4. Domna pechi
Download 35.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqDomna jarayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Domna ishlab chiqarishi - metallurgiya korxonalarining domna sexlarida (yoki alohida domnali zavodlarda) choʻyan ishlab chiqarish. Hora metallurgiya i. ch. siklining asosiy boʻgʻini. D. i. ch. asosi — domna pechi. Domna pechi mahsulotlari asosan (82—84%) qayta ishlanuvchi choʻyanlardan iborat. Bunday choʻyanlar bessemer, tomas konvertorlarida (qarang Bessemer jarayoni, Tomas jarayoni) va marten penila qayta ishlanib, poʻlatga aylantiriladi. Quyma choʻyanlar domna choʻyanlarining taxminan 16% ini tashkil qiladi. Ularni qayta eritib, quymalar olinadi. Domna pechidan chiqadigan toshqol (shlak) va domna gazi ham sa-noatda ishlatiladi. Toshqoldan sement, beton, oʻgʻit va kurilish sanoatida ishlatiladigan kuymalar olishda foydalaniladi.
D. i. ch.da xomashyo sifatida temir rudasi, yoqilgʻi va flyuslar ishlatiladi. Ruda sifatida kizil, qoʻngʻir, magnit hamda shpat temir toshlari qoʻllaniladi. Maxsus choʻyanlar olish uchun tabi-iylegirlangan temir va marganets rudalaridan ham foydalaniladi. Eri-tishdan oldin rudalar boyitiladi (foydali minerallar zararli qoʻshim-chalardan tozalanadi). Yoqilgʻi sifatida koks, flyus sifatida, asosan, ohaktosh, dolomit va marten pechidan chikadigan toshqollar ishlatiladi. Domna pechi koloshnik orqali shixta (pechga tashlanadigan materiallar — koks, aglomerat va b.) bilan toʻldiriladi. Shixta avval ruda maydonidagi uralarga yoki vagonlarda toʻgʻri bunkerlar estakadasiga keltiriladi. Koks va aglomerat (yiriklashtirilgan ruda) tas-mali transportyorlar yordamida koks batareyasi yoki aglomerat fabrikasidan ham keltirilishi mumkin. Shixta aravacha-bunkerlardan avval tarozi-vagonlarga, soʻngra skiplar (oʻz-oʻzidan boʻshaydigan aravachalar) ga solinadi. Ikki skip chigir (lebyodka) yordamida koʻprikdan koʻtarilib, shixtani yuklash qurilmasiga toʻkadi. Shixta taqsimlovchi moslamaga tushib, kichik konusni ochadi va to'quvchi moslamaga, soʻngra katta konusni ochib, pechning ichiga tushadi. Har bir shixta solinganidan soʻng taqsimlovchi moslama kichik konus bilan birga 60° buriladi, natijada shixta tekis solinadi. Havo rekuperatorlaraa 800—1160° gacha qizdirilib, maxsus nasoslar yordamida taqsimlash quvuri va furmalar orqali pechga yuboriladi. Rekuperatorlarning soni pechning katta-kichikligiga qarab toʻrttagacha, furmalar esa 20 tagacha boʻladi. Domna gazi quvurlar orqali gaz tozalash kurilmalariga kelib tozalanadi. Domnaga berilgan havo furma atrofida uglerod bilan birikib, karbonat angidrid (SO2) hosil qiladi. Domna gazlarining temperaturasi 1900° gacha koʻtariladi. SO2 yuqori temperaturada qisman uglerod (II)-oksid (SO) ga aylanadi. Issiklikning shixtaga sarflanishi va reaksiya natijasida domna gazlarining temperaturasi pasayib, koloshnikda 200—360° atrofida boʻladi. 570° dan past temperaturada temir oksidlaridan ajralgan kislorod SO bilan birikib, SO2 ga aylanadi. temperatura oshganda (750—900°) temir kisloroddan juda tez ajralib, sof temir (Fe) va SO hosil boʻladi. Bu reaksiyalar ortiqcha uglerod taʼsirida utgani uchun qaytarilgan temir uglerod bilan birikib, toza temirga qaraganda pastroq temperaturada suyuklanadigan choʻyan hosil boʻladi (toza temir 1539° da suyuklanadi). Choʻyan va shlak domna pechi gorniga yigʻilib, vaqt-vaqti bilan teshikdan chiqariladi. Shixta materiallari (ruda va koks) da boshqa aralashmalar ham boʻlgani uchun kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor va b. chuyan tarkibiga utadi. Ulardan baʼzilari (kremniy, marganets) foydali, baʼzilari (oltingugurt, fosfor) zararli hisoblanadi. Domna jarayoni ulchov asboblari yordamida kuzatib boriladi. Olinadigan chuyan turi va asboblarning kursatishiga qarab shixta tarkibi, havo temperaturasi va miqdori oʻzgartirib turiladi. Domna pechining tuzilishi va ish jarayoni Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxtali pech bo‘lib, o‘rtacha hajmi 2000-3000 m3 ni tashkil etadi. Domna pechining ichki devori shamot g‘ishtidan terilib (7.1-rasm), sirtidan 15-20 mm li po‘lat list bilan qoplanadi. Bu qoplama pechning g'ilofi (1) deyiladi. Domna pechining ustki qismi koloshnik (2) deb ataladi. Koloshnikka shixta materiallarini domnaga ma’lum miqdorda, bir tekisda yuklash qurilmasi o‘matilgan. 116 7.1-rasm. Domna pechL Domna ishlayotganda ajralayotgan gazlar, uning koloshnik qismiga o‘matilgan truba (3) orqaii gaz tozalash qurilmasiga o‘tadi. Gaz tozalangach, maxsus quvurlar orqali havo qizdirgich (4) ga yuboriladi. Pechning koloshnik qismi tagidagi pastga tomon kengayib boradigan kesik konusli eng katta qismi shaxta (5) deb ataladi. Bu qism o‘z navbatida silindrik shaklli qism bilan tutashgan bo‘lib, u raspar (6) deyiladi. Raspar kesik konusli qism bilan tutashgan bo‘lib, bu qism zaplechik (7) deb ataladi. Bu qism o‘z navbatida silindrik shaklli qism bilan tutashgan. O'txona tubi leshchad deyiladi, u grafit g‘ishtli bloklar yoki yuqori sifatli shamot g‘ishtlaridan ishlanadi. Pech metall halqali taglik plitaga, taglik esa beton poydevorga o‘matilgan boiib, temir ustunlarda turadi. Domna pechining asosiy mahsuloti cho'yandir. Lekin cho‘yan olishda u bilan birga shlak, domna gazi va koloshnik changi ham ajraladi, shu boisdan ular ham domna pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho‘yanlar kimyoviy tarkibi va ishlatilish joylariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar qattiq va mo‘rtdir. Sababi shuki, bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi yoki ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe3C) holatida, qolgani grafit tarzida bo‘ladi. Quyma cho‘yan!ar. Bu cho‘yanlarda uglerodning ko‘p qismi erkin holatda, ya’ni grafit tarzida bo‘fadi. Quyma cho‘yanlaming boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligi shundaki, ular yuqori oquvchanlik, qotganda hajmning kam kirishishi, suyuqlanish temperaturasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi kabi xossalarga ega. Maxsus cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar tarkibidagi doimiy mavjud element Si, Mn laming miqdori odatdagi cho‘yanlamikiga nisbatan ko‘p boiadi. Shuni qayd etish kerakki, cho‘yanlaming asosiy stmkturasidan tashqari tarkibidagi grafitning qanday shaklda boiishiga qarab ular kulrang, juda puxta va bolg‘alanuvchan cho‘yanlarga ham ajratiladi. Kulrang cho‘yanlardan juda puxta cho‘yanlar olish maqsadida suyuq holatdagi cho‘yanga oz miqdorda Mg, yoki boshqa elementlar qo‘shiladi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yanlar quymalari maxsus rejimda yumshatiladi. Domna shlagi. Shlakdan shlak paxtasi, gisht, sement, shlak bloklari va boshqa materiallar olishda foydalaniladi. Domna gazi. 0 ‘rtacha bir tonna cho‘yan olinganda 3000 m3 hajmgacha domna gazi ajraladi. Bu gaz tarkibida 26-32 % CO, 2-4 % H2, 0,2-0,4 % CH4, 8-10 % C 02 va 56-63 % N2 boiadi. Domna gazining tarkibidagi ko‘pgina yonuvchi gazlar tozalangach, ulardan havo qizdirgichlarda, bug‘ qozonlarida va boshqa joylarda yoqilgi sifatida keng foydalaniladi. Koloshnik changi. Koloshnik changi tarkibida 40-50 % gacha temir boiadi. Domna gazlari maxsus gaz tozalash qurilmalaridan o'tkazilib, yigilgan chang Domna gazi. Domna pechlarida cho‘yan ishlab chiqarishda ajraluvchi gaz boiib, metallurgiya korxonalarida u sof holda yoki koks gazi bilan aralashtirilib ishlatiladi. Domna pechiKo‘p asrlar davomida odamlar temirga ishlov berishda qadimiy va sodda uskuna - loydan yasalgan pechlardan foydalanib kelishgan. Yer sirtida hali-beri oson eriydigan temir rudalari mavjud ekan, bu usul temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlarini to‘la qanoatlantirar edi. Biroq, o‘rta asrlarga kelib, odamzot yer sirtidagi oson eriydigan temir konlarini o‘zlashtirib, deyarli tamomlab bo‘ldi. qolaversa, metallarga, ayniqsa temirga bo‘lgan talab borgan sari ortib bordi. Metallurgiyada asosan qiyin o‘zlashtiriladigan va eriydigan temir rudalaridan foydalanishga to‘g‘ri kela boshladi. Bunday rudalardan temir ajratib olish uchun oddiy temirchilik pechlarida hosil qilinishi mumkin bo‘lgan haroratdan ancha balandroq harorat talab qilingan. Ya'ni, bunday rudalar uchun erish harorat ancha yuqori bo‘lishi zarur edi. o‘sha vaqtlarda haroratni oshirishni faqat ikki xil usulini bilishar edi: 1) Pech balandligini orttirish orqali; 2) havo haydashni ko‘paytirish orqali. Temirchi ustalar asta sekinlik bilan mazkur ikki usulni birlashtirib, ancha yuqori haroratlarga erishish va bu orqali, temirni yangicha qayta ishlash imkonini beruvchi pechlarni ixtiro qildilar. Bunday pechlar metallurgiya tarixida "shtukofen" pechi nomi bilan ancha mashhur bo‘lgan. Shu tarzda, XIII-asrga kelib, oddiy loydan yasalgan temir eritish pechidan ko‘ra ancha mukammalroq bo‘lgan shtukofen deb nomlanadigan pechlar paydo bo‘ldi. Shtukofen pechlari domna pechlarining dastlabki ajdodlari bo‘lib, bunday pechlarning ilk namunalari, temir rudasiga boy Shtiriya o‘lkasida, keyinchalik esa Chexiyada paydo bo‘lgan. Shtukofen pechlarida, aytib o‘tganimizdek, qiyin eriydigan rudalardan nisbatan osonlik bilan temir ajratib olinar edi. Shtukofen shaxtasi o‘zaro tutashtirilgan ikkita kesik konus shaklida bo‘lib, uning yuqori, ochiq qismidan ko‘mir va ruda tashlangan. Shtukofen devorlarida ikkita tuynuk bo‘lib, ulardan biridan bosqon yordamida pech ichkarisiga havo purkalgan, ikkinchisidan esa erigan temir bo‘laklarini chiqarib olish mumkin bo‘lgan. Shtukofen pechlarida shaxtaning yopiqligi hisobiga, issiqlik yanada mukammalroq yig‘ilib, pech balandligining (3-5 metr) hisobiga erish jarayoni nisbatan bir maromda kechgan. Bu jarayonda rudadan foydali metallarni ajratib olish samaradorligi ancha oshgan. Temirni eritish bilan shug‘ullanuvchilarning muddaolaridan qat'iy nazar, shtukofenlardagi erish jarayonida rudadan temirning birdaniga uch turi hosil bo‘lar edi: cho‘yan, yumshoq (bolg‘alanadigan) temir va po‘lat. Ma'lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, metallurgiyada cho‘yan va po‘lat deb, kimyoviy temir moddasining uglerod bilan aralashmalari nazarda tutilib aytiladi. Ular orasidagi farq, temirga birikkan uglerod miqdorida bo‘lib, yumshoq (payvandlash) temirda uglerod miqdori 0.04% dan ko‘p bo‘lmaydi. Po‘latda - 1.7% gacha uglerod birikkan bo‘ladi, agar temir massada 1.7% dan ko‘proq uglerod birikkan bo‘lsa, bunday metall - cho‘yan deb yuritiladi. Uglerod miqdori shunday kichik miqdorlarda o‘zgarishiga qaramay, o‘zining xossalariga ko‘ra temir, po‘lat va cho‘yan keskin farq qiladi: oddiy temir nisbatan yumshoq metall bo‘lib, unga bolg‘alash, charxlash va boshqalarda nisbatan oson ishlov berish mumkin; po‘lat esa ancha qattiq metall - u keskirlik va mustahkamlik xossalarini juda yaxshi saqlaydi. Cho‘yan esa - qattiq bo‘lishiga qaramay, ancha mo‘rt metall bo‘lib, unga ishlov berish juda mushkul. Uglerod miqdori temirning boshqa xossalariga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, u temir tarkibida qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha oson eriydi. Sof temir - ancha qiyin eriydigan metall, cho‘yan esa nisbatan past haroratlarda ham eriy boshlaydi. Shtukofenlarga qaytsak. Ularning afzalliklarini yuqorida sanab o‘tdik. Biroq bunday pechlarning kamchiliklari ham yetarlicha edi. Undan har qanday rudani ham eritish mumkin bo‘lmagan. Qiyin eriydigan rudalarning ba'zilariga ulardagi issiqlik miqdori yetarli bo‘lmas, yoki kuchliroq havo oqimi purkash talab etilar edi. Ko‘pincha, doimiy havo purkab turish uchun odam muskul kuchlari yetarli bo‘lmay qolardi. Bosqonlarni doimiy ishlatib turish uchun kuchliroq mexanizmlar talab etilardi. Temirchilar buning yo‘lini topishdi: ular suv tegirmonidagi maxsus konstruksiya tayyorlab, bosqonni suv charxpalagining aylanishi orqali harakatga keladigan qilib qo‘yishdi. Bu o‘ziga xos muhandislik yondoshuvi bo‘lib, pechlarda asta-sekin inson qo‘l kuchi mehnatidan, texnika yordamiga o‘tilishi boshlandi. Charxpalak validan tishli uzatmalar chiqarib, ularning har bir aylanishidan bosqon ochilib-yopilib, pech ichkarisiga havo purkagan. Ilg‘or temirchi ustalarning shtukofenlarida ikkitadan bosqon navbatma-navbat ishlar edi. Gidravlik dvigatel (ya'ni charxpalak) va qo‘shbosqonli shtukofen pechlarining paydo bo‘lishini tarixchilar XIV asr oxirlariga taalluqli deb hisoblaydilar. Chunki, XV asrga kelib, ko‘plab metall eritish ustaxonalari, odatiy joylari - rudaga yaqin yerlardan, daryolar sohiliga ko‘chib o‘ta boshlashdi. Buning sababi esa o‘sha gidrodvigatel - charxpalakda edi. Bir so‘z bilan aytganda shtukofen pechlarining ixtiro qilinishi va ularga havo purkovchi bosqonlarning gidrodvigatellar bilan jihozlanishi, texnika taraqqiyotida olg‘a tashlangan katta qadam bo‘libgina qolmay, balki cho‘yan va po‘latning kashf qilinishi bilan ham o‘ta ahamiyatli edi. Ayniqsa, bosqonni mexanizatsiyalashning ahamiyati kutilganidan ham ziyoda bo‘lib chiqdi. havo purkashning bir maromda va kuchliroq oqim bilan bajarilishi tufayli, pech ichida shunday yuqori harorat yuzaga keldiki, endilikda rudadagi foydali metall, toshqol qotishmalar paydo bo‘lishidan avvalroq erib ajralib chiqar edi. Dastlab, nisbatan pastroq haroratda, temir uglerod bilan birikkan holda erib chiqqan, ya'ni, pechda endilikda birdaniga cho‘yan hosil bo‘la boshlagan. Avvaliga bunday xossa o‘zgarishi, o‘rta asr metallurglarining hafsalasini pir qilib yuborgan. Chunki, yuqorida aytganimizdek cho‘yan - ancha mo‘rt metall edi. Qotgan cho‘yan, temirga tegishli tabiiy xossalarining baridan mosuvo bo‘lib, unga ishlov berishning iloji bo‘lmagan: u kavsharlanmagan, undan na ish qurollari va na ixcham va o‘tkir jang qurollari tayyorlay olishmagan. Shu tufayli cho‘yan uzoq vaqtlargacha ishlab chiqarishdagi yaroqsiz holga kelgan hom ashyo sifatida qaralgan va metall erituvchilar unga nisbatan xuddi dushman kabi munosabat bo‘lishgan. Lekin uni endi nima qilsa bo‘ladi? Qiyin eriydigan rudalarni eritishda uning aksariyat qismi, oxir-oqibatda cho‘yanga aylanib chiqardi. Shuncha metallni chiqitga tashlab yuborib bo‘lmaydiku?! Metall erituvchi ustalar, cho‘yanni avvaliga yana qaytadan, pechga yangi tashlanayotgan rudalarga qo‘shib, keyinchalik faqat o‘zini qayta eritishni sinab ko‘rishdi. Bunda, agar havo oqimini kuchaytirilsa, ustalarning hayratiga sabab bo‘lib, qayta erigan cho‘yan, pech o‘chog‘ida yanada tezroq erib, qayta tabiiy temirga aylanib qola boshladi. Bunday usulda eritib olingan temir esa, o‘z xossalariga ko‘ra, rudani to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritishdan olinadigan temirdan ancha afzal bo‘lib chiqdi. Cho‘yanning erishi uchun ancha past harorat ham yetarli bo‘lganligidan, undan qayta temir ajratib olish uchun, rudaning o‘zidan temir eritib olishga nisbatan, yanada kamroq yoqilg‘i va vaqt sarflanadi. Shu yo‘sinda, XV-asr metallurgiya ustalari, avvaliga beixtiyor, keyin esa, butunlay ongli ravishda ajoyib kashfiyot - metallni qayta ishlash jarayonini amalga oshira boshlashdi. Bu usul keyingi, XVI-asrdayoq keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi. Bunga sabab esa, shtukofen pechlaridan ham ko‘ra mukammalroq bo‘lgan - domna pechlarining keng tarqalishi edi. Cho‘yandan quyma mahsulotlar tayyorlash, shtukofen pechlarining tuzilishiga biroz o‘zgartirish kiritishni talab qila boshladi. Natijada, shtukofenlarning bir oz o‘zgartirilgan turi - blaufenlar paydo bo‘ladi. Blaufenlarning o‘ziga xosligi, shunda ediki, ularning o‘txonasidan pech ichiga havo haydab turilar edi. Undan tashqari blaufen pechlarining balandligi ham 5-6 metr atrofida bo‘lib, unda ancha yuqori haroratga erishish va eritish jarayonini uzluksiz olib borish mumkin edi. Blaufenlarda hosil bo‘lgan yuqori harorat evaziga, rudadan birdaniga ham temir, ham cho‘yan eritib chiqqan. Tez orada, metallurg ustalarda temirni ajratib olish jarayonini ikki bosqichga ajratish fikri paydo bo‘ldi. Ya'ni, bir pechda uzluksiz cho‘yan eritish, ikkinchisida esa, cho‘yanni temirga aylantirish yo‘lga qo‘yildi. Bu jarayonda pechni ishga tayyorlash uchun 4-5 soat, erigan temirni ajratib olish uchun esa 3 soat atrofida vaqt sarflangan. Ikki bosqichli ruda eritish usuli yo‘lga qo‘yilgach, blaufen pechlarini ham shu usulga moslab takomillashtirildi. Endilikda ular, faqat cho‘yan eritishga mo‘ljallangan yangicha turdagi pechlar - domna pechlariga aylana boshladi. Bu orqali esa, qayta quyish jarayoni, sifatli temir olish uchun eng yaxshi usul uzil-kesil tan olindi. ikki bosqichli temir eritib olish usuli, asta sekinlik bilan, ham blaufen, ham shtukofen pechlarida ruda eritish usulini siqib chiqara boshladi. Endilikda rudadan avvaliga cho‘yan, cho‘yanni qayta eritib esa - temir olish eng samarali usul sifatida tan olindi. Birinchi bosqich (ya'ni rudadan cho‘yan eritib olish usuli) domen, ikkinchisi esa, temirni ajratib olish ("bo‘lak"ni olish) deb nomlana boshlandi. Domnalarning eng qadimiy namunalari Zigerlandda (Vestfalliya) XV asrning ikkinchi qismida paydo bo‘lgan. ularning konstruksiyasi blaufenlardan uchta asosiy jihati bilan farq qilar edi: 1) shaxtaning balandligi juda balandligi; 2) Kuchli havo haydash apparati; 3) Shaxtaning yuqori qismining katta hajmi. Domna pechlarida haroratning nihoyatda yuqori darajalariga osonroq erishish va ruda eritish jarayonini nisbatan bir maromda va zaruriy darajada nazorat qilish imkoniyati mavjud edi. Avvaliga domnalarni to‘rtala tarafi yopiq holatda qurishgan. Lekin, keyinroq pechning bir tarafini ochiq qoldirib, o‘choq qismini ham kengaytirib ishlashgan. 4-5 metr balandlikka ega bo‘lgan bunday domna pechi, kuniga 1600 kg gacha cho‘yan eritish imkonini bergan. Eng asosiysi esa, bir bosqichli pechlardan, ikki bosqichli - domen usulida ruda eritishga o‘tish, mehnat unumdorligini bir necha barobar oshirishga xizmat qilgan. Bu orqali esa, metallga nisbatan oshgan talab, to‘liq qondirila boshladi. biroq, metallurgiya tez orada boshqa bir muammoga duch keldi. Temirni rudadan ajratib olish, katta miqdordagi yoqilg‘i sarfini talab qilardi. Bir necha o‘n yilliklar davomida Yevropa bo‘ylab ko‘plab daraxtlar kesib yuborildi va natijada minglab gektar o‘rmonlar yo‘q bo‘lib ketdi. Ba'zi davlatlarda bunga qarshi maxsus qonunlar joriy etilib, o‘rmon kesish uchun taqiqlar joriy etildi. Bu borada ancha qiyin vaziyatga orol mamlakat - Angliya tushdi. Bu mamlakatda pistako‘mir zahiralari ancha oz bo‘lib, yoqilg‘i yetishmovchiligi tufayli, zaruriy temir hom ashyosini chet eldan import qilishga majbur bo‘lardi. 1619-yilda Dodley ruda eritish uchun toshko‘mirdan foydalanib ko‘rdi. Biroq, toshko‘mir tarkibiga kiruvchi oltingugurt birikmalari, temirni eritib olishda xalaqit berar edi. Toshko‘mirni oltingugurt birikmalaridan tozalashni faqat 1735-yilga kelib, Derbi, oltingugurtni so‘ndirilmagan ohakka yutilishi kashf qilgach o‘zlashtirildi. Shu tarzda, rudadan temir ajratib olish uchun yangi yoqilg‘i - koks ixtiro qilindi. Xulosa: Domna pechining tuzilishi va ish jarayoni Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxtali pech bo‘lib, o‘rtacha hajmi 2000-3000 m3 ni tashkil etadi. Domna pechining ichki devori shamot g‘ishtidan terilib (7.1-rasm), sirtidan 15-20 mm li po‘lat list bilan qoplanadi. Bu qoplama pechning g'ilofi (1) deyiladi. Domna pechining ustki qismi koloshnik (2) deb ataladi. Koloshnikka shixta materiallarini domnaga ma’lum miqdorda, bir tekisda yuklash qurilmasi o‘matilgan. 116 7.1-rasm. Domna pechL Domna ishlayotganda ajralayotgan gazlar, uning koloshnik qismiga o‘matilgan truba (3) orqaii gaz tozalash qurilmasiga o‘tadi. Gaz tozalangach, maxsus quvurlar orqali havo qizdirgich (4) ga yuboriladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Orbita.uz Fayllar.org Malumotlar.ru Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi. Download 35.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling