4-Amaliy mashg’ulot. Yo`L qurilishda shartnoma munosobatlari, tender va tanlov savdolari talabgorga qo`yiladigan malaka talablari


Yo`l qurilishda tanlov savdolari va ularni o`tkazish tartibi


Download 199.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi199.73 Kb.
#1528388
1   2
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot (6) (2)

 
Yo`l qurilishda tanlov savdolari va ularni o`tkazish tartibi. 
TANLOV SAVDOLARINI O`TKAZISHGA TAYYORGARLIK 
Tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov savdolari to`g`risida ommaviy axborot vositalarida 
e’lon beradi yoki potensial pudratchilarga (etkazib beruvchilarga) tanlov savdolarida qatnashishga 
taklifnoma jo`natadi. 
Tanlov savdolari o`tkazilishi to`g`risidagi e’londa yoki tanlov savdolarida qatnashishga 
taklifnomada quyidagi ma’lumotlar bo`lishi kerak: 
tanlov savdolari tashkilotchisining nomi va manzili; 
tanlov savdolari predmetini mablag` bilan ta’minlash manbalari; 
tanlov savdolari predmetining tavsifi va uni sotish joyi; 
tanlov savdolari predmetini sotish muddati
talabgorlarga qo`yiladigan asosiy shartlar; 
tanlov hujjatlarini sotib olish joyi va uning uchun to`lov miqdori; 
ofertalarni taqdim etish joyi, oxirgi kuni va vaqti
ofertalarni ochish joyi, kuni va vaqti. 
Tanlov savdolari va /yoki talabgorning malakasini oldindan aniqlash 
to`g`risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida chop etiladi. Buyurtmachining 
qaroriga ko`ra xorijiy pudratchilar (etkazib beruvchilar) tanlov savdolarida 
qatnashishga taklif etilishi mumkin. Bunda mamlakatimizning tovar ishlab 
chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilari, xizmatlar ko`rsatuvchilari) uchun qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan narx preferensiyalari shuningdek qonunchilikka 
muvofiq kichik biznes sub’ektlari uchun ajratiladigan kvotalar miqdorlari 
to`g`risidagi ma’lumotlar mavjud bo`lgan e’lon, qoidaga ko`ra, eng ommaviy davriy 
nashrlarda, gazetalarda, web-caytda va /yoki BMTning Development Business 
nashrida, shuningdek xorijiy mamlakatlarning elchixonalari orqali taklifnomalar 
jo`natish vositasida amalga oshiriladi. (O`zR VM 01.04.2011 y. 100-son Qarori 
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
Ofertalarni taqdim etish muddati e’lon ommaviy axborot vositalarida berilgan 
kundan boshlab kamida o`ttiz kunni yoki taklifnomalar jo`natilgan kundan boshlab 
o`ttiz besh kunni tashkil etishi kerak. (O`zR VM 28.11.2008 y. 261-son Qarori 
tahriridagi band) 
Meliorasiya ob’ektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari ob’ektlari uchun 
ofertalarni taqdim etishning eng qisqa muddati ommaviy axborot vositalarida e’lon 
berilgan kundan boshlab 15 kunni yoki taklifnomalar jo`natilgan kundan boshlab 20 
kunni tashkil etadi. (O`zR VM 28.11.2008 y. 261-son Qarori tahriridagi xatboshi) 
Tanlov savdolari o`tkazilishi to`g`risidagi e’lon faqat tanlov hujjatlariga 
ijobiy ekspert xulosasi mavjud bo`lgan taqdirdagina chop etilishi mumkin. 

Download 199.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling