Mili Teks Sirdaryo


Stajyor, doktorant, magistr va talabalarning majburiyatlari


Download 69 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi69 Kb.
#1279134
1   2   3   4
Bog'liq
mili teks

2.2. Stajyor, doktorant, magistr va talabalarning majburiyatlari:

  • Stajyor o‘zining mutaxassislik va kasbiy malaka ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda bevosita korxonada funktsional majburiyatlarni bajarish asnosida o‘z kasbiy ko‘nikmalarini oshirib borish;

  • Korxonada ishlab chiqarishga ilg’or texnika va texnologiyalar hamda xorij tajribasini joriy etishning holatini o‘rganish, korxonalarda qisqa va uzoq muddatli istiqbolli rivojlantirish dasturlarining ishlab chiqilganligi va ularning amaliyotga joriy etilishi masalalarini tahlil qilish;

  • O‘ziga berilgan xuquq va vakolatlar doirasida korxonaning kundalik ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatida ishtirok etish;

  • Korxona menejment va marketing, moliyaviy va boshqaruv siyosati, korxonada iqtisodiy tahlil, ichki va tashqi auditning yo‘lga qo‘yilish holatini o‘rganish, taxlil qilish va umumlashtirish asosida korxona ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining amaliy ko‘rinishi sifatida oliy ta’lim muassasasida o‘quv fanlari o‘qitilishining amaliy tavsifini oshirishga yo‘naltirilgan va o‘z ichiga o‘quv, o‘quv-ilmiy va shuningdek ilmiy-tadqiqot ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qamrab olgan maxsus hisobot (malakaviy ish, kurs ishi, loyiha ishi, BMI) tayyorlash;

  • Raqobat muhit sharoitida korxonaning yashovchanligini oshirish, maxsulot tannarxini pasaytirish va o‘z navbatida maxsulot sifatini yaxshilashga erishish borasida takliflar ishlab chiqish va korxona rahbariyatiga taqdim etib borish;

  • Oliy ta’lim muassasasi Kengashiga korxona bilan kadrlar tayyorlash, talabalarning malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish hamda xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish borasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida takliflar berish;

  • Korxona faoliyatiga tegishli ma’lumotlarga tayangan holda, korxonaning etakchi mutaxassislari yordamidan foydalanib malakaviy ish loyihasini tayyorlash;

  • Korxonaning ichki tartib qoidalari, texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi, korxona rahbariyati tomonidan chiqarilgan buyruq va ko‘rsatmalarga qat’iy bo‘ysinish.




Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling