Yakunlovchi yo’riqnomа o’tkаzish dаvomidа mаshg’ulotgа yakun yasаlаdi, ish nаtijаlаrni tаhlil qilinаdi, solishtirilаdi, tаqqoslаnаdi vа xulosаlаr keltirilаdi.
Bu yo’riqnoma davomida mashg’ulotlarga yakun yasaladi. Yakunlovchi yo’riqnoma tadqiqot xarakteridagi tajriba-amaliy mashg’ulotlar o’tazilgandan. keyin ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda suhbat davomida o’qituvchi talabalar bilan birga tajriba natijalarini tahlil qiladi, solishtiradi, taqqoslaydi, talabalarni muayyan xulosalarga olib keladi. Ta’riflangan xulosalarni, qonuniyatlarni talabalar ish to’g’risidagi hisobotga yozib oladilar. Talabalar tajriba-amaliy mashg’ulot natijalari yuzasidan, odatda, yozma hisobot topshiradilar. Hisobotda, foydalanilgan materiallar xarakteri ko’rsatiladi; ishlatilgan asbob va jihozlarning tavsifnomasi beriladi; qurilma, zanjir, jarayonning sxemasi keltiriladi; qismlarga ajratib, yig’ish, rostlash, sozlash tartibi, mashina va mexanizmlarning buzuqliklariga diagnoz qo’yish natijalari bayon etiladi; o’lchash, kuzatish, hisoblashlarning natijalari; xulosalar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |