4-Amaliy mashg’uloti. Mavzu: Yigirish havo tozalash tizimidan chiqadigan chiqindi miqdorini aniqlash. Topshiriq


Download 151.94 Kb.
bet1/5
Sana25.02.2023
Hajmi151.94 Kb.
#1230125
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Amaliy mashg\'ulot


4-Amaliy mashg’uloti.
Mavzu: Yigirish havo tozalash tizimidan chiqadigan chiqindi miqdorini aniqlash.
Topshiriq.
1. Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib chiqilsin.
2. Chang tozalash sistemalari daftarga chizilsin.
TTA laridan ajralgan changli havoni tozalash maqsadida avvallari katta hajmli chang erto‘lasi va minoralar qurilgan. Erto‘laga to‘plangan changli havo tarkibidagi chang va momiqlar havodan og‘ir bo‘lganligi sababli pastga cho‘kgan, tozalangan havo esa minora orqali atmosferaga chiqarilgan.
Bu usulning quyidagi kamchiliklari mavjud: katta maydonni egallaydi, sexda harorat va namlik bir me’yorda bo‘lmaydi, erto‘lani tozalash inson salomatligi va ekologiya uchun xavfli.


    1. chang erto‘lasi b) bir barabanli filtr 1.1-rasm. Changli havoni tozalash

1 - ventilyator, 2 - chang erto‘lasi, 3 - havo kanali, 4 - to‘rli baraban,
5 – ajratuvchi valik.
Engli filtrlarni ko‘llash
Yigirish texnologiyasi tarraqqiyotining navbatdagi bosqichida changli havoni tozalash uchun filtrlardan foydalanildi. Dastlab engli filtrlar, so‘ngra barabanli filtrlar yordamida changli havoni tozalash bir bosqichda amalga oshirildi. Keyinchalik ular kombinatsiyalashtirilib ikki bosqichli tozallash usullari ishlatila boshlandi.
Filtrlar alohida xonaga quriladi, havoni sexga chiqarishdan oldin namlash-ventilyasiya kameralaridan o‘tkaziladi. Bu esa titish-tozalash sexining gigienik sharoitlarini yaxshilaydi. Tezyurar kondensorlar va to‘rli barabanlardan changli havo ajraladi. Bitta ventilyator bir soatda
2,5-3,0 ming metr kubdan 5,0 ming kubgacha havoni ajratadi. Titish-tozalash sexida 1 soatda bir necha 10-100 ming m3 changlangan havo ajraladi.


1.2-rasm. Yengli filtr
1 - englar; 2, 3 - englar mahkamlangan qutilar; 4 - chang to‘planadigan qop

Download 151.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling