4 argentina
) “I’M NOT TELLING”-Amerika
Download 178.11 Kb.
|
img003
5) “I’M NOT TELLING”-Amerika Qo‘shrna Shtatlari kompozitor-sozanda ijrochisi A.Klipple “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri tarkibidagi nay. qonun, qashqar rubobi, ud, doyra va “Adam Klippie triosi” (sintezator, bas gitara va urma zarbli cholg‘ular) uchun bastalagan. Asar Lotin Amerika xalqlarining milliy ohanglariga asoslangan va A.Klipple tomonidan ushbu minlaqa an’analariga xos uslubda, zamonaviy talqin etish uchun moslangan. Ushbu asami kompozitor M.Otajonov fortepiano, qonun, ud, g‘ijjak va doyra cholg‘ulariga moslab, o‘zgacha ijro etish uchun qayta ishladi. Fortepiano cholg‘usining mohir ijrochisi M.Otajonov asarning o‘zbek xalq cholg‘ulari va fortepiano bilan uyg^unligini la'minlash maqsadida hamda A.Klipplening triosi bilan hamohang yangrashi uchun yangicha uslub yaratdi. Asar ijrosida qonun, ud, g‘ijjak, fortepiano va doyra cholg‘ularining har biriga alohida polifonik uslubda talqin berib o‘zini namoyon etishiga imkoniyatlar yaratib beradi. Ansambl ijrosidagi polifonik uslub, o‘zbekona ijodiy bellashuvni yoki “musobaqa” jarayonini eslatadi. Ijro vaqtida sozandadan doimo diqqat bilan yondoshuv, mahorat hamda ijrochidagi texnikaviy uyg‘unlikning saqlanishi talab etiladi.
M.Otajonov ansamblda ishtirok etgan cholg‘ulaming professional ijro mahoratlarini namoyish etishlari uchun barcha ijroviy uslublardan foydalanadi. U ud va qonun cholg‘usining keng passajlarda ijro etish imkonini. gh’jjakning turli uslubda (pitsikato, akkordlar va h. k.) o‘zini namoyon eta olishini nazaridan qochirmagan. Ushbu uslublami ijrochilar aniq va ravon ijro etishlari talab qilinadi. Ushbu darslikda kiritilgan musiqa asarlaridan foydalanuvchi ijrochilar ansambllari tarkibidan kelib chiqqan holda berilgan asarlami o‘zlari uchun moslashtirishlari mumkin. Darslikka kiritilgan har bir musiqiy asar turli jihatli jamoaviy ijrolar uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy jarayonda musiqiy qamrovning kengligi kelajak avlod uchun ma’naviy ozuqa sifatida xizmat qilib, dunyoqarashining ulg'ayishiga ko‘maklashadi. Har qanday asami yangicha uslubda jonlantirish, unga zamonaviy shakl va tus berish asaming ikkinchi hayotiga sabab bo'ladi, zamonaviy yoshlarga yangicha ko‘z qarashlar bilan dunyoni anglashga turtki bo‘ladi. Ansambl ijrochiligi- jamoaviy ijrodir. Uning sir-asrori jamoaning har bir cholg‘usi va sozandasidir. Ulaming uyg‘unligida esa dunyo go‘zalligi mavj urishi muqarrardir. 36 I I I I
Download 178.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling