Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar


Potensiometrik datchiklar ishlash tamoillari


Download 101.05 Kb.
bet4/4
Sana02.04.2023
Hajmi101.05 Kb.
#1321423
1   2   3   4
Bog'liq
Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar.

Potensiometrik datchiklar ishlash tamoillari.


Potensiometrik datchiklarning afzalliklari – konstruksiyasi sodda, olingan signalni kuchaytirishga xojat yо‘qligi; kamchiligi – suriladigan elektrik kontakt mavjudligi.

Potensiometrik datchiklar mexanikaviy siljishlarni elektr kattaliklariga aylantirib berishi uchun xizmat qiladi. Datchikning asosiy qismi reostat bо‘lib, uning qarshiligi surgich siljishida о‘zgaradi.

2 - rasm . Potensiometrik datchikning ulanish sxemasi.


Manbaning kuchlanishi U reostatning barcha chо‘lg‘amlari qо‘zg‘almas uchlari orqali beriladi. Chiqish kattaligi surgichning siljishiga proparsional bо‘lib, u reostatning bir qо‘zg‘almas uchi bilan surgich orqali olinadi. Bunday sxema elektrotexnikada potensiometrik yoki kuchlanishni bо‘lish sxemasi deyiladi.
Agar datchik barcha chulg‘amlarining qarshiligi R, chiqish kuchlanishi olinayotgan qismini qarshiligi Rchiq bilan belgilasak, u xolda reostat ikki qarshiligi Rchiq va (R- Rchiq) ketma-ket ulangan deb xisoblash mumkin.

Reostat chо‘lg‘amidan о‘tayotgan tok kuchi:
I W , bо‘lsa u xolda manba
R

kuchlanishi quydagicha taqsimlanadi: W=I Rchiq +I(R- Rchiq).
Agar reostat qarshiligi uning uzunligi l boyicha teks taqsimlansa, xamda surgichni siljitish X bilan belgilanadi,
Wchiq =I*Rchiq =Wx/l
Shunday qilib, datchikning chiqish siginali surgichning siljishiga proparsional bо‘ladi.
Potensiometrik datchiklarda mexanik harakat unga proporsional bо‘lgan о‘zgaruvchi kuchlanishga aylanadi. Potensiometr yuritgichi mexanik ravishda elektr qarshiligi R ni о‘zgartiruvchi detal bilan bog‘langan.

k
3-rasmda potensiometrik datchiklarning prinsipial sxemalari qо‘rsatilgan, unda tо‘g‘ri chiziqli harakat (a) va xalqa (b) kо‘rinishida harakat qiluvchi potensiometrlar keltirilgan. Datchikning chiqish qismidagi kuchlanish (3 a-rasm) quyidagilar bilan ifodalanadi:

U =-
Unk
( 1)

ch
1 
(1  k )

bunda Up- elektr manbai kuchlanishi,



k = x - potensiometr yurgichining nisbiy siljishi,
l
l- potensiometrning umumiy uzunligi, x- potensiometr yurgichi uzunligi,
  Rн - yuklama koeffitsiyenti,
R
Rn- yuklama qarshiligi,
R- yuklamaning tо‘liq qarshiligi.

3-rasm. Aktiv qarshilik datchiklari: a-tо‘g‘ri karkasli potensiometrik; b-a dagidek, faqat xalqa karkasli; v-statik tavsif; g-simli tenzometrik.


3 v- rasmda potensiometrning statik tavsiflari, ya’ni uning chiqish qismidagi kuchlanishning potensiometr surgichi uzunligiga bog‘liqligi [Ur=f(x)] berilgan. Agar potensiometr yuklanmagan (salt ishlov rejimi), ya’ni Rn → ∞ bо‘lsa, statik tavsif tо‘g‘ri chiziqli (grafik1) va tenglama (1) Ur= kUp kо‘rinishida bо‘ladi. Yuklangan potensiometrda tо‘g‘ri chiziqli о‘zgarish egri chiziqli (grafik 2) ga aylanadi, Rn qanchalik kichik qiymat olsa, egri chiziqli shuncha keng tus oladi.


Potensiometrik datchiklar afzalliklari quyidagilardan iborat: konstruksiyasi sodda, о‘lchamlari kichik; kamchiliklari: sirpanish kontakti borligi, statik tavsifning nochiziqliligi (kichik qiymatli Rn da).
Download 101.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling