqindi – 782,4 tonna yoki 4,8 %, ishlab chiqarish kuyindisi – 1336,6 tonna yoki 8,2 % ni tashkil etgan. Paxta xom ashyosini buntlardan va yopiq omborxonalardan ishlab chiqarishga uzatishda uzatish bo‘limi (perevalka) xizmat qiladi. Uzatish moslamasi 2 ta bo‘lib, 1 tasi buntlar bo‘yicha siljiydi, ikkinchisi yopiq omborxonadagi xom ashyoni uzatadi. Xom ashyoni uzatish jarayonida atmosferaga paxta changi tarqoq holda tashlanadi. Uzatish moslamalari orqali uzatilgan mahsulot quritish bo‘limiga kelib tushadi. Quritish sexida paxta xom ashyosini quritish uchun 2 ta 2 SB-10 rusumli quritish barabani, IICH 1,9 issiqlik generatori mavjud. Quritish bo‘limida hosil bo‘lgan chang va gazlar (o‘lchamlari balandligi 9,4 m, diametri 0,4x1,2 m) 2 ta shaxta orqali atmosferaga tashlanadi. Quritish bo‘limida quritilgan xom ashyo tozalash bo‘limiga uzatiladi. Tozalash bo‘limida 2 ta SS-15 separatorlar va 10 ta XK va 3 komplekt UXK universal paxta tozalash qurilmalari va yordamida chanoq va boshqa yirik zarrachalardan tozalanadi. Keyin 8 ta XK rusumli tozalash qurilmalari yordamida mayda zarrachalardan tozalanadi. Tozalash bo‘limida hosil bo‘lgan changlar tashqarida o‘rnatilgan 8 ta S-6 tozalash qurilmasi orqali tozalanib atmosferaga tashlanadi. Keyingi jarayonlar bosh binoda amalga oshiriladi. Yirik va mayda zarrachalardan tozalangan paxta xom ashyosi 2 ta 5 DP 130 rusumli jinlash mexanizmlari orqali jinlanadi. Keyingi jarayon 12 ta 5 LP rusumli linterlar orqali momiq ajratiladi. Presslash (toylash) bo‘limida rusumi DA 8237 bo‘lgan 1 ta tolani presslaydigan, 1 ta lintni presslaydigan uskunalar yordamida presslash jarayoni amalga oshiriladi. Bosh binoda hosil bo‘lgan changlar tashqarida o‘rnatilgan 3 ta S-6 rusumli tozalash qurilmalari orqali, presslash (toylash) bo‘limida hosil bo‘lgan changlar 2 ta S-6 rusumli chang tozalash uskunalari (CHTU)orqali tozalanib atmosferaga tashlanadi. Korxonada ustaxona mavjud. Ustaxonada arraga tish chiqaradigan 2 ta qurilma va 1 ta tokarlik qurilmasi mavjud. Ushbu qurilmalardan atmosferaga metall changi ajralib chiqadi. Bulardan tashqari 1 ta siljiydigan elektropayvandlash qurilmasi mavjud. Elektropayvandlash ishlarida atmosferaga payvand changi va marganets oksidi ajralib chiqadi. 2> Download 38.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling