4-amaliy mashg`ulot Mavzu


Download 92.09 Kb.
bet2/2
Sana04.05.2020
Hajmi92.09 Kb.
#103216
1   2
Bog'liq
4-amaliy mashg`ulot


Borland Delphi 7 dasturlash muhitida Gauge komponentasidan foydalanish.


Ushbu bo`limda Gauge komponentasi haqida ma’lumot beramiz. Gauge komponentasi jarayon bosqichlarini vizual tasvirlash uchun foydalaniladi. Delphi dasturini ishga tushiramiz. Forma oynasiga Samples palitrasidan Gauge komponentasini joylashtiramiz. Gauge komponentasining gorizontal, sektorli, doirali, matnli va vertikal ko`rinishlari mavjud.

Komponenta ko`rinishi o`zgartish uchun Object Inspector oynasini Kind bo`limidan, rangini o`zgartish uchun ForeColor bo`limidan, jarayon bosqichini o`zgartirish uchun esa Progress bo`limdan foydalaniladi:



Komponentaning asosiy xusisuyatlari



Xusiyat

Izoh

MaxValue

Pozitsiyaning maksimal qiymati. Odatda qiymat 100 bo`ladi

MinValue

Pozitsiyaning minimal qiymati. Odatda qiymat 0 bo`ladi

Progress

Jarayonning ixtiyoriy pozitsiyani ko`rsatish.

BackColor

Komponentning fon rangi

ForeColor

Jarayonni to`ldirish rangi

Kind

Diagramma turi.

Misol. Forma oynasiga ikki button va Gauge komponentasini joylashtiramiz. Gaugening diagramma turini doirali holatda o`tkazamiz. Rangini esa yashilga o`zgartiramiz. Birinchi buttonni “Start” deb, ikkinchi buttonni “Clear” deb nomlaymiz. Quyidagicha forma oynasi hosil bo`ladi:



Start tugmasining dasturlash qatoriga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

var i:integer;

begin

for i:=1 to 100 do begin



gauge1.Progress:=gauge1.Progress+1;

sleep(100);

end;

end;


Clear tugmasining dasturlash qatoriga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:

procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject);

begin

gauge1.Progress:=0;



end;

Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Start tugmasi bosilsa, diagramma to`lib boradi. Clear tugmasi bosilsa esa, pozitsiya nolga tushadi.



Borland Delphi 7 dasturlash muhitida ColorGrid komponentasidan foydalanish.


Ushbu bo`limda ColorGrid komponentasi haqida ma’lumot beramiz. ColorGrid komponentasi foydalanish mumkin bo`lgan 16 ta rangli jadvalni hosil qiladi. Jadvalda ikki xil rangni FG - ForegroundColor (oldingi rang) va BG - BackgroundColor (fon rangi) ni tanlash mumkin.

Misol. Forma oynasiga bitta Button, bitta ColorGrid, ikkita Memo komponentasini joylashtiramiz. Buttonni “Rang” deb nomlaymiz.



Rang tugmasining dasturlash qatoriga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

begin


Memo1.Color:=colorgrid1.ForegroundColor;

Memo2.Color:=colorgrid1.BackgroundColor;



end;

Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Rang tugmasi bosilsa ColorGridning FG yacheykasidagi rang Memo1 ning rangiga, BG yacheykasidagi rang Memo 2 ning rangiga o`zgaradi.





Topshiriqlar:

1. Dasturlash texnologiyasi va algoritm haqida tushuncha bering.

2.Yuqori va Quyi darajali dasturlash tillari va ularning turlarini izohlang.

3. Delphi, C++, Visual Basic dasturlarida sodda masalalar ishlang.

4. Turli xil ommabop dasturlash tillari (JavaScript, Java, Python, Ruby, PHP, C#) bilan tanishish.

5. Autoplay dasturida electron qo`llanma yarating.



6. Flash dasturida elektron qo‘llanma yarating.
Download 92.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling