4. Domna pechi
Download 35.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqDomna jarayoni
Domna jarayoni. Domna sexining ish jarayonini tashkil etish Reja: 1. Kirish 2. Domna jarayonlari 3. Domna ishlab chiqarishi 4. Domna pechiRudalardan temir olish uning oksidlarini uglerod (II) oksid va ko'mir (koks) bilan qaytarishga asoslangan. Bunda toza temir emas, uning ko'mir va boshqa qo'shimchalar (kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor) bilan qotishmasi olinadi. Bu qotishma с ho ‘yan deyiladi. Cho'yan domna pech/arida suyuqlantirib olinadi. Bu hajmi 5000 m3 va balandligi 80 m gacha boigan, ichki tomoniga o'tga chidamli g'isht qoplangan va tashqi poiat giloff(mustahkam boiishi uchun) bor murakkab inshootdir. Domnaning yuqorigi yarmi shaxta, yuqorigi teshigi — koloshnik, eng keng qismi — raspar, pastki qismi — gorn deyiladi. Boshlangich materiallar: shixta — tarkibida temir oksidi, shuningdek, koks, fluslar (suyuqlantirgichlar) bor ruda. Koks issiqlik manbayi boiib xizmat qiladi, shuningdek undan qaytaruvchi — uglerod (II) oksid olish uchun foydalaniladi. Fluslar bekorchi jinsni oson suyuqlanadigan birikmalarga — shlaklarga aylantiradi. Domnaga koloshnik orqali boshlangich materiallar (navbatlashib keladigan qatlamlar holida) solinadi. Ko'mirning yonishi va zaruriy temperaturani saqlab turish uchun gorndagi maxsus teshik orqali kislorodga boyitilgan havo puflanadi. Gornning yuqorigi, temperatura 1850°C ga yetadigan qismida koks 600— 800°C gacha qizdirilgan, puflanadigan havo oqimida shiddat bilan yonadi: c+o2=co Uglerod (IV) oksid koks cho‘g‘i orqali o ‘tib, uglerod (II) oksidga aylanadi: C 0 2+C=2C0 Uglerod (II) oksid asta-sekin rudani qaytaradi. 450—500°C temperaturada temir (III) oksid F e,0 dan temir (II, III) oksid Fe20 4 hosil bo‘ladi: 3Fe О + CO=2Fe О +CO, 2 3 2 4 2 600°C da Fe20 4 temir (II) oksidga qadar qaytariladi: Fe30 4+C0=3Fe0+C02 taxminan 700°C temperaturada esa temir (II) oksid erkin metallga qadar qaytariladi: Fe0+C0=Fe+C02 Yuqori temperaturalarda temir oksidlarining qaytarilishida uglerod (II) oksid bilan birga ko‘mir (koks) dan ham foydalaniladi: Kalsiy oksid bekorchi jinsdagi moddalar bilan reaksiyaga kirishib, slilak — asosan kalsiy silikatlari va alumosilikatlarini hosil qiladi. Suyuq cho‘yan bilan shlak gornga oqib tushadi, bunda shlak yengil bo‘lganligi sababli cho‘yanning ustida to ‘planadi va uni kislorodning ta ’siridan saqlaydi. C ho‘yan bilan shlak turli balandlikda joylashgan teshiklar orqali chiqarib olinadi. Domnadan chiqayotgan gaz koloshnik gazi yoki domna gazi deyiladi. Uning tarkibida 30% gacha uglerod (II) oksid, azot, uglerod (IV) oksid bo‘ladi va maxsus inshootlarni — domnaning havo qizdirgichlarini (kauperlarni) qizdirish uchun foydalaniladi; domnaga beriladigan havo kauperlarda 600—800°C gacha qiziydi. Download 35.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling