4-amaliy mashg‘ulot Mavzu


Jihozlar va ko'rgazmali vositalar


Download 36.33 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi36.33 Kb.
#1392249
1   2   3
Bog'liq
Amaliy-4

Jihozlar va ko'rgazmali vositalar -prezident Islom Karimov asarlari to'plami, O'zbekiston mustaqilligi to' g' risidagi turli rangli plakatlar, O'zbekiston Respublikasi siyosiy xaritasi, vatan tarixiga oid turli rasmlar, buyuk shaxslar, allomalar portretlari, globus, O'zbekiston mustaqilligiga oid ilmiy asarlar, davlat ramzlari.
Dars turi: amaliy, nazariy.
Dars tipi: aralash.
Tashkiliy qism:
O'qituchini kirish so'zi:
O' qituvchi Mustaqillik darsining nomi, maqsadi va reja bilan tanishtiradi. Kirish so'zi orqali o'quvchilar diqqatini o' ziga j alb etadi va ularni uangi bilimlarini o'zlashtirishga tayyorlaydi.
REJA:
1. Jamiyat ma'naviyat mamlakat rivoj ida muhim omil.
2. Mustaqillik yillarida milliy merosimizni tiklash
yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar.
3. Ogohlik - davr talabi.
4. Barkamol avlod - Vatan kelajagi.
O'qituvchi: - xurmatli o'quvchilar, ma'naviyat deganda nimani tushunasiz?
O'quvchi biror - mamlakat ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg' otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko'tarila olmaydi. Ma'naviyat insonni rahiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan ichki olamni boyitadigan, uning iymo -irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan botiniy kuchdir. Shuning uchun ham mustaqillikni datslabki kunlaridanoq jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish vatanimiz taraqqiyotining ustivor yo'nalishi deb belgilanadi.
O'quvchi: - Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edilar: "Moddiy islohatlar, iqtisodiy islohatlar o'z yo'ga. Ularni hal qilish mumkin.
Xalqning ta'minoti ham amallab turish mumkin. Ammo, ma'naviy islohatlar -qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo'lish, qaddini baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo'lish-bundan og'irroq va bundan sharafliroq vazifa yo'q bu dunyoda" ("O'zbekiston XXI asr bo'sahasida" 202-bet)
O'qituvchi: - Darxaqiqat, davlat ma'naviy yangilash jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni mustahkamlash qiyin ekanligini hayot isbotladi. Xalqimizning ma'naviy poydevori - mustaqil davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va mustahkam. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma'naviy zug'umlardan ozod bo'ldi, erkin fikrga, o'zligimizni anglashga kengyo'lochildi.
Bu davrda boy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
Milliy madaniyatimiz, jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga buyuk xissa qo'shgan bobokalonlarimizning ma'naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat va xalqaro miqyosida nishonlanadigan bo'ldi.
O'qituvchi: - Mustaqillika erishganimizdan so'ng mamlakatimiz tarixida katta o' zgarishlar O'z qadr qimmatlarini, milliy davlatchiligimiz, madaniyatimizni, tilimiz bilan yagona xalq yagona millat bo'lib, jahon ham jamiyatida o'zimizga munosib obro' -e'tiborga qozonishga erishdik.
Yurtimizda YUNESKO bilan hamkorlikda quyidagi buyuk allomalar, davlat arboblari, mutafakkirlar va shoirlarning yubelelari hamda o'lmas qadriyatlarimiz tantanalari nishonlandi.
- 1991-yil - Mirzo Ulug'bek tavalludining 600 yilligini;
- 1996-yil - Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
- 1997-yil - Buhoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi;
- 1998-yil - Axmad Al Farg'oniyning 1200 yilligi;
- 1999-yil - Jaloliddin Mangu Berdi tavalludining 800 yilligi;
- 2000-yil - Avesto yaratilganining 2700 yilligi;
- 2001-yil - Termiz shahrining 2500 yilligi;
Mustaqillik yillarda buyuk shaxslar xotirasiga bag'ishlab barpo etilgan yodgorliklar majmuasi jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g'ururni hamda xalqimiz, ayniqsa ongiga mustaqillik mafkurasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Download 36.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling