4-rasm. Detalni cho’zish sxemasi
3-rasm. Vtulkani toraytirish sxemasi
Detallarni toraytirish. Vtulkaning ichki diametrini tashqi diametri hisobiga kuchaytirish – toraytirish deyiladi. Toraytirishda ta’sir qiluvchi kuchning yo‘nalishi kerakli deformatsiya δ ning yo‘nalishiga mos keladi (33-rasm). Toraytirish – kengaytirishdan detal o‘lchamlarining kichrayishi bilan farq qiladi, kengaytirishda esa detallarning o‘lchami kattalashadi. Toraytirishda kuch va deformatsiya yo‘nalishi kengaytirishdagiga nisbatan teskari yo‘nalishda bo‘ladi. Detal ichki o‘lchamining kichrayishi tashqi diametrning kichiklashuvi hisobiga bo‘ladi. Bunga bronzadan yasalgan vtulkani toraytirish misol bo‘la oladi. Toraytirishdan so‘ng vtulkaning tashqi diametri ishlatish uchun moslanadi yoki uni po‘lat vtulkaga presslanadi. Vtulkaning ichki diametrini talab qilingan o‘lcham bo‘yicha razvyotka qilinadi. Detallarni toraytirish jarayonidan foydalanish rangli metall sarfini kamaytiradi.
Odatda, vallar, shatunlar, oldingi balkalar va shunga o‘xshash detallar to‘g‘rilanadi. To‘g‘rilashning ikki xili mavjud: tashqi kuchlar bilan to‘g‘rilash (sovuq holda va qizitib) hamda mahalliy naklyop bilan to‘g‘rilash.
5-rasm. Valni to’g’irlash sxemasi.
6-rasm. Nakatkalash sxemasi.
Detallarni cho‘zish. Detal uzunligini uning ko‘ndalang kesimidagi ma’lum joyini toraytirish hisobiga o‘zaytirish cho‘zish deyiladi. 34-rasmdan ko‘rinib turibdiki, cho‘zish cho‘ktirishning xususiy holi hisoblanadi va u kuch Rd yo‘nalishining kerak bo‘lgan deformatsiya δ yo‘nalishiga mos kelmasligi bilan harakterlanadi. Bunda detal kesimini mahalliy torayishi hisobiga uncha katta bo‘lmagan uchastkada uning o‘zunligi ortadi. Cho‘zish, odatda, har xil tyaga va detallarni uncha katta bo‘lmagan o‘zunlikka o‘zaytirish uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |