4-amaliy mashg‘ulot. Tabiatshunoslik darslarida labaratoriya mashg‘ulotlari. Reja
Download 14.89 Kb.
|
4-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar.
- Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun jihozlar.
- Laboratoriya
- Tabiatshunoslikdan laboratoriya ishlarida, o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.
4-amaliy mashg‘ulot. Tabiatshunoslik darslarida labaratoriya mashg‘ulotlari. Reja: Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun jihozlar. Tabiatshunoslikdan laboratoriya ishlarida, o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Adabiyotlar. 1. D. Sharipova, D.P. Xodiyeva, M. K. Shirinov Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi Toshkent, “Barkamol fayz media” nashriyoti, 2018-yil. 2. M.Nuriddinova. Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi” Toshkent, O‘qituvchi 2005y 3. A.Baxronov, Tabiatshunoslik 3-sinf umumiy o‘rta ta`lim maktablari uchun darslik. T; Cho‘lpon NMIU 2020 y. 4. A.Baxronov Tabiatshunoslik 4-sinf umumiy o‘rta ta`lim maktablari uchun darslik. T; Sharq NMIU 2020 y. 5. P. G‘ulomov, Mirzaaxmatova Sh. Atrofimizdagi olam 2-sinf uchun darslik. T; Cho‘lpon NMIU 2020 y. 6. A.G. Grigoryans, Atrofimizdagi olam 1-sinf uchun darslik. T; Cho‘lpon NMIU 2019 y. Laboratoriya_mashg‘ulotlari_uchun_jihozlar.'>Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun jihozlar. Tajiribalar va laboratoriya mashgulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to‘garagida) maxsus jihozlar: o‘lchov asboblari, lupa, laboratoriya uskunalari, idishlar, matyeriallar, yordamchi asboblar kerak. Ulchov asboblariga har xil suyuqliklarning muayyan hajmini o‘lchash uchun manzurkalar, tyermometrlar va shu kabilar kiradi. Jihozlarni ko‘rgazmali qurollar magazinlaridan sotib olish mumkin. Ayrim asboblarni o‘quvchilarning o‘zlari tayyorlashlari mumkin. Laboratoriya uskunalariga laboratoriyaya shtativlari, uchoyoqlar spirt lampalari, asbeslangan to‘r, probirka qo‘yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek idishlar, shisha voronkalar, kolbalar oq shisha pufakchalari, idishlar to‘plami choy stakanlari, lampochkalar va boshqalar kiradi.Ekran vositalariga diafil`m, diapozitiv va kinofil`mlar kiradi. Ekran vositalarini nomoyish qilish uchun xona qorong‘ilatilgan, maxsus jixozlangan bulishi zarur. Bularga sarflangan vaqt darsning mavzusi, maqsadi va tipiga bog‘liq. Model ko‘rgazmali qurol sifatida narsa va qurilimning barcha tafsilotlarini takrorlovchi ularga o‘xshash xajimli tasvirdir. Modellarning ahamiyati juda katta chunki ular sathli rasmlarda farq qilib, o‘rganilayotgan narsa tug‘risida tasavvur beradi. Tabiatshunoslik bo‘yicha dastur matyerialini uzlashtirish uchun bo‘lgan modellarni ikki guruhga ajratamiz: 1. Yer yuzasi shakllarining: tog‘, tepalik, daryo vodiylari, daryo va ularning tarmoqlari, o‘pirilish, jarlarning jo‘g‘rafiy modellari kiradi. 2. Har xil qurilish va inshoatlar: shaxta, domna pechi, suv va shamol xarakatlantiruvchilari kabilarning modeli kiradi. Ko‘rgazmali vositalar qatoriga yangi matyerialni tushuntirishni sinf taxtasida grafik tarzida tasvirlab ko‘rsatish ham kiradi. O‘quvchilar tasvirni daftarlariga chizib olishda beixtiyor esda qoldiradi. Tabiatshunoslikdan laboratoriya ishlarida, o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tabiatshunoslikni o‘qitishda ilmiylik tamoyili hozirgi zamon fanida qat’iy qaror topgan tamoyillarni o‘quvchilarga o‘zlashtirish uchun taklif etilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo‘yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O‘quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o‘quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to‘g‘ri aniqlash o‘quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o‘quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng to‘g‘ri metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko‘tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirib olinishiga imkon beradi. O‘quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo‘lishi kerak, bunga uni o‘quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiatshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida o‘qishga qiziqish uyg‘otadi Topshiriq: 1. Labaratoriya jihozlariga oid ko‘rgazma tayyorlang. 2. 1 soatlik labaratoriya darsi ishlanmasini tuzing. Download 14.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling