Nofrontаl tаjribа-аmаliy mаshg’ulotlаrdа tаlаbаlаr kichik guruhlаrgа bo’linnib hаr xil mаshqlаrni bаjаrаdilаr yoki hаr xil jihoz vа moslаmаlаrdа
Bunda tajriba-amaliy mashg’ulotlarning mazmuni ayrim guruhlar uchun har xil bo’ladi. Nofrontal shaklda tashkil etilgan tajriba-amaliy mashg’ulotlar qo’yidagi kamchilikga ega: ishlarni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish ma’lum darajada qiyin bo’ladi, chunki o’qituvchi barcha talabalarga umumiy ko’rsatma berish va natijalarni jamoa bo’lib muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Shunga qaramay umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlar ko’p hollarda o’tkaziladi,chunki bunda hamma talabalar uchun bir turdagi jihoz va moslamalarni bo’lishi shart emas. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar ma’lum bir jarayonni kuzatadilar, tavsiflaydilar, kattaliklarni o’lchaydilar, hisoblaydilar, biror hodisa bo’yicha eksperimentlar o’tkazadilar, natijalarni umumlashtiradilar, tahlil qiladilar, mexanizm va yig’ma birikmalarni qismlarga ajratadilar-yig’adilar, rostlaydilar, sozlaydilar, nazorat qiladilar. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda o’tkaziladigan tajriba-amaliy mashg’ulotlarini quyidagi 8.1-jadvaldagi ko’rinishda guruhlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |