4. Хулоса. Фойдаланилган адабийотлар
Relslarning vazifasi va tasnifi
Download 0.57 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Relslar tasnifi.
- Relslarning geometrik parametrlari
Relslarning vazifasi va tasnifi
Relslarning vazifasi - harakatlanuvchi tarkib g'ildiraklarini yo'naltirish, g'ildirakdan tushadigan dinamik yuklanishni bevosita va elastik holatda qabul qilish va uni bir tekisda rels osti asosga taqsimlash, avtoblokirovka uchastkalarida signal toklari, hamda elektr tortuvli uchastkalarda teskari tortish toki uchun elektr zanjiri rolini ijro etadi. Relslarga qo'yiladigan talablar. Relslar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak: - evilishga chidamli; -charchashga nisbatan chidamli; -mo'rt sinishga nisbatan yuqori qarshilikka ega;yaxshi payvandlanadigan; - poʻlati yuqori darajada toza; - yaxshi ishlov beriluvchan; - harorat kuchlanishlari past:- geometriyasi aniq va to'g'ri chiziqli: xizmat ko'rsatish muddati uzoq. Relslar tasnifi. GOST R 51685-2000 boʻyicha temir yo'l relslari quyidagicha tasniflanadi: - tiplari bo'yicha: R50, R65, R65K (yo'l egri uchastkalarining tashqi izlariuchun) va R75;-sifat kategoriyalari bo'yicha: V - yuqori sifatli termomustahkamlanganrelslar, T-1 va T-2 birinchi va ikkinchi sifat kategoriyasiga ega termomustahkamlangan relslar, N-termomustahkamlanmagan relslar;bolt teshiklari mavjudligi bo'yicha, ikkala uchida teshikli va teshiksiz. poʻlatni eritish usuli bo'yicha: M - marten po'lati; K - konverter po'lati: E-elektr po'lati;-prokat uchun oldindan tayyorlangan relslarning ko'rinishi bo'yicha: quymalardan yoki uzluksiz usulda quyilgan oldindan tayyorlangan relslar bo'yicha (UQZ);flokenga qarshi ishlov berish usuliga ko'ra: vakuumlashtirilgan po'latdan prokatlangan, nazorat qilinuvchi sovitishdan o'tgan, izotermik toblanishdan o'tgan. Misol: tipi R65, kategoriyasi TI, po'latining rusumi M76T, uzunligi 25m, ikkala uchida uchtadan teshigi bo'lgan relsning belgisi R65-T1- M76T 25-3/2 GOST R51685-2000. -Rels tipi qiymati R harfidan keyin yaxlitlanib ko'rsatiladigan cunligi Im bo'lgan relsning og'irligi bo'yicha belgilanadi. Relslarning geometrik parametrlari Relslarning profili va o'lchamlari harakatlanuvchi tarkib g'ildiraklari bilan birgalikda ishlashiga bogʻliq boʻladi. Relslarning asosiy tavsiflari 2.1-jadvalda keltirilgan. Rels kallagidagi g'ildirash yuzasi g'ildiraklardan tushadigan yuk eng maqbul darajada uzatilishi uchun qavariq qilib yasaladi. R65, R75 va R50 tipdagi relslar kallagining o'rta qismini radiusi 500 mm, ikki chetining radiusi 80 mm, yon tomon qirralari bilan tutashish joyi radiusi 15 mm ga teng (yangi g'ildiraklar o'rkachlari egriligining radiusiga yaqin) Kallak bo'yincha orqali yuklanishni harakatlanuvchi tarkib g'ildiragidan rels tagiga va undan asosiga uzatadi va rels kallagi hamda tagidan bo'yinchasiga o'tish joyi ayniqsa ravon, bo'yinchasi esa egri chiziqli qilib yasaladi. Rels bosh qismining bunday shakli bo'yinchani kallak va rels tagiga o'tish joyida mahalliy zo'riqishlar konsentratsiyasini kamaytirishga imkon beradi, hamda relslarni ishlab chiqish jarayonida ularni bir maromda sovishini ta'minlaydi. Rels tagining kengligi uning yonlama turg'unligini ta'minlashi kerak. Uzunligi 50m, kelajakda esa 100-150m ga teng relslarni ishlab chiqishga qaror qilingan. Retslarning bunday uzunligi choksiz rels o'ramlarida payvandlangan choklar sonini kamaytirishga, buning natijasida yo'lni ishdan chiqish hollarini ham kamaytirishga imkon beradi. Relslar sifati va relslar uchun materiallar Temir yo'l transporti eng metalltalab soha bo'lib, metall mahsulotining eng yirik iste'molchisidir. Metallning asosiy iste'molchilari bu yo'l va vagon majmualari hisoblanadi (tegishlicha 39 va 30%) Temir yo'l transportida materiallarni istemol qilish strukturasi: I-rels, streikali o'tkazgich va boshqalar, 2- metall emas materiallar. 3-rangli metall: 4-vagon va lokomotivlar uchun po'lat cho yan quymalar, 5-yo'lovchi va yuk vagonlari g'ildiraklari bandaşlar o'qlar, 6-metall prokat Reislar yuqori uglerodli rels po'latidan ishlab chiqiladi: bunday poʻlatlar critib chiqarish usuli - martenli, konvertorli va elektr poʻlatligi bilan farqlanadi. Prokat uchun dastlabki tayyorlash usullariga ko'ra quymalardan yoki uzluksiz usulda quyilgan oldindan tayyorlangan relslar bilan farqlanadi. Ikkinchi usulda relslar sifati yuqoriroq bo'ladi. Rels po'latining sifati uning kimyoviy tarkibi, mikro-hamda makrotuzilmasiga bog'liq. Kimyoviy tarkibi boshqa elementlarni lemir moddasiga foiz hisobida qo'shilganligi bilan tavsiflanadi Reislarni ishlab chiqish texnologiyasi, rusumlashtirish va qabul qilish Hozirgi zamon rels po'lati asosan kislorod puflash usuli yordamida eritib chiqariladi. Jarayon quyidagilarni o'z ichiga oladi: aralashtiruvchi gazni pastdan turib konvertor tagidan uzatish (kombinatsiyalashtirilgan usulda tozalash); - alyuminiyni qo'shmasdan oksidlardan xalos qilish; -vakuumli degazatsiya: - uzluksiz quyish. Ishlab chiqarish jarayonida vodorod va oksidlar miqdorini kamaytirish, bir tekis kimyoviy tarkibini ta'minlash zarur. Suyuq rels poʻlati tegishli kesimga ega kvadrat shaklidagi poʻlat idish- blyumslarga quyiladi. Yuzasi yuqori sifatli, hamda o'lcham qo`yimlari qat'iy belgilangan katta uzunlikka ega relslarni optimal ravishda prokatka qilish uchun. harorat rejimiga aniq rioya qilish zarur. Sovitilgan relslarni (Pussen firmasi 120m uzunlikkacha ishlab chiqaradi) rolikli tuzatuvchi mashinada tuzatish natijasida (rixtovka) kesimlarining yuzasida va tag qismida minimal ichki qoldiq kuchlanishlar hosil bo'ladi. Tuzatishdan so'ng rels avtomatik ravishda o'tkaziladigan texnik nazoratga yuboriladi.
Nazorat jarayonida quyidagilar tekshiriladi: -ultratovushli defektoskopiya uyurma toklar yordamida rels yuzasini tekshirish; vertikal va gorizontal tekisligini tekshirish;profili to'g'riligini baholash. Relslar prokatka holatida yetkazib beriladi (xomligicha), ya'ni tabiiy mustahkamligi bilan (qo'shimcha termoishlov berilmasdan). Xususiyatlarini yaxshilash maqsadida perlitli po'latdan ishlangan relslarga qo'shimcha termoishlov berilishi mumkin. Хулоса. Belgilanishdagi "T1" ularning issiqlik bilan mustahkamlanganligini (ya'ni, ular haddan tashqari harorat bilan ishlanganligini) bildiradi, ya'ni ular yuqori quvvatga ega va eng og'ir yuklarga barqaror bardosh bera oladi. "65" raqami - bunday mahsulotning 1 chiziqli metrining taxminiy og'irligi (yuqoridagi jadvalda biz aniq og'irligi 64,72 kg ekanligini ko'rsatdik).Oson o'rnatish va muammosiz kombinatsiya taqdim etiladi. Chunki seriyaning o'lchovli xususiyatlari "klassik" bilan to'liq mos keladi. Shunday qilib, masalan, T1 ning yuqori qismining balandligi va kengligi mos ravishda 45 va 75 mm. Radiuslar va qiyaliklar ham diagrammalarda keltirilganlar bilan bir xil. Shuning uchun issiqlik bilan mustahkamlangan mahsulotlar nafaqat maxsus, balki temir yo'l liniyalariga ham o'rnatilishi mumkin umumiy maqsad, shu jumladan kirish yo'llari va asosiy yo'llar. Ularni yotqizish yanada qulayroqdir, chunki ular ikkita versiyada taklif etiladi - har biri 12,5 va 25 m.To'g'ri tanlov kengaytirilgan temir yo'l liniyasini qurishda sezilarli miqdorni tejash imkonini beradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling