Uchinchi bosqichda fikr-mulohazalar tinglanadi.
To‘rtinchi bosqich. Fikr-mulohazalar tahlil qilinadi.
Аniq va maqbul yechim tanlab olinadi:
Kishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchaning shakli sanalgan so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari – so‘z (ibora ham), grammatik shakl va so‘z birikmalari.
nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
gap nisbiy tugal fikr anglatadi;
gap grammatik shakllangan bo‘ladi;
tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo‘ladi;
axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi.
Nutqda gaplar turli-tuman: 1 Shavkat kitobni o‘qidi. 2 Ortadi sevinchim. 3 Farg‘ona, go‘zalsan. Shuning uchun ularning qoliplari ham turli-tuman bo‘lishi tabiiy.
Gаp turlаri kesim vаzifаsidа turgаn bo`lаkning kengаyishi аsоsidа belgilаnаdi.
O‘qituvchi muammoning yechimlari asosida mavzu bo‘yicha shakllangan nazariy asoslarni quyidagicha umumlashtiradi:
- Kesim har doim mustaqil so‘z va kesimlik shakllaridan iborat bo‘lganligi bois, uni shartli ravishda «atov birligi+kesimlik qo‘shimchasi» yoki [WPm] (W-inglizcha word, Pm esa predikat va marker so‘zlarining bosh harflari) shartli belgisi bilan belgilaymiz. [WPm] sodda gaplarning eng umumiy belgisi bo‘lib, u aksariyat sodda gapda voqelanadi. Boshqa gap bo‘laklarining birortasi gapda bo‘lmasligi mumkin, lekin kesimning bo‘lmasligi mumkin emas. Lisoniy sathda [WPm] bir necha oraliq ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi.
-Ega gap kesimini shakllantiruvchi (Pm) – kesimlik kategoriyasida mujassamlashgan shaxs-son (Sh) ma’nosini muayyanlashtiruvchi gap kengaytiruvchisi: Elchibek asta o‘rnidan turdi.
-Gаp turlаri gаp lisоniy sintаktik qоlipi [WPm]ning [W] hаmdа [Pm] qismlаrining kengаyishi аsоsidа belgilаnаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |