4-amaliy mashg‘ulot mavzu: Detallarni plastik deformatsiyalash usulida ta’mirlashni o‘rganish


Download 86.08 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi86.08 Kb.
#1020246
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot


4-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Detallarni plastik deformatsiyalash usulida
ta’mirlashni o‘rganish

Detallarni plastik deformatsiyalash usulida (bosim ostida) ta’mirlash detal materialining plastiklik xususiyati va detal materiallarining o‘lcham bo‘yicha zarrasidan foydalanishga asoslangan. Metallarning plastikligi deganda, ma’lum sharoitda va kuch ta’sirida butunligi bu zilmasdan qoldiq deformatsiyani qabul qila olish xususiyati tushuniladi.
Detallarni plastik deformatsiya usulida ta’mirlash qizdirmasdan-sovuq deformatsiya yoki 673 K temperaturaga qizdirib-issiq deformatsiya orqali amalga oshirish mumkin.
Detallarni bosim ostida ta’mirlashda deformatsiyalanadigan detalning hajmi o‘zgarmaydi, ammo uning shakli hamda detal tayyorlangan metallning strukturasi va mexanik xossasi o‘zgaradi.
Detallarga bosim ostida ishlov berishning quyidagi turlari mavjud: cho‘ktirish, botirish, kengaytirish toraytirish, nakatkalash va to‘g‘rilash.




4.1-rasm. Detallarni cho’ktirish usulida ta’mirlash sxemasi



4.2-rasm. Shatunning yuqori kallagidagi bronza vtulkani cho’ktirish sxemasi.

Detalni cho‘ktirish va botirish usulida ta’mirlash


Detalning uzunligini kamaytirish hisobiga uning tashqi diametrini kattalashtirish jarayoni cho‘ktirish deyiladi. 4.1-rasmda detallarni cho‘ktirish sxemasi keltirilgan. Undan ko‘rinib turibdiki, ta’sir etuvchi Rg kuchning yo‘nalishi detalning deformatsiyalanish yo‘nalishi δ bilan mos tushmaydi. Bu detallarni cho‘ktirishga xos bo‘lgan xususiyatdir.
4.1-rasmda shatunning yuqori kallagidagi bronza vtulkaning cho‘ktirish sxemasi ko‘rsatilgan. Uni 1 va 2 tiqinlar yordamida detaldan chiqarib olmasdan cho‘ktirish mumkin. Uzunligi qisqarishi hisobiga vtulkaning ichki diametri kichiklashadi. Vtulkaga razvyotka bilan ishlov berilgandan so‘ng, u yana ishlatish uchun yaroqli holga keladi.
Vtulka uzunligining qisqarishi natijasida porshen barmog‘idan vtulkaga o‘zatiladigan nisbiy bosim ortadi, ammo bu bosimning ko‘payishi detalning keyingi ishiga deyarli ta’sir qilmaydi. Bunday usul bilan vtulkani bir marotaba ta’mirlash mumkin.




Download 86.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling