4-amaliy mashg’ulot: “Sab'ai sayyor” dostonidagi birinchi hikoyat sharhi. Reja topshiriqlar
Download 212.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar: 1, 3, 5. 2. Dostonda birinchi musofir hikoyatining (XX bob) qisqacha mazmuni (Farrux va Axiy qissasi). Adabiyotlar: 5, 6, 7.
- Adabiyotlar: 6, 7, 8. Mavzu tahliliga kirish uchun savollar
- “Sab’ayi sayyor” dostonidagi birinchi musofir hikoyati
4-amaliy mashg’ulot: “Sab'ai sayyor” dostonidagi birinchi hikoyat sharhi. Reja - topshiriqlar: 1. "Sab`ayi sayyor" dostoni sujeti (Bahrom va Dilorom qissasining qisqacha mazmuni). Adabiyotlar: 1, 3, 5. 2. Dostonda birinchi musofir hikoyatining (XX bob) qisqacha mazmuni (Farrux va Axiy qissasi). Adabiyotlar: 5, 6, 7. 3. Hikoyat matnining sharhi (qora rang bilan bog’liq hodisalar, o’nta baytning tabdili): Adabiyotlar: 6, 7, 8. Mavzu tahliliga kirish uchun savollar 1. “Nurli qalblar gulshani” monografiyasining muallifi kim? 2. Qaysi olim “Sab’ayi sayyor” dostonidagi yetti hikoyani “Lison ut- tayr”dagi yetti vodiy bilan qiyoslagan?. 3. “Sab’ayi sayyor” dostonidagi hafta kunlari, ranglar va qasrlarni ketma- ketlikda yozing. 4. Nizomiyning “Haft paykar” dostonida Fitnaning ovdagi shartlarini izohlang. 5. Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht”ida Dilorom qanday shart qo’yadi? 6. “Sab’ayi sayyor” dostoni vaznining paradigmasi va afoilini doskada yozing. 7. “Ishq vodiysining chechaklari” kitobida birinchi musofir hikoyati tahliliga bag’ishlangan bob qanday nomlanadi. 8. Jasratxon taxtini Farruxga topshirmoqchi bo’lganda Yoshi nechada edi? 9. Sarandib shahri haqida nimalarni bilasiz? 10. Qora rang bilan bog’liq qanday tushunchalaringiz bor? “Sab’ayi sayyor” dostonidagi birinchi musofir hikoyati 1 Boru yo‘q chun duoki bildi, dedi, Dedi: «Bir bor edi-yu bir yo‘q edi. Hind mulkida bor edi shohe, Shohlig‘ ishlaridin ogohe. Cherikiga kanora yo‘q paydo, Maxzanig‘a shumora yo‘q paydo. 7 Ul kecha g‘amdin asru bedil edi, Tushta biri anga bu nukta dedi Kim: «Agar aylasang murod talab Turmayin, tongla ayla azmi Halab». Uyg‘onib sabr-u toqati ketti, Qo‘pti dog‘i Halabg‘a azm etti. 2 Lutf ila xulqi haddu g‘oyatsiz, Fahmu idroki xud nihoyatsiz, Bori ilmu kamol aro mohir, Zotidin yuz kamol o‘lub zohir. Borcha bir sori-yu bu bir sori Kim, kishiga yetishmay ozori. Zuhdu taqvo kelib shiori aning, Bo‘lubon poklik hisori aning. 8 Ki, ko‘rundi ko‘ziga bir mahmil, Noqasi shahr sori musta’jil. Tushta ko‘rgan kibi yopug‘i qaro, Iztirob o‘ti tushti joni aro. Buyla holatda tund yetti shamol, Ochti mahmil kanorasin filhol. Chun ochildi bulut, ko‘rundi quyosh Tushta ko‘rgan quyoshi bo‘ldi fosh. 3 Bir kecha bor edi ibodat aro, Nurdin matlai saodat aro. Subh chun sajdai niyoz etti, Ko‘ziga uyqu turktoz etti. Jilva qilg‘och xayoli ruhoniy, Ming suvar zohir o‘ldi pinhoniy: 9 Kim: «havodis yeridurur olam, Ondin ozod emas bani Odam. Har ne el olig‘a yozibdur haq, Chora yo‘q oni ko‘rmayin mutlaq. Manga ovoraliq emish taqdir, Ishqu bechoraliq emish taqdir… Tutmangiz bu diyor ichinda maqom, Qaytingiz, vassalomu val-ikrom». 4 Mutaharrik bo‘lub nasimi sabo, Chunki mahmildin o‘ldi parda rabo. Ul amorida xud pari erdi, Ne pari, mehri xovari erdi. Ul quyosh lam’asi kul ayladi pok, Notavon jismin uylakim xoshok. Ulcha yetti quloqqa xalq deri, Bu edikim: «Erur bu Quds yeri». 10 Farruxi notavon necha kun edi Ki, ne suv ichti, ne taom yedi. Kimsakim, topmag‘ay taom ila bahr, No‘sh qilg‘ay taom o‘rnig‘a zahr. Ishqdin jonda bo‘lg‘ay ozori, Tani g‘urbat o‘ti giriftori. Hajrdin ham anga malol o‘lg‘ay, Fikr qilkim, anga ne hol o‘lg‘ay. 5 Cherikidin yorimin oyirdi, Ganj nisfini ham anga berdi. Munga loyiq asosi shohona, Har g‘aroyibki ham kerak yona. Yasadi ul sifat asosin aning Ki, xirad topmag‘ay qiyosin aning. Beribon ruxsat oni shod etti, Jon bila jismi xayrbod etti. 11 Dedi: «Bu ajz birla butmas ishim, Bordurur tengrim, ar yo‘q ersa kishim. Nechuk o‘lsa oyoq uza turayin, Yotib o‘lguncha dast-u po urayin». Qo‘pti-yu qildi shahr ichiga xirom, Har taraf solur erdi bilmay gom. Bir-iki kun bu nav’ urdi qadam, Za’f aning vujudin etti adam. 6 Ul zamon kimki qilsa azmi tavof, Ka’ba o‘rnida Quddus erdi matof. Farrux ul pok yerga chun yetti, Pok ko‘ngli bila tavof etti. Qo‘ydi tufroqqa yuz niyoz bila, Sham’dek yig‘ladi gudoz bila. Istadi hojatinki xoliqi dahr Anga matlubidin yeturgay bahr. 12 Xojaye bor edi Halabda g‘ani, Mehmondorliq shior-u fani. E’tibori ko‘p el aro behad, Johu molig‘a yo‘q hisobu adad. Anga uy erdi mehmonxona, Anda ko’p oshno-vu begona, Ko‘ngli behad rahimu tab’i saxiy, Shahr xalqi ichinda oti Axiy. 13 Xoja dog‘i bor erdi g‘am ko‘rgan, Ishq bedodidin sitam ko‘rgan. Ko‘nglini buzdi mehmon dardi, Nola-u ohi dardparvardi. To‘la aylab sirishk birla ko‘zin, Ko‘p quloq tutti anglamoqqa so‘zin. 18 Gar anga bu qadar muruvvat bor, Bizda ham shammai futuvvat bor. Shukrkim yetti lutfi yazdoniy, Qolmadi zulmi nafsi zulmoniy. Sen ham emdi shukufta dil bo‘lg‘il! Manga iki jahon singil bo‘lg‘il». 14 Jomi may chun ilikdin oldi zimom, Bo‘ldi el guftugo‘yi beandom. Xoja g‘avg‘odin aylab o‘zni xalos, Tutti shahzoda birla majlisi xos. Bu tutub andin o‘zni sharmanda, Ul o‘pub tufroq o‘ylakim banda. Chun hijob oldi aqldin boda, Bo‘ldi beixtiyor shahzoda. 19 Bo‘lub ikkisi Musoyu Horun. Ganj ila lek ani qilib Qorun. Xutba amrini iftitoh etti, Xojag‘a singlini nikoh etti. Xar qayon boqti oshno ko‘rdi, Hayrat o‘z xotiri aro ko‘rdi, 15 Ki: «Nekim tengri aylamish taqdir Aylay olmas kishi anga tadbir. Sangau bizga vasl davroni, Muncha yozmish qazoyi yazdoni. Vasl ayyomi ichra erduk shod. Shukr etib qayg‘udin eduk ozod. Emdi bo‘ldi muforaqat chog‘i, Shukr vojibdurur budam dog‘i. Harnekim yozdi kirdigor manga, Aylamakda ne ixtiyor manga. 20 Garchi zarbaft xil’at ichra mudom, Shah yonida tutar edi orom. Uyga kirgach qaro palosi edi, Ki, safarda aning libosi edi. Tengri shukridakim, tili edi lol, Toat aylar edi kiyib qaro shol. Ki: «palos ichra yetti chun debo, Tashlasam oni bo‘lmag‘ay zebo», 16 Dedi: «Bu erdi ulcha olding naqd, Bir kishi birla aylagum seni aqd Kim, erur avji saltanat mohi, Dahr uza taxti makramat shohi!» Husnini dog‘i qildi ko‘p ta’rif, Tig‘ birla ham etti ko‘p taxvif. Qildi har nav’kim edi mumkin, Sarv gulchehra shaynini sokin. 21 Qaro tun qaddin etti sajdag‘a dol, Onchakim, tole’ o‘ldi subhi visol. Yetti - bo‘lg‘onda tiyrau ranjur, Ko‘ngliga g‘ayb olamidin nur. Qora shol ichra o‘ylakim zulmot, Xizrdek no‘sh qildi obihayot. Bo‘lubon bo’yla holidin ogoh, Kisvatig‘a tatabbu’ ayladi shoh. 17 Dedi: «Yetgil diyor-u kishvaringa, Eya bo‘l mulk-u taxt-u afsaringa». Yodgor istadi palosin aning, Tilab oldi qaro libosin aning. Yondi yig‘lab Axiyi ozoda, Yig‘loyu yo‘lg‘a tushti shahzoda. 22 Chunki shah xil’ati qaro bo‘ldi, Qora kiymak ulus aro bo‘ldi. Qora rang elga toji torakdur, Kim bu rang ichradur, muborakdur. Shomi hijrong‘a qolmag‘ay jovid, Qayda subhi visol tutqay umid?” Download 212.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling