4 argentina


Download 178.11 Kb.
bet8/9
Sana20.12.2022
Hajmi178.11 Kb.
#1040098
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
img003

Bas kaliti — kichik oktava fa notasi nota yo’lining to’rtinchi chizig’ida joylashishini bildiruvchi (kalit) belgi.
Bosqich — lad tovushlarining tartib belgisi. Rim raqamlari bilan belgilanadi.
Bir tonliklardan tuzilgan gamma — butun tonlardan tuzilgan olti bosqichli gamma: do — re — mi — fa# — lyab — cub - do. Bu ladda barcha uchtovushliklar orttirilgan uchtovushliklardir.
Besh bosqichli lad — qarang: pentatonika.
Bekar— e’tiroz, diyez yoki bemol belgisining harakatini bekor qiluvchi belgi.
Bemol () — tovushni yarim tonga pasaytiruvchi belgi.
Variatsiyalar — o’z asosida qo’shiq yoki raqs xarakteridagi mavzuni aks ettirgan cholg’u musiqa asari. Mavzuning ko’p marta o’zgarishlar va murakkablashishlar bilan qaytarilishi kuzatiladi.
Vokal musiqasi — kuylashga mo’ljallangan musiqa. Qo’shiq, romans, ariyalar. xor asarlari vokal musiqa sirasiga kiradi. Operada vokal musiqasi yetakchi o'ringa ega.
Volta — musiqa asari biron parchasining boshqasi bilan yakunlanishini bildiradi. I, 2 belgilari bilan ko’rsatiladi.
Gamma —joylashishi boyicha yuqoriga va pastga tomon tonikadan oktavaga qadar takrorlanadigan lad tovushlari.
Garmonik interval — tovushlari birdaniga ijro etilgan interval.
Garmonik major — VI bosqichi yarim ton pasaytirilgan major.
Garmonik minor - VII bosqichi yarim ton ko'tarilgan minor.
Garmonik majorning xarakterli intervallari garmonik majorda VI bosqich pasaytirilishi natijasida paydo bo’ladigan orttirilgan va kamaytirilgan intcrvallar.
Garmonik minorning xarakterli intervallari — garmonik minorda VII bosqich ko’tarilishi natijasida paydo bo’ladigan orttirilgan va kamaytirilgan intervallar.
Garmoniya— 1. Musiqaning ifoda vositalaridan biri. Bu musiqa asari asosiy kuyiga hamrohlik qilib boradigan akkordlar ketma-ketligidir. 2. Akkordlar va va ularning aloqasi haqidagi fan.

Download 178.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling