Mashinalarni hisoblash va konstruksiyalash asoslari fanidan 1-oraliq nazorat ishi
Download 24.67 Kb.
|
MASHINALARNI HISOBLASH VA KONSTRUKSIYALASH ASOSLARI fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Injenerlik taxlili to’g’risida ma’lumot
MASHINALARNI HISOBLASH VA KONSTRUKSIYALASH ASOSLARI fanidan 1-oraliq nazorat ishi uchun tayanch so’z va iboralar Variant № 3 1.Injenerlik taxlili to’g’risida ma’lumot 2. Mashinalarni konstruksiyalashning iqtisodiy asoslari 3. Ko’p variantli loyihalash metodlari 4.Mashinalarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar 5.Injenerlik taxlil metodikasi nimalardan iborat? 1.Injenerlik taxlili to’g’risida ma’lumot Injenerlik loyihalash to’g’risida tushuncha. Injenerlik loyihalash vazifasi, bosqichlari. Injenerlik loyihalashda ijod usullari Reja: 2.1.Injenerlik loyihalash vazifasi, bosqichlari 2.2.Injenerlik loyihalashda ijod usullari 2.3.Ijodkorlikni tekshirish va aniqlash vazifalari, bosqichlari. Injener loyixa-lashda ijod qilishi Kalit so’zlar: ijodkorlik, injener, inversiya, ijodkorlik analogiyasi Ushbu fanning vazifasi kelajak injener - magistrlarga bakalavr jarayonida matematika, nazariy mexaniqa, metallar texnologiyasi, mexanizm va mashinalar nazariyasi, mashina detallari va boshqa fanlardan to’plagan bilimlarini injenerlik faoliyatiga tadbiq qilishni o’rgatishdir. Jamiyatimizni qulay sharoitda yashashi va rivojlanishi uchun injener magistrlar bugungi kunda quyidagi muammolarni yechishlari talab qilinadi: chiroyli, arzon to’qimachilik materiallarni ishlab chiqish uchun texnika va texnologiyalarni, yer yuzidagi mavjud bo’layotgan ocharchilikni kamaytirish uchun yuqori unimdor ozik-ovqat tayyorlovchi ixcham texnikani, borgan sari kamayib ketayotgan ichimlik suvini ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarni, ekologiyaga zid bo’lmagan transport vositalarini, aloqa va axborot tizimlarini yaratish va x.k. Injenerlik loyixalash vazifasini quydagicha tariflash mumkin: “Texnik topshiriq bo’yicha optimal texnika yoki texnalogiyani ishlab chiqarishdir”. Injenerlik loyixalash quydagi bosqichlardan iborat. 1. Ijodkorlik 2. Injenerlik taxlil 2. Xulosa qilish jarayoni Ijodkorlikning ta’rifi. Injenerni texnik topshiriqni bajarish uchun yangi foydali fikr tavsiya qilish qobiliyati ijodkorlik deyiladi. Ijodkorlikni aniqroq ta’riflasak, bu: a) yangi va noyob fikr tavsiya qilinishi; b) foydali va qimmatbaho fikr bo’lishi; v) bu fikr texnika va texnologiyani sodda va ko’rkam bo’lishini ta’minlashi kerak. Ijodkorlik usullari. Bakalavriat va magistraturada to’plangan bilimlar natijasida talabalarda ruxiy inersiya xolati sodir bo’ladi. Masalan, avtomobilni g’ildiraksiz tasavvur qilaolmaymiz, suv deganda faqat suyuqlik ko’z oldimizga keladi. Ijodkorlik jarayoniga ruxiy inersiya injenerga salbiy va ijobiy ta’sir qilish mumkin. Ma’lumki bizdagi ruxiy inersiya bo’yicha vaqt faqat bir tomonga o’zgarmas tezlik bilan xarakat qiladi. Eynshteynning nisbiy nazariyasi bo’yicha esa vaqtning xarakati tezlikka bog’langan. Ruxiy inersiyaning ijodkorlikka ta’sirini yong’oq chaqishni avtomatlashtirish masalasida taxlil qilamiz. Yong’oqni chaqish, arralash. kesish usullari salbiy natijalarga olib keladi, chunki mag’izlar yong’oq po’sti bilan aralashib ketar edi. Bizdagi ruxiy inersiya ta’sirida yong’oqni faqat tashqi tomonidan ochishga xarakat qilib keldik. Endi ruxiy inersiyani yengib chiqib yong’oq ichiga kirib qo’limiz bilan yong’oq devorini ikki tomonga sursak yong’oq po’sti ikki tomonga ajraladi, mag’izi esa joyida qoladi. Bunday ijodkorlik usulini inversiya deyiladi. Inversiya. Yangi fikrlar tavsiya qilish uchun ruxiy inersiyadan voz kechish zarur. Masalan, avtobus bekatidan uyga biz piyoda kelamiz. Buning o’rniga metroning eskolatoriga o’xshagan yo’l bo’lsa, biz avtobusdan ushbu yo’lga tushib piyoda yurmasdan uyga yetib kelishimiz mumkin. Bunday hodisani inversiya-almashtirish deb ataladi. Ijodkorlikda inversiyaning ijobiy ta’siri katta axamiyatga ega. Yuqorida keltirilgan yong’oqning mag’zini po’stiga aralashtirmasdan avtomatik ravishda chaqib olish jarayonida inversiya usuli yordamidan foydalanib, ya’ni yong’oq ichiga kirib, avtomat yaratilgan. Yong’oqlar parmalanadi va yong’oq ichiga siqilgan havo beriladi. Natijada yong’oq parchalanadi va uning po’stlari ikki tomonga uchib ketadi, mag’izi esa konveyrlar lentasida qoladi va kerakli joyga yetkaziladi. Ijodkorlikni anologiya - o’xshashlik usuli. Ijodkorlikda analogiya usuli ko’p tarqalgan. Qadimgi zamonda odamzod daraxtdan tushgan mevalar daraxtdan uzoq masofaga dumalab ketishlarini, tog’dan dumalab tushgan toshlarni va x.k.larni kuzatib g’ildirak yaratishgan. Shamol ta’siridan foydalanib tegirmonlar, dengiz kemalari yaratilgan. Qushlarning uchishiga o’xshash samalyotlar, baliqlarni suzishlariga o’xshash suv osti kemalari va x.k. mexanizm va mashinalar yaratilgan va yaratilmoqda. Ijodkorlikda anologiya usullarini badiy adabiyotlardan ham olish mumkin. Masalan Layli va Majnun asaridagi oynai jaxonga bugungi televizorlar o’xshashdir. Trikotaj matolarni to’qish usullari o’rgimchaklar uyasini yasalishiga o’xshash. Ijodkorlikda empatiya usuli. Birorta yjodkor o’zini boshqa inson o’rniga qo’yib, uning xayotidagi tashvishlarni sezsa, bunday hodisa empatiya deb aytiladi. Empatiya usulidan foydalanilgnda injener o’zini mexanizm, mashina, detal o’rniga qo’yishi mumkin, masalan, yong’oq misolida injener o’zini mag’iz deb faraz qilsa, u qorong’i yong’oq ichidan chiqish uchun yong’oq devorini buzishi kerak bo’ladi. Robotni yaratish uchun injener o’zini robotning o’rniga qo’ysa yangi foydali fikirlar sodir bo’ladi. Ijodkorlikda fantaziya usuli. Inson o’z xohishini tasavvur qilishini fantaziya deb ataladi. Masalan, Myunxauzen balchiqdan chiqish uchun sochlarini yuqoriga tortgan. Oyga yerdan yuklarni jo’natish uchun oygacha sim tortsak yuklar o’zidan o’zlari oy tomonga xarakat qiladilar. Hozir tez erib ketayotgan tog’lardagi muzlamalarni issiq o’tkazmaydagin material bilan o’rab chiqsak ularning erishini to’xtatish mumkin. Inson uchib yurish uchun antimaterialdan tayyorlangan kamar taqib yurishi kerak. Ijodkorlikda fantaziyadan ijobiy foydalanish imkonlari mavjud. Texnik topshiriqni bajarish uchun bir necha yo’nalishlar belgilanadi va bir nechta yechimlar (kombinasiyalar) muntazam tekshirilib boriladi. Masalan, trikotaj to’quvchi sexni isitish uchun issiqlik manbai va uni tarqatuvchi usul talab qilinadi. Ijodkor isitish usulini aniqlash maqsadida quyidagi javoblarni tuzadi. 2.1-jadval Trikotaj sexini isitish uchun ijodiy variantni aniqlash Energiya manbai yoki turi Energiyaning uzatish manbasi xavo Suv Toshlar Elektr simlari Fishtlar Nurlar Gaz + Elektr + Neft Ko’mir Yadroli yonilg’i Geotermal energiya Quyosh energiyasi Biologik manba energiyasi O’tin Jadvalning har bir katagi mumkin bo’lgan kombinasiyani ifodalaydi, masalan, energiya manbai - gaz, energiyani issiqlik sifatida uzatuvchi vosita - issiq suv va h.k. Injenerlik loyixa bajaruvchini (magistrni) ijodkorligini tekshirish uchun quyidagi texnik topshiriq bajariladi. Trikotaj mashina ignadoning titrashi to’qilayotgan mato sifatiga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun ignadoning titrashi kamaytirilsin yoki yo’qotilsin degan vazifa turadi. Jarayonni quyidagicha izoxlash mumkin. Anvar: masalani aniqlash uchun savolim bor. Ignani titrashi ximoyalanmaganmi? O’qituvchi: Ignadonning tanasiga 4-ta titrashdan ximoyalovchi prujinalar o’rnatilgan. Birinchi fikr. Ruxiy inersiyaga axamiyat bering! Sardor: balki qattiqroq va bikirroq prujinalar o’rnatilsachi? Masalani ifodalashga urinish. Bekzod: titrashni sababi vertikal yoki gorizontal silkishlarmi? O’qituvchi: fikrimcha, gorizontal silkishlar, chunki vertikal bo’yicha prujinalar mu’tadil xarakatda. Masalani ifodalash. Bekzod: demak, prujinalar vertikal silkishlarni (tebranishlarni) yo’qotish uchun o’rnatilgan. Biz gorizontal tebranishlarni yo’qotish usularini aniqlashimiz lozim. Ikknnchi fikr. Ruxiy inersiyaga axamiyat bering! Sardor: gorizontal prujinalar o’rnatilishi kerak! Inversiya usuli qo’llanib ijodkor fikr tavsiya qilmoqda. Sardorning yana qo’shimcha gorizontal prujinalar o’rnatilsin degan ruxiy inersiya taklifi bartaraf qilinmoqda! Anvar: vertikal va gorizontal prujinalarni keragi yo’q. Mavjud prujinalar burchak ostida ignadon tanasiga o’rnatilishi kerak bo’ladi. Analogiya: Botir: ma’lumki, turbina o’qlari suv ichida aylanadi, shuning uchun turbina tebranmaydi. Ignadonga shu usulni qo’llash mumkinmi? Fantaziya: taklif to’g’ri, ammo amalda bajarilishi mumkin bo’lmaydi. Sobir: Botir to’g’ri fikrlamoqda. Agarda ignadonni suyuqlik yoki siqilgan havo ichiga o’rnatsak har qanday tebranishlar yo’qoladi. Ijodkorlikning barcha usullarini qo’llab magistrantlar bir necha fikrlar bildirdilar, bulardan ijodiy fikrni tanlab, ifodalangan masalani yechishga kiramiz. Bu ijodiy fikr, ijodiy usul, ijodiy sxema bo’lib texnik topshiriqni yuqori darajada bajarilishiga mo’ljallangan. Injenerlik taxlili to’g’risida ma’lumot va taxlil qilish metodikasi. Injenerlik taxlil injenerlik loyixalashning ikkinchi bosqichi bo’lib ijodkorlik bosqichida texnik topshiriqqa binoan ifodalangan masalani asosiy fizik qonunlari bo’yicha matematik apparati orqali to’g’ri yechimini aniqlashdir. Injenerlik taxlil jarayoni tanlab olingan usul asosida amalga oshiriladi. 2.1-rasmda injenerlik taxlil jarayoning sxemasi keltirilgan. 2.1-rasm. Analitik modeltenglamalar Tajriba modeli Fizik printsiplarni qo’llash Natijalarni to’plash Xisobotlar Tekshirishlar Optimallash - qo’llash Baholash va umumlashtirish Natijalar va tavsiyalar Masalani ifodalash Modelni tuzish. Masalani ifodalash murakkab va muxim ish. 1-chi ijodkorlik bosqichda biz masalani umumiy ifodasini fikran belgilab olamiz. Endi esa bu masalani aniq, raqamlar orqali yechiladigan ifodasini topishimiz lozim. Masalan, trikotaj mashinaning ish unumdorligini oshirmoq uchun ipning tezligini va ignadonning ignalar soninni oshirish kerak bo’ladi degan misollarning ifodasi umumiy, no aniq qabul qilingan. Injenerlik taxlilda ipning tezligi 20% ga ko’paysa trikotaj mashinaning ish unimdorligi qanchaga oshadi degan masala yechilishi kerak. Texnik topshiriq masalasining modelini tuzish va farazlarni belilash. Ifodalangan masalani modelini tuzish injenirlik taxlil jarayonining muxim va murakkab qadamlaridan biri deb xisoblanadi. Buning uchun masalaning fizik manosini aniq bilish kerak. Trikotaj mashinasini ish unumdorligini oshirish muammosi texnik topshiriqda belgilansin. Ijodkorlik izlanishidan malum bo’lishicha mashinaning ish unumdorligiga ipning chiziqli tezligi, ignadonning xarakat tezligi va ignalar soni asosan tasir qiladilar deb faraz qilaylik. Unda texnik topshiriqda belgilangan masalani analitik modelini quyidagicha yozish mumkin. Download 24.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling