4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Download 91.81 Kb.
bet30/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

ilmiy (muammoli) seminar – malakali olim yoki mutaxassis rahbarligida olib boriladigan muhokama bo‘lib, unda ko‘p bo‘lmagan qatnashchilar o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar. Ilmiy seminarlar bir marta yoki doimiy o‘tkaziladigan bo‘lishi mumkin. Ular tadqiqot jamoasini birlashtirish uchun muvofiq vosita bo‘lib, uning a’zolari uchun yagona yo‘nalish va qarashlarni shakllantiradi. Qoida bo‘yicha ilmiy seminarlar bitta ilmiy tashkilot yoki o‘quv dargohida o‘tkaziladi, lekin uning majlislariga boshqa tashkilotlarning a’zolari ham taklif qilinishi mumkin. Quyidagilar doimiy amal qiladigan seminarlarning klassik ko‘rinishi bo‘lib, ular fundamental bilimlar yuzasidan tadqiqot olib boradigan ilmiy maktablarda keng tarqalgan:

  • ilmiy konferensiya – ilmiy va amaliy xodimlarning (bunda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi) majlisi. Ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar doimo mavzuli bo‘ladi. Ular bir ilmiy tashkilot yoki ilmiy dar-oh doirasida, hudud, mamlakat darajasida yoki xalqaro miqyosda o‘tadi;

  • ilmiy syezd – mamlakat darajasida butun ilm sohasi namoyandalarining majlisi. Masalan, psixologlarning syezdi. Syezdda maxsus fan uchun dolzarb bo‘lgan yoki hozirgi kundagi eng o‘tkir muammolar muhokama qilinadi;

  • ilmiy kongress – syezdga o‘xshash, faqat xalqaro miqyosda o‘tkaziladi;

  • simpozium – yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, ilmiy xodimlarning maxsus masala (muammo) yuzasidan nisbatan tor doiradagi xalqaro majlisi;

  • yetakchi malaka mualliflik maktablari (ishxonalar, amaliyotlar, treninglar va boshqalar) – olim va mutaxassis-amaliyotchilarning muloqot shakli bo‘lib, yetakchi malaka muallifi maktab qatnashchilariga o‘z tajribasi haqida so‘zlab, uni namoyish qiladi. Yetakchi malaka maktablari, bir tashkilot, korxona, o‘quv dargohi yoki bir mintaqa, mamlakat doirasida o‘tkaziladi;

  • mavzuli muloqotlar – biror bir soha ilmiy va amaliy xodimlarining muloqot shakli bo‘lib, yetakchi tajribani ma’lum qilish va tarqatish maqsadida tashkil qilinadi. Mavzuli muloqotlarda, biron bir mavzu bo‘yicha ma’ruzalar qilinadi, Masalan, yirik ilmiy arbob xotirasiga bag‘ishlangan muloqotlar yoki biron bir tarixiy sanaga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Muloqotlar bir tashkilot, korxona, o‘quv dargohi yoki bir mintaqa, mamlakat doirasida o‘tkaziladi.



    Download 91.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling