Laboratoriya ishlarini o‘tkazish tartibi va
Download 26.57 Kb.
|
1-Laboratoriya
№1 Laboratoriya ishlarini o‘tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishish. Turli tizimdagi o’lchash asboblarini tekshirish va xatoliklarini aniqlash. Laboratoriya ishlarida talabalar laboratoriya ishlarini bajarish orqali olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi va o’z bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. Laboratoriya ishlarida o’qituvchi dastlab talabalarni mavzu va ishning maqsadi bilan tanishtirishi lozim. Shundan so’ng talabalar laboratoriya topshiriqlarini bajarish uchun mavzuga oid nazariy ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari talab etiladi. O’qituvchi boshchiligida talabalar laboratoriya topshirig’ini bajarish jarayonida foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlar bilan tanishib, ularning tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganadilar, shuningdek ulardan amalda foydalanish tartib-qoidalari bilan tanishadilar. Laboratoriya ishlarida berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalar quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari talab etiladi: Laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida elektr tokining hayot uchun havfli ekanligini yodda tutish va ehtiyot bo’lish; Laboratoriya xonasida mavjud elektr manbalari va asbob-uskunalariga ehtiyotkorlik bilan muomalada bo’lish; Zanjir yig’ishda foydalanilyotgan simning izolyatsiyasi ishonchli ekanligini tekshirib ko’rish; Zanjir yig’ilgandan so’ng o’qituvchining ruhsati bilan zanjirni manbaga ulash; O’lchash ishlari olib borilayotgan vaqtda biror elektr asbobining buzilganligi yoki noto’g’ri ko’rsatilayotgan holatda darhol zanjirni manbadan ajratish va o’qituvchini ogohlantirish; Har qanday laboratoriya ishni bajarib bo’lgandan keyin zanjirni manbadan ajaratilganligiga ishonch hosil qilish va so’ngra zanjirni qismlarga ajratishga kirishish. O’lchash asboblaridan foydalanilyotganda ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan muomalada bo’lish va zarar yetkazmaslik; Yuqori kuchlanish ostida ishlaydigan asboblardan o’qituvchi nazorati ostida foydalanish; Laboratoriya ishi davomida sinish mumkin bo’lgan idishlardan ehtiyot bo’lib foydalanish; Inson salomatligi uchun zararli bo’lgan vositalar bilan ishlashda albatta o’qituvchi nazoratida ishni olib borish. Mikrometrik asboblarga yalpoq mikrometrlar, mikrometrik chuquro‘lchagich va icho‘lchagichlar hamda tish o‘lchagich mikrometrlar kiradi. Ular mikrometrik vintdan va siljimas gaykadan tashkil topadi. Detallarni o‘lchashda gaykada mikrovintning 3600 ga aylanishi uni mikrovintda o‘q bo‘yicha 0,5 mm siljishini ta‘minlaydi. 1-rasm. MK tipidagi mikrometr: 1-skoba; 2-tovon; 3-mikrometrik vint; 4-stopor; 5-stebel; 6-baraban; 7-tirilloq (treshotka). Mikrometr (1-rasm) quyidagi konstruktsiyaga ega. Xalqaning (9) chap tomonida almashinuvchi (1) tovon presslangan, xalqaning o‘ng tomonida esa –(5) stebel (o‘zak) vtulka bilan mikrometrik gayka vazifasini bajaruvchi vtulkaning o‘ng tomonidan tashqi konussimon rezba va aniq ichki silindrik rezba qirqilgan; ichki rezbaga mikrovint buralgan, tashqisiga esa mikrometrik vint juftidagi tirqishni rostlash uchun mo‘ljallangan (4) konussimon gayka buralgan (kiygizilgan). Mikrovint konusli birikma orqali (6) baraban bilan birikkan. Bu birikmada taranglik qalpoqchani tortish bilan hosil qilinadi. (7) Tirillagich doimo o‘lchanuvchi kuchni ta‘minlab turadi. Mikrovint gayka yordamida qotiriladi. Stebel (o‘zak)ning tashqi tsilindrik sirtida bo‘ylama hisoblash chizig‘i bo‘lib, unga yuqoridan hamda pastdan ikkita millimetrli shkalalar o‘yilgan bo‘lib, ular bir-biriga nisbatan 0,5 mm ga siljitilgan. Pastki shkala har 5mm dan 25 mm uzunlikda raqamlangan. Mikrovint baraban bilan 3600 aylantirilganda uning yon sirti (toretsi) o‘q yo‘nalishi bo‘ylab 0,5 sm ga siljiydi. Barbanning kesilgan oxirida aylana bo‘ylab ikkinchi (50 bo‘linishli) shkala har besh bo‘linishda raqamlangan. Mikrovint baraban shkalasi bo‘yicha bir bo‘linmaga aylansa uning o‘q bo‘ylab 0,01 mm siljishiga to‘g‘ri keladi. O‘lchashdan oldin mikrometr qarab chiqiladi, o‘zaro harakatlanuvchi detallari tekshiriladi va nolga yoki pastga o‘lchash diapazoniga o‘rnatiladi. Mikrometr ko‘rsatishini o‘qishda avvalo, pastki shkaladan sonlarning butun millimetrdagi hisobi, keyin barabandagi shkaladan millimetrning yuzdan bir ulushlari olinib butun qismiga qo‘shiladi (hisob 3,23 mm). Agar baraban chekkasi shkalaga chizilgan bo‘lakdan o‘tsa, olingan natijaga yana 0,5 mm ni qo‘shish kerak bo‘ladi. O‘lchashni bajarish uchun mikrometrni stoykaga mahkamlash yoki xalqasidan ushlash kerak. O‘lchanuvchi detal mikrometr o‘lchovchi sirtlari orasiga 1...2 mm tirqish bilan kiritiladi. Keyin mikrovint tirillagich orqali buralib, detal sirtiga tekkanda to‘xtatiladi. O‘lchashning normal kuchi tirillagichning 2...3 marta ovoz chiqarishidan aniqlanadi va keyin mikrovint mahkamlanib ko‘rsatishi o‘qiladi. Mikrometrik chuquro‘lchagich - boshi berk teshiklar va sirtlar chuqurligini o‘lchashda ishlatiladi. u xalqa o‘rnida yassi o‘lchovchi sirtli asos bilan ta‘minlangan. Mikrovint turli uzunlikdagi almashinib o‘lchovchi sterjenlar bilan biriktirilishi mumkin. Download 26.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling