Mili Teks Sirdaryo


Download 69 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2023
Hajmi69 Kb.
#1279134
  1   2   3   4
Bog'liq
mili teks


Guliston davlat universiteti va “Mili Teks Sirdaryo” MCHJ o‘rtasida kadrlar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, ta’lim-fan va ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, universitet professor-o‘qituvchilarining stajirovkasi, talaba, magistr hamda doktorantlarning amaliyotini tashkil etish bo‘yicha


Sh A R T N O M A № ___________

Guliston sh. “26” avgust 2022 yil.


Guliston davlat universiteti nomidan, Nizom asosida ish yurituvchi, universitet rektori, professor Muhsin Tadjievich Xodjiev bir tomondan, “Mili Teks Sirdaryo” MCHJ raxbari _____________________ ikkinchi tomondan, tomonlar o‘rtasidagi ushbu o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qarori ijrosini tashkil etish, kadrlar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, ta’lim-fan va ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, universitet professor-o‘qituvchilarining stajirovkasi, talaba, magistr hamda doktorantlarning amaliyotini tashkil etish maqsadida 2022 yil “26” avgustdan 2025 yil “26” avgustgacha bo‘lgan muddatga tuzildi.


1. Shartnomaning mazmuni

Ushbu shartnoma asosida GulDUning Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) ta’lim yo‘nalishi “Mili Teks Sirdaryo” MCHJ viloyatning iqtisodiyot, uzluksiz ta’lim, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va boshqa sohalari va tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, zarur ixtisosliklar bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik faoliyatini olib boradi.




2. Tomonlarning majburiyatlari va javobgarliklari


2.1. “Mili Teks Sirdaryo” MCHJ



  • Kadrlar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, ta’lim-fan va ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, universitet professor-o‘qituvchilarining stajirovkasi, talabalar, magistr hamda doktorantlarning amaliyotini tashkil etishda Guliston davlat universiteti faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

  • Sirdaryo viloyati, jumladan respublikada yangi barpo etilayotgan, qayta tiklanayotgan, rekonstruktsiya qilinayotgan zamonaviy korxonalar hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya va modernizatsiya qilinayotganligini inobatga olgan holda, yangi kasb va mutaxassisliklarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarni qoplash maqsadida aniq balans hisob-kitoblariga asoslangan GulDUning qabul kvotalarini shakllantirishda ishtirok etish;

  • Universitetga Sirdaryo viloyatining iqtisodiyot sohasi, qishloq xo‘jaligi, uzluksiz ta’lim, qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar va tarmoqlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda, zarur ixtisosliklar bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga har tomonlama yordam berish;

  • Universitetda viloyat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlarida tayyorlanadigan kadrlar sifatini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish maqsadida universitet ta’lim bazasini yanada rivojlantirishga har tomonlama yordam berish;

  • Universitetda tayyorlangan kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisliklari bo‘yicha “Mili Teks Sirdaryo” MCHJ da ishga joylashtirishga ko‘maklashish;

  • Korxona, muassasa va tashkilotning ishlab chiqarish faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishga ilg’or xorijiy texnika va innovatsion texnologiyalarni, jumladan ilg’or boshqaruv usullarini joriy etish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishlarda stajyor, talaba, magistr va doktorantlarning ishtirok etishiga ruxsat berish;

  • Stajyor, talaba, magistr va doktorantlarning amaliyotlarini o‘tash, tadqiqotlar olib borishlariga har tomonlama imkoniyat yaratib berish maqsadida, universitet kafedrasining filiali sifatida xona ajratish;

  • Nizom asosida o‘qituvchini korxonaga stajyor sifatida ichki buyruq asosida qabul qilish va korxonaning etakchi mutaxassislaridan birini stajyorga biriktirish. Korxonadan biriktirilgan mutaxassisning stajyor tomonidan stajirovkasining talab darajasida o‘tilishini nazorat qilish;

  • Nizom asosida stajyorning stajirovkasini o‘tashi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berish. Stajyorning korxona ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati natijalari bilan tanishishi, korxonani qisqa va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish uchun zaruriy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishi uchun statistik va jamlanma iqtisodiy ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • Stajyorning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini yanada oshirishi borasida ko‘rsatmalar berish;

  • Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining amaliy ko‘rinishi sifatida oliy ta’lim muassasasida o‘quv fanlari o‘qitilishining amaliy tavsifini oshirishga yo‘naltirilgan va o‘z ichiga o‘quv, o‘quv-ilmiy va shuningdek ilmiy-tadqiqot ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qamrab olgan maxsus hisobot (malakaviy ish) tayyorlash va shu kabilar borasida zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berish;


Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling