4-amaliy mashg`ulot
Download 119 Kb.
|
SMENAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism.
4-amaliy mashg`ulot Mavzu: Dasturlash texnologiyasi va algoritm. Yuqori va Quyi darajali dasturlash tillari va ularning turlari. Delphi, C++, Visual Basic dasturlarida sodda masalalar bilan ishlash. Turli xil ommabop dasturlash tillari (JavaScript, Java, Python, Ruby, PHP, C#) bilan tanishish. Autoplay dasturida ishlash. Flash dasturida elektron qo‘llanmalarni yaratish Maqsad: Yuqori va Quyi darajali dasturlash tillari va ularning turlari haqida tushuncha berish. Delphi, C++, Visual Basic dasturlarida sodda masalalar bilan ishlash, Autoplay dasturida ishlash, Flash dasturida elektron qo‘llanmalarni yaratish ko‘nikmasini hosil qilish. Nazariy qism. Dasturlash tillari paydo bo`lishidan oldin dasturlar mashina kodlarida (mashina kodi - protsessor tomonidan bajariladigan xotiradagi instruksiyalar ketma-ketligidir) tuzilar edi. Katta-katta dasturlarni tuzishda juda ko`p vaqt talab qilinar, ularni xatolarini tuzatish juda qiyin, modifikatsiyalash esa ko`p hollarda ilojsiz edi. Shularni hisobga olib, inson uchun tushinarli bo`lgan dasturlash tillarini tashkil qilish muammosi paydo bo`ldi. Dasturlash tillari inson uchun tushinarli bo`lgan dasturlarni tuzish imkonini beradi. Bunday dasturlarning matnini mashinalarlarda bajarish uchun, ularni mashina kodiga aylantirish zarur. Buning uchun traslyator deb ataluvchi maxsus dasturlardan foydalaniladi. Traslyatorlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi: interpretator va kompilyator. Interpretator - dasturning har bir operatorini oraliq kodga tarjima qilib, mashina kodiga aylantiradi va uni bajarishga kirishadi. Kompilyator - dastur matnini to`laligicha mashina kodiga aylantirib, uni bajarishga kirishadi. Birinchi dasturlash tili - assembler bo`lib, bu til past pog‘onadagi til turiga kiradi. Dasturning har bir qatori-bitta mashina komandasiga mos tushadi. Assembler tilida katta-katta dasturlarni yozish juda qiyin, shuning uchun keyinchalik yuqori pog‘onadagi dasturlar yaratildi. Bularga Beysik, Pascal, Fortran, Ci va hakozolar kiradi. Pascal - 1969 yilda Syurix texnika universiteti professori N.Virt tomonidan yozilgan bo`lib, talabalarga dasturlar tuzishni o`rgatishga mo`ljallangan.
Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling