Labaratoriya mаshg’ulotlаridаn ko’zdа tutilаdigаn mаqsаd- muаyyan texnologik jаrаyonlаrni, qonuniyatlаrni, sаbаb-nаtijаli bog’lаnishlаrni vа shu kаbilаrni tekshirish mаqsаdidа turli xil eksperimentlаr o’tkаzish orqаli ushbu hodisаlаrni kuzаtish hаmdа tаhlil qilishni o’rgаnishdir.
Masalan: tuproqning qattiqligini tortish kuchiga ta’sirini tekshirish; moyning qovushqoqligini aniqlash; mashinaning ish unumdorligini aniqlash va hokazo
Аmаliy mаshg’ulotlаridаn ko’zdа tutilgаn mаqsаd - tаlаbаlаrdа texnikаviy obъektlаrni yanаdа chuqurroq o’rgаnish mаqsаdidа ulаrdаn foydаlаnish bilаn bog’liq bo’lgаn аmаliy ko’nikmа hаmdа mаlаkаlаr hosil qilishdir.
Masalan: dastgohlar va ularning mexanizmlarni qismlarga ajratish, yig’ish, sozlash, rostlash; tokarlik, parmalash, jilvirlash dastgohlarida, tikuv va to‘quv mashinalarida ishlash; biror kattalik yoki parametrlarni o’lchash, hisoblash va hokazo.
Maxsus fanlar bo’yicha tajriba va amaliy mashg’ulotlar bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega emas. Ulardan ko’zlangan yagona maqsad - talabalarga mazmuni jihatidan umumkasbiy va maxsus fanlar bilan bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlar, texnikaviy hodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalar, texnikaviy talablar va shu kabilarni amalda o’rgatishdir. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar o’zlaridagi mavjud bilimlarni chuqurlashtiradilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar va bu bilimlarni amalda tadbiq etishga o’rganadilar, bu esa ularda kasbiy malakalarni oshirish uchun zarurdir. O’quv jarayoniida tajriba va amaliy mashg’ulotlar “sof holda” qo’llanilmaydi. Ular o’quv dasturlariga tajriba-amaliy mashg’ulotlar tarzida kiritilgan. O‘z vazifasi, o‘quv jarayonida tutgan o‘rni jihatidan umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha bajariladigan tajriba-amaliy ishlar nazariy ta’lim bilan ishlab chiqarish orasida oraliq vaziyatni egallaydi, hamda malakali mutaxassislar tayyorlashning bu ikki tomonini o‘zaro bog‘lashning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Bu bog‘lanish tajriba-amaliy ishlar rukni va mazmunini aniqlashda, tajriba-amaliy ishlar jarayonida talabalar olgan uquvlarni ishlab chiqish jarayonida tatbiq etish va kengaytirishda, ularni o‘tkazish metodlari hamda metodik usullarini uyg‘unlashtirishda namoyon bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |