4 Amaliy Mashg’ulot Topshirdi: Aminov Nurbek Qabul qildi: Azimova Shoxista Gurux raqami: ped002 3-Topshiriq
Download 17.51 Kb.
|
1 2
Bog'liqPedagogika. Psixologiya 4-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 - Amaliy Mashg’ulot Topshirdi: Aminov Nurbek Qabul qildi: Azimova Shoxista Gurux raqami: PED002-1. 3-Topshiriq
- Bu tadqiqotni «zefir» deb atashgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Dasturiy injinering fakulteti Axborot Texnologiyalarining Dasturiy Ta’minoti kafedrasi Pedagogika. Psixologiya fanidan 4 - Amaliy Mashg’ulot Topshirdi: Aminov Nurbek Qabul qildi: Azimova Shoxista Gurux raqami: PED002-1. 3-Topshiriq Iroda kuchi nima? Nega insonlar iroda kuchiga muhtoj? Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson I. viy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: I. uchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam I. ni talab qiladi. I. mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. I. ning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda I. ning qay darajada ekanligi maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. I.viy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki I. deb ataladi. Tashqi toʻsiklar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tash-qi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki I. deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish (tashqi I.) ichki toʻsiqlar (ichki I.) ni yengish bilan uzviy bogʻliq. I. ning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va b. I. kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsikdarni yengar ekan, u kuchli I. egasi hisoblanadi. I. kishining harakteri bilan uzviy bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi. 1960 yilda Standford universitetida iroda bilan bog‘liq tadqiqot o‘tkazilgan. Bu tadqiqotni «zefir» deb atashgan. Uolter Mishel bir necha yuzlab 4-5 yoshli bolalarni tekshirib ko‘rgan. Bolalarni stol ustida «Zefir» shirinligi bo‘lgan xonaga olib kirishgan va ularga tanlov berilgan. Ular istasa, shirinlikni yeb qo‘yishi mumkin edi, lekin xonaga professor qaytib kirishini kuta olsa, shirinligi ikki barobar ko‘payishini aytishdi. Ya’ni, ozroq sabr evaziga bitta emas, ikkita shirinlik yeyishlari mumkin edi. Ba’zi bolalar shirinlikni darhol yeb qo‘ygan bo‘lsa, boshqalari fikrlarini chalg‘itishga harakat qilib oxirga qadar kuta olishgan. Bir necha yillardan so‘ng o‘sha bolalarni o‘smir yoshida yana Standford universitetiga taklif qilishdi va ularning hayoti va tabiatlarini o‘rganishdi. Yoshligida shirinlikni 2 ta bo‘lgunicha sabr qila olgan bolalar hayotining har jabhasida ildamroq edi. Ular yaxshiroq o‘qishar, qiyinchiliklarni osonroq yengib o‘ta oladigan, boshqa odamlar bilan yaxshi kelishadigan o‘smirlar edi. Tadqiqotdan xulosa shu ediki irodali bolalar hayotda muvaffaqiyatliroq, ko‘proq narsa erisha olishar ekan. Albatta, bolalar tabiatan irodali bo‘lishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda bolalarda irodani tarbiyalash ham mumkin ekan. Download 17.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling