Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar


Download 101.05 Kb.
bet1/4
Sana02.04.2023
Hajmi101.05 Kb.
#1321423
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar.

Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar.


Reja

  1. Elektrik datchiklar.

  2. Elektrik datchiklarning turlari va ishlash tamoyillari.

  3. Potensiometrik (reostatli) datchiklar.

  4. Potensiometrik datchiklar ishlash tamoillari.
    1. Elektrik datchiklar.


О‘lchov о‘zgartgichi yoki datchik har qanday avtomatik boshqarish sistemasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib, nazorat qilinayotgan parametrni qabul qilish va uni о‘lchash hamda sistemaning keyingi elementiga uzatish uchun oson bо‘lgan boshqa parametrga о‘zgartirishga xizmat qiladi.
Har qanday fizik tabiatga ega bо‘lgan, nazorat qilinayotgan parametr datchiklar yordamida chiqishda mexanik yoki elektrik parametrlarga aylantirilishi mumkin. Elektr chiqishli datchiklar mexanik datchiklarga nisbatan, masofadan turib о‘lchash, chiqish signalini kuchaytirish va undan boshqarishda foydalnish osonligi, kam xatoga yо‘l kо‘yishligi kabi afzalliklarga ega. Shuning uchun ushbu datchiklar kо‘proq qо‘llanishga ega.
Avtomatik boshqarish sistemalarida ishlatiladigan, bevosita boshqaruv obyektlarida о‘rnatiladigan elektr datchiklar parametrik va generatorli datchiklar guruhiga bо‘linadi. Parametrik datchiklar nazorat qilinayotgan har qanday fizik tabiatga ega parametrni elektr zanjirga ulangan rezistor R, induktivlik L yoki sig‘im S qarshiliklaridan birini о‘zgarishiga aylantirib beradi. Odatda bu elementlar chiqishda kuchlanish hosil bо‘ladigan har xil о‘lchov sxemalari

(kо‘prik, potensiometr, logometr)ga ulanadi. Generatorli datchiklar nazorat qilinayotgan parametrni EYUK ga aylantirib beradi.
Parametrik datchiklar uchun ta’minlovchi manba kerak bо‘ladi, generatorli datchiklar uchun esa, u talab etilmaydi. Hozirgi paytda laboratoriyada о‘tkaziladigan tekshiruv ishlarida, ishlab chiqarishdagi avtomatik qurilmalarda bir- biridan ishlatilishi, konstruksiyasi va ish prinsipi bilan farqlanadigan turli-tuman datchiklar ishlatiladi.
Eng kо‘p tarqalgan parametrik datchiklar:

  1. reostatli (rezistorli) – bularda nazorat qilinayotgan parametr (masalan siljish) aktiv qarshilik о‘zgarishiga aylantiriladi;

  2. termoqarshilik datchiklari (qarshilik termometrlari) - harorat о‘zgarishini elektr о‘tkazgich (sim) yoki yarim о‘tkazgich qarshiligining о‘zgarishiga aylantirib beradi;

v) tenzometrik (simli) datchiklar – mexanik deformatsiyani sim yoki yarim о‘tkazgich qarshiligining о‘zgarishiga aylantiradi;
g) induktiv datchiklarning ish prinsipi pо‘lat yakor siljiganda simli g‘altakning induktiv qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan;
d) sig‘im datchiklarining ish prinsipi siljishlar sodir bо‘lganda reostat sig‘imining о‘zgarishiga asoslagagn;
ye) fotoelektrik (fotorezistor) datchiklarning ish prinsipi yorug‘lik oqimi ta’sirida ularning elektr о‘tkazuvchanligining keskin о‘zgarishiga asoslangan.
Kо‘p qо‘llanishga ega bо‘lgan generatorli datchiklar:

  1. termoelektrik datchiklar (termojuft). Bularning ish prinsipi о‘lchanayotgan parametr (harorat) о‘zgarganda, termojuft zanjirida hosil bо‘ladigan termoelektrik effektga asoslangan;

  2. induksion datchiklar – chiziqli yoki burchak siljishlarini EYUK ga aylantirib beradi;

v) pyezoelektrik datchiklar ish prinsipi ba’zi bir kristallar (kvars, segnet tuzi) ning mexanik bosim ta’sirida kutblanish hodisasiga asoslangan.
Datchiklarning asosiy kо‘rsatkichlari bu: statik tavsif, sezgirlik, xatolik, inersionlik, vaqt doimiysi va b.q. dir.

Kirish signali х
ning о‘zgarishi bilan chiqish signali у
ning о‘zgarishi



о‘rtasidagi funksional bog‘lanish ( у =f х ) datchikning statik tavsifi deb ataladi.



Chiqish signali у
о‘zgarishini kirish signali х
о‘zgarishiga nisbati datchikning



sezgirligi S deb ataladi, ya’ni
S y .
x

Datchikning chiqishida hosil bо‘lgan signal bilan uning nominal qiymati о‘rtasidagi farq datchikning xatosi deb ataladi. Datchiklar yuqori sezuvchanlikka va kichiq xatolikka ega bо‘lishlari kerak.
Quyida avtomatik boshqarish sistemalarida tо‘kimachilik korxonalari texnologik jarayonlari parametrlarini о‘lchashda kо‘plab qо‘llanadigan datchiklarning ba’zi birlarining tuzilishi va ish prinsipi bilan tanishamiz.
Avtomatik rostlash tizimining muhim va asosiy funksional elementlaridan biri о‘zgartgich bо‘lmish-datchikdir. Datchikning xizmat burchi-ART nazorat yoki rostlanuv qiymatini rostlash uchun qulay bо‘lgan navbatdagi elementga ta’sir etuvchi qiymatga aylantirishdan iborat.

Download 101.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling