4-amaliy mashg‘ulot Uzel taʼmirining tasmali grafigini ishlab chiqish Ishdan maqsad


Download 26.71 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1197746
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot


4-amaliy mashg‘ulot
Uzel taʼmirining tasmali grafigini ishlab chiqish


Ishdan maqsad: uzel ta’miri grafiklari turlari, ishlarni mehnat sig‘imi bo‘yicha taqsimlash, operatsiyalarni bajarish vaqtini aniqlash masalalarini o‘rganish.


15.1. Umumiy tushunchalar


Ishlab chiqarish jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi jarayonlarning majmuidir: asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi. Bu jarayonlar natijasida ta’mirlanayotgan mahsulot tayyor mahsulotga aylanadi. Asosiy jarayonlarda mahsulotni ta’mirlash texnologik jarayoni natijasida ta’mirlangan uzel shakllantiriladi. Yordamchi jarayonlarda mazkur korxonada asboblar, moslamalar, shtamplar, modellar tayyorlanadi, shuningdek jihozlar, inshootlar va binolar ta’mirlanadi, elektr energiyasi, siqilgan havo, bug‘ va boshqalar ishlab chiqariladi. Xizmat ko‘rsatish jarayonlariga mahsulot sifati nazorati, ombor operatsiyalari va boshqalar taalluqli.
Texnologik jarayonning tarkibiy birligi – texnologik operatsiyadir. Texnologik operatsiya bir yoki bir nechta bir vaqtda ta’mirlanayotgan ob’yektlar (tanovar, detal, agregat) uchun, bitta ish joyida, bir ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish va iqtisodi uchun ishlab chiqarishssikli uzunligi, ya’ni mahsulotni ta’mirlash ishlab chiqarish jarayonining boshlanish va yakunlanish vaqtlari orasidagi davr (ishlab chiqarish jarayoning vaqt mobaynida tashkil etilganligi) alohida ahamiyatga ega.
Texnika va texnologiyalarni takomillashtirilishi ishlab chiqarishssiklining barcha elementlariga, ayniqsa texnologik operatsiyalar va tabiiy jarayonlar vaqtini qisqartirishga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilinishi darajasini ortishi ish davridagi tanaffuslarni kamayishiga olib keladi.
Misol tariqasida 10D100 dizeli vertikal uzatmasini ta’mirlash tasmali grafigini keltiramiz.

15.1-jadval


10D100 dizeli vertikal uzatmasini ta’mirlash tasmali grafigini



Operatsiya nomi

Mehnat sig‘imi, odam/daqiqa

Ishchilar soni

Operatsiya vaqti, daqiqa

Vaqt, daqiqa




10


20


30


40


50





1

Valni burish mexanizmi tomonidagi ko‘rish lyuki echilsin, valni burish mexanizmi ulansin

2

1

2



















2

Dizel valni burish mexanizmi yordamida YUCHN (VMT) N1 holatiga qadar buralsin

2

1

2



















3

YUCHN (VMT) N1 strelkasi generator muftasining eng yaqinda joylashgan gaykasiga kiydirilsin va mahkamlansin.

1

1

1



















4

YUCHN (VMT) N1 kronshteyni ko‘rish lyuki bonkasiga mahkamlansin

1

1

1


















5

Strelka datchik bilan yorug‘lik diodi o‘chgunga qadar muvofiqlashtirilsin, holat saqlansin

0,5

1

0,5



















6

Dizel valni burish mexanizmi yordamida YUCHN (VMT) V1 holatiga qadar buralsin

2

1

2



















7

YUCHN (VMT) V1 strelkasi generatorni sovitish yuritmasi vali gaykasiga mahkamlansin

3

1

3



















8

Bosh generator vali himoya qurilmasini mahkamlash bonkalariga YUCHN (VMT) V1 datchigi kronshteyni mahkamlansin va strelka bilan muvofiqlashtirilsin

3

1

3



















9

Qayd etish asboblariga ega datchiklar biriktirilsin, asbob yoqilib, datchiklarning ishchi holatda ekanligi tekshirilsin

2

1

2



















10

Valni burish mexanizmi o‘chirilsin, dizel ishga tushirilsin, isitilsin

5

1

5



















11

Mashinist kontrolleri holati bir tekis o‘zgartirilib, dizel quvvati va tirsakli val aylanish chastotasi mashinist kontrollerining har bir pozitsiyasi uchun o‘lchash asbobi ko‘rsatmalari olinsin

20

1

20



















12

Dizel mashinist kontrollerining 0 pozitsiyasiga o‘tkazilsin, o‘chirilsin

2

1

2



















13

Datchiklar va strelkalar echib olinsin

10

2

5



















14

Diagnostik xulosa berilsin

0,5

1

0,5



















Jami





















15.2. Amaliy ish tarkibi

Berilgan individual topshiriq bo‘yicha uzel tanlansin va marshrut kartasi asosida ta’mirlash texnologik jarayoni marshrutli katrasi qurilsin.


Uzel ta’mirining tarmoqli yoki tasmali grafigini qurishga ruhsat etiladi.


Nazorat savollari

1. Uzel ta’miri grafiklarining qanday turlari mavjud?


2. Tasmali grafikning afzalliklari va kamchiliklari?
3. Ishlar mehnat sig‘imi bo‘yicha qanday taqsimlanadi?
4. Operatsiyalarni bajarish vaqti qanday aniqlanadi?
Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling