4-amaliy mashg‘ulot
Download 156.13 Kb.
|
4 амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartib
- Ish bo‘yicha hisobotda
- Nazorat savollar
4-amaliy mashg‘ulotMineral o‘g‘it sochgich miqdorlagichini o‘g‘it solish me’yoriga rostlash Ishning maqsad Mineral o‘g‘it sochgich miqdorlagichini rostlash va ishini baholash tartibini o‘rganish. Kerakli jihozlar: Traktorga agregatlangan NRU-0,5 disksimon o‘g‘it sochgich; 20...30 kg donador mineral o‘g‘it; ruletka; o‘g‘it solish uchun idish; tarozi; sekundomer. M ineral o‘g‘itni sepishda asosan NRU-0,5 rusumli disksimon sochgichlardan foydalaniladi. Bu mashina o‘g‘it sochuvchi disk 1 (9-rasm), dastak 2, bunker 3, koromislo 4, krivoship-shatun mexanizmi 5 va reduktor 6 dan tashkil topgan. rasm. NRU-0,5 mineral o‘g‘it sochgichning texnologik ish jarayon 1-sochuvchi disk; 2-dastak; 3-bunker; 4-koromislo; 5-krivoship shatun mexanizmi; 6-reduktor; 7- sochish plankasi O‘g‘it sochuvchi disk traktorning quvvat olish vali yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Sochiladigan o‘g‘it miqdori dastak (2) orqali sochish tirqishi hamda sochish plankasi (7) amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi. Diskka tushgan o‘g‘it uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta’sirida 10-12 m kenglikda er betiga sochiladi. Dalaga chiqarishdan oldin o‘g‘it sochgich birlamchi sozlanib, keyin dalada sinalganidan so‘ng, aniqlik kiritiladi. Sochuvchi diskni gorizontal holatga keltirib qo‘yishga e’tibor berish lozim. Bu holat traktor o‘rnatish qurilmasi yordamida bajariladi. Disk er yuzasiga nisbatan 70 – 75 sm balandlikda o‘rnatilsa, yaxshi natijalarga erishiladi. Topshirig‘ida berilgan bir gektarga sepish rejalashtirilgan miqdordagi o‘g‘itni ta’minlash uchun o‘g‘it sochgichning diskiga bunkerdan bir minutda tushishi lozim bo‘lgan o‘g‘it miqdori aniqlanadi. , kg/min bu erda: - topshiriqda berilgan o‘g‘it sepish me’yori, kg/ga; – mashinining qamrash kengligi, m; - mashinaning xarakat tezligi, km/soat (ilova). Keyin esa, tajriba o‘tkazilib, o‘g‘it sochgichning ushbu sozlanishida bir minutda bunkerdan to‘kiladigan o‘g‘it miqdori q topiladi va bilan solishtiriladi. Keyin esa, tajriba o‘tkazilib, o‘g‘it sochgichning ushbu sozlanishida bir minutda bunkerdan to‘kiladigan o‘g‘it miqdori q topiladi va bilan solishtiriladi. q ni aniqlash uchun o‘g‘it sochuvchi disklar yoki ularni harakatga keltiradigan zanjir echib qo‘yiladi. Traktorning quvvat olish vali (QOV) normal tezlikda bir minut davomida aylantirilib, to‘xtatiladi. Disklar tagiga qo‘yilgan idishga tushgan o‘g‘it miqdori q tarozida tortilib aniqlanadi. Agar q bilan orasidagi farq ±10% dan ortiq bo‘lsa, sozlash takrorlanadi. Ishni bajarish tartibTalabalar guruhlarga bo‘linib, ularga berilgan o‘g‘it sepish me’yori ning turli miqdorlari uchun lohida variantlar bo‘yicha miqdorlagichning bir minutdagi ish unumi ni aniqlash va rostlash ishini bajarish topshiriladi. Laboratoriya ishi qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish uchun tayyorlangan NRU-0,5 bilan jihozlangan agregat oldida o‘tkaziladi. Uning quyidagi ko‘rsatgichlar agregat tarkibi , qamrov kengligi m , traktorni texnologiq tezliklarga mos keladigan tezligi km/soat yozib olinadi. Toshiriqqa asosan o‘g‘it sochgichning diskiga bunkerdan bir minutda tushishi lozim bo‘lgan o‘g‘it miqdori topiladi. O‘g‘it sochkichning diskiga bunkerdan bir minutda tushgan o‘g‘it miqdori aniqlanadi va talab etilayotgan me’yor bilan taqqoslanadi. Olingan natijalarga ko‘ra hulosa beriladi. Ish bo‘yicha hisobotda:Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlarga asosan 9-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda o‘g‘it miqdorlagich ko‘rinishi chiziladi hamda bajarilgan hisoblar va olingan ma’lumotlarga ko‘ra xulosa beriladi. Nazorat savollarQanday maqsadda o‘g‘it sochgichning ishchi qamrov kengligini bilish kerak? Bir gektar maydonga sepiladigan o‘g‘it miqdori mashinaning qanday ko‘rsatkichlariga bog‘liq? Bunker tubidagi to‘kish darchasiga o‘g‘it uzluksiz tushib turishi qanday ta’minlanadi? O‘g‘it sochgichning ishchi qamrov kengligi qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi? Download 156.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling