4. Ingibitorli ximoya asoslari


Download 363.67 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi363.67 Kb.
#260690
Bog'liq
Маъруза 4



4.Ingibitorli ximoya asoslari. 

 4.1. Korroziya ingibitorlarining taʼsir mexanizmi. 

4.2. Ingibitorlarning katod va anod jarayoniga taʼsiri. 

4.3.Nordon muxitlardagi ingibitorlarning taʼsiri. 

 4.4.

 

Korroziya ingibitorlarining asosiy turlari 



 

4.1. Korroziya ingibitorlarining taʼsir mexanizmi. 

 

 

Buyumni  himoya  qoplamalari  bilan  qoplash  imkoniyati  boʼlmaganda  yoki 



qoplama bilan qoplash buyumni yetarli darajada korroziyadan himoya qila olmagan 

xolatlarda korroziya tezligini pasaytirish ingibitorlar yordamida amalga oshiriladi. 

Korroziya  ingibitorlari  shunday  moddaki,  ularni  korrozion  muhitga  oz  miqdorda 

qoʼshilishi  shu  muhitdagi  mavjud  metall  korroziyasi  tezligini  pasayishiga  olib 

keladi.  Inrgibitorli  himoya  korroziya  bilan  kurashishning  aloxida  usuli  boʼlib 

alohida  yoki  boshqa  himoya  vositalari  bilan  birga  kompleks  ravishda  qoʼllanishi 

mumkin.  Xozirgi  vaqtda  korroziya  ingibitorlarini  qoʼllash  koʼlami  ortdi:  ular 

buyumlarni  zaharlab  tozalovchi  sexlarda  (zaxarlovchi  ingibitorlar),  mashinasozlik 

va  priborsozlikda,  (vaqtinchalik  himoya  vositalari  va  uchuvchi  ingibitorlar),  neft 

kimyosida ( neftni qayta ishlash jarayonlari uchun ingibitorlar, moy va yoqilgʼilarga 

qoʼshimchalar), kommunal xoʼjalikda ( (suv aylanish tizimi uchun ingibitorlar), oziq 

ovqat  sanoatida  (sterillash  va  pasterizatsiyalashda  metall  buyumlarni  ximoyalash 

uchun ingibitorlar) va x.z.  

 

Korroziyaga qarshi qoʼshimchalar –ingibitorlarning asosiy vazifasi metall va 



qotishmalardan  tayyorlangan  detal  va  buyumlarni  korrozion  yemirilishdan 

himoyalashdir.  Metal  buyumlardan  foydalanish  davomida  va  ularni  saqlashda 

korroziyaga va yemirilishga uchraydi. 

 

Qoʼshimchasi yoki ingibitor qoʼshilmagan neft moylari metallarni uzoq vaqt 



va ishonchli ravishda korroziyadan himoya qila olmaydi. Shuning uchun xam neft 

moylari  tarkibiga  moyda  eriydigan  organik  moddalar:  moy  tarkibiga  metall 

yuzalarini agressiv muhit taʼsiridan ximoyalovchi korroziyaga qarshi qoʼshimchalar 

(korroziya ingibitorlari) va atmosfera taʼsiri sharoitida metall korroziyasiga qarshilik 

koʼrsatuvchi (atmosfera korroziyasi ingibitorlari) qoʼshimchalar qoʼshiladi.  

 

ISO  8044-1986  standarti  boʼyicha  korroziya  ingibitorlari  deb,  korrozion 



tizimda  yetarli  kontsentratsiyada  boʼlib,  xar  qanday  korrozion  reagentni 

kontsentratsiyasini  uncha  muxim  boʼlmagan  oʼzgartirish  bilan  korroziya  tezligini 

pasaytiruvchi kimyoviy birikmaga aytiladi. Kimyoviy birikma kompozitsiyasi xam 

korroziya ingibitori boʼlishi mumkin. Korrozion muxitda ingibitor miqdori uncha 

katta boʼlmasligi kerak. 

Korroziyaga qarshi qoʼshimchalar  – ingibitorlarning bir necha xil turlari mavjud. 

Kelib chiqishi boʼyicha:  

-tabiiy-asosi tabiiy azot, naften kislotalari, smola va shu kabilar

-sintetik,  oksidlanish,  sulьfidlash,  nitratlash,  tiklanish,  alkirlash  va  shu  kabi 

kimyoviy reaktsiyalar natijasida olingan ingibitorlar

-suyuq muxitlarda eruvchanligi boʼyicha: suvda eriydigan, moyda eriydigan, suvda 

va moyda eriydigan




-ximoya 

mexanizmi 

boʼyicha: 

Xemosorbtsion 

turdagi: 

anodli 


yoki 

faolsizlantiruvchi,  katodli,  aralashgan  anod-katodli,  ekranlovchi  (adsorbtsion) 

taʼsirli. 

 

 



 

Ingibitor samaradorligi ximoya darajasi Z (%da) va tormozlanish koeffitsienti 

γ (ingibitor samarasi) bilan baxolanadi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi 

 

 (4.1) 



 

Bu yerda  

-K

1

 va K



2

 [g\(m


2

 ∙ soat)] - metalni ingibitorli va ingibitorsiz muxitda erish tezligi;  

-i

1

  va  i



2

  [А\sm


2

]  gʼ  ingibitorli  va  ingibitorsiz  muxitda  metal  korroziyasi  tokining 

zichligi. Toʼliq ximoyada Z =100 % 

-Tormozlanish  koeffitsienti  ingibitorni  taʼsiri  natijasida  korroziya  tezligini  necha 

marta kamayganligini koʼrsatadi.  

 (12.2) 


Z va γ oʼzaro quyidagicha bogʼlangan. 

 

 (4.3) 



 (4.4) 

 

  



  

Qoʼshimchalarning  metalldagi  korrozion  jarayonga  taʼsir  mexanizmini 

oʼrganish uchun aminli boratlarning taʼsirini koʼrib oʼtamiz.  Metallar korroziyasi 

tashqi kuchlar taʼsiri ostida elektrokimyoviy tabiatga ega boʼlib, qoʼshimchalarning 

taʼsir  mexanizmi  qoʼyidagicha  boʼladi:  metallarni  yemiruvchi  anod  va  katod 

jarayonlarini tormozlanishi, metall yuzasidan suv (elektrolit) ning siqib chiqarilishi, 

va neftmaxsuloti tarkibida suvni ushlab turishi. 

   


 Maxsulot  –metall  tizimidagi  dvigatel  detallari  korroziyasi  aralash  mexanizm 

boʼyicha  amalga  oshadi.  Korroziyaga  qarshi  qoʼshimchalar  metall  yuzasida 

mustaxkam inert ximoya plyonkasi xosil qilib metallni korrozion faol muhit bilan 

aloqasini  uzadi,  uni  elektrokimyoviy  potentsialini  oʼzgartirib  korroziyani  oldini 

oladi.  Metall  yuzasida  plyonka  oddiy  adbsorbtsiya  yoki  xemosorbtsiya  natijasida 



xosil  boʼladi.  Qoʼshimchani  metall  bilan  aloqasidan  kelib  chiqib,  qoʼshimchalar 

xemosorbtsion va kimyoviylarga boʼlinadi.  

 

Xemosorbtsion turdagi qoʼshimchalar amino-, amido-, imido-, nitro kabi uzun 



alkil  zanjirli  molekulalar  va  qutibli  gruxlardan  iborat.  Qoʼshimchalar  metall 

yuzasida zich qatlam xosil qilib adsorbtsiyalanadi. 

  

Moy  tarkibidagi  korroziyaga  qarshi  qoʼshimchalar  adsorbtsion-desorbtsion 



muvozanat asosida plyonka hosil boʼlishi uchun yetarli darajada boʼlishi kerak. 

 

Ingibitorlar ikki xil yoʼl bilan taʼsir qiladi: faol yuza maydonini kamaytiradi 



yoki korrozion jarayonni faollik energiyasini oʼzgartiradi. 

 

Ingibitorning adsorbtsiyasi natijasida ikki qavatli elektr qatlamini strukturasi 



va shu bilan birga Ψ2 potentsialning adsorbtsion irgʼishi oʼzgaradi. Ingibitor yoppa 

plyonkasini yuzasini (Θ) bir qismini ekranlashtirish, u (1- Θ ) yuzada kechadigan 

korrozion jarayonga yoʼl qoʼymaydi.  

 

Katod  va  anod  ingibitorlar  mos  keluvchi  elektrod  reaktsiyalarni 



sekinlashtiradi,  aralashgan  ingibitorlar  ikkala  reaktsiyalardagi  korroziya  tezligini 

oʼzgartiradi. Metal yuzasida adsorbtsiya va ximoya qatlamini shakllanishi ingibitor 

zarrachalari  zaryadi  va  yuza  bilan  kimyoviy  aloqa  bogʼlash  xususiyati  bilan 

bogʼlangan. 

 

 Katod  ingibitorlari  katod  reaktsiyalarni  yoki  metalni  faol  erishini 



sekinlashtiradi.  Lokal  korroziyani  bartaraf  qilish  uchun  anion  ingibitorlari 

samaraliroq. Koʼp xollarda metalni yaxshi ximoya qilish uchun turli qoʼshimchalari 

boʼlgan ingibitorlar kompozitsiyasidan foydalaniladi. Bunda quyidagilarni kuzatish 

mumkin: 


-addivtiv  taʼsir,  bunda  aloxida  tashkil  qiluvchilarning  ingibirlovchi  samarasi 

aralashmasi qoʼshiladi. 

-  antogonizm,  komponentlardan  birining  boshqa  komponentni  ingibirlovchi 

samarasini pasaytirishi. 

-sinergizm,kompozitsiya  komponentlari  bir  birini  ingibirlovchi  xususiyatlarini 

kuchaytiradi. 

 

Ingibtorni  korroziyaga  taʼsirini  korrozion  jarayon  tezligini  ingibitor  bor  va 



ingibitor yoʼq muxitdagi koʼrsatgichlarini solishtirib koʼrishdan iboratdir.  

 

Ingibitorlarni korroziyaga taʼsiri mexanizmini oʼrganishning usullaridan biri 



polyarizatsion ( anod va katod) egri chiziqlarni chizishdir. 12.4 rasmda ana shunday 

egri chiziqlar kislotali korroziya uchun keltirilgan. 

 



 

 

4.1 rasm.  Ingibitor samarasini tushuntirish uchun polyarizatsion egri chiziq. 



А

1

 va А



2

 anod polyarizatsion egri chiziqlari. 

K

1

 va K



2

 katod polyarizatsion egri chiziqlari ingibitorlar (K

1

 va А


1

) yoʼqligida va 

ingibitorlar (K

2

 va А



2

) borligida. 

 

 Korrozion  jarayonning  etaplaridan  birini  ingibitor  tomonidan  tormozlanishi 



qutiblanishni ortishiga olib keladi. Ingibitor taʼsiri qancha katta boʼlsa, unga mos 

keluvchi  polyarizatsion  egri  chiziq  shuncha  tik  yoʼnalgan  boʼladi.  4,4  –  rasmda 

yarim logarifmik koordinatalar oʼqida kislotalarda ingibitorlar yoʼq va bor xolatlar 

uchun  katod  va  anod  polyarizatsion  egri  chiziqlar  keltirilgan.  Polyarizatsion  egri 

chiziqlarning biridan olingan xulosalarni (Ekstropolyatsiya) boshqa polyarizatsion 

egri chiziqning boshqalariga tatbiq kilish korroziya potentsiallari Е

кор1

 vа Е 


кор 2

   va 


korroziya tezligi i

кор1


 ва i

кор2


 ni aniqlash imkonini beradi. Bu qiymatlarni solishtirish 

shuni  koʼrsatadiki,  Yekor  ingibitorni  mavjudligi  qiymatlarni  musbat  tomonga 

siljitadi va korroziya tezligi esa kamayadi. i

кор1


 ва i

кор2


 ni qiymatlaridan foydalanib 

ingibitorni samaradorligini baxolash va Z va γ ni topish mumkin.  

 

 

 



  

4.2. Ingibitorlarning katod va anod jarayoniga taʼsiri. 

 

 

Koʼpchilik  xollarda  suyuq  muxitda  elektrokimyoviy  korroziyada 



ingibitorlarning  taʼsir  mexanizmi  ximoya  va  faolsizlantiruvchi  plyonkalarni  xosil 

boʼlishi  bilan  anod  va  katod  jarayonlarni  tormozlashdan  iborat  boʼladi.  Shuning 

uchun xam ularni anod va katod ingibitorlariga boʼlinadi. 

 Аnod  ingibitordarini  faolsizlantiruvchilar  xam  deyiladi,  chunki  ularning  taʼsiri 

korroziyaga  uchraydigan  yuzalarda  anod  uchastkalarini  faolsizlantirishga 

asoslangan. Koʼp xollarda ingibitor sifatida neorgshanik oksidlovchilar: xromatlar, 

nitratlar, molibdatlar va volframatlardan foydalaniladi.Ular katod yuzalarda tiklanib 

oʼzini qutibsizlantiruvchi tabiati bilan anod uchastkaga tok chaqiradi (keltiradi) va 

bu  toklarning  qiymati  metalni  faolsizlanishiga  yetadi.  Shundan  soʼng  eritmaga 

korroziyaga uchrovchi metal ionlarini oʼtishi keskin kamayadi. 




 Ishqoriy  xususiyatga  ega  boʼlgan  baʼzi  birikmalar:  fosfatlar,  yarimfosfatlar, 

silikatlar,  va  boshqalar  anod  ingibitorlariga  kiradi.  Bu  moddalar  metal  yuzasida 

kislorod mavjud boʼlganda ingibitorlik taʼsirini koʼrsatib metal yuzasiga kislorodni 

adsorbtsiyalanishiga  yordam  beradi.  Bundan  tashqari  ular  anodli  erishni 

kamaytiruvchi ximoya plyonkasini xosil qiladi. 

 

Аnod  ingibitorlari  xavfli  boʼlib,  baʼzi  sharoitlarda  korroziyani 



sekinlashtiruvchidan,  korroziyani  ragʼbatlantiruvchi  xolatga  oʼtadi.  Bunday 

ingibitorlarni ximoyalovchi xususiyatini taʼminlash uchun ularni kontsentratsiyasini 

metal yuzasini faolsizlanishin kafolatlochi belgilangan miqdordan kamaytirmaslik 

kerak. 


 

Xromatlar  va  bixromatlar  ichki  yonuv  dvigatellarini  sovutuvchi  aylanma 

suvlardan ximoya qilishda ishlatiladi. Shuningdek xromatlar alyuminiy, magniy va 

ularning qotishmalarini neytral va ishqorli muxitlarda korroziyadan saqlash uchun 

ishlatiladi. 

Katodli ingibitorlar katod jarayonin samaradorligini yoki katod uchastkalarda katod 

maydonlarini kamaytirish xisobiga korroziya tezligini kamaytiradi. Katod jarayonini 

samaradorligini  kamayishiga  kislorodli  qutibsizlanishdagi  korrozion  muxitda 

kislorod  miqdorini  kamayishi,  vodorodli  qutibsizlanishda  esa  vodorodni  oʼta 

kuchlanishini  ortishi  bilan  erishiladi.  Vodorodn  oʼta  kuchlanishini  korrozion 

muxitga baʼzi ogʼir metallarni   ASCl

3

,    Bi



2

(So


4

)

3   



  tuzlarini  kiritish  bilan  oshirish 

mumkin.  Bu  metallarni  kationlari  katod  uchastkalarida  tiklanib,  vodorod  ajralib 

chiqishini  sekinlashtiradi  va  vodorodli  qutibsizlanish  bilan  boradigan  korroziyani 

tormozlaydi.  Katod  uchastkalarni  kamayishi  uchun  katod  jarayonida  katod 

uchastkalarida  gidrooksil  ionlari  ortiqcha  boʼlgan  sharoitda  katod  yuzasini 

eritmadan  ximoya  qiluvchi  erimaydigan  maxsulot  xosil  boʼladi.  Аna  shunday 

smoddalardan  biri  Са(НСО

3

)



  boʼlib  yuqoridagi  aytilgan  sharoitda  CaCO

3

 

choʼkindini  xosil  qiladi.  Qattiq  suvda  metalni  korroziyasini  yumshoq  suvdagiga 



nisbatan kamligi xam shu xodisa bilan bogʼlangan.  

 

Katod  ingibitorlari  anod  ingibitorlariga  qaraganda  samarasi  kamroq,  lekin 



xavfli  emas.  Ular  korroziya  tezligini  ortirmaydi.  Noorganik  katod  va  anod 

ingibitorlari  neytral  va  ishqorli  muxitda  samarali,  lekin  korroziya  vodorodli 

qutibsizlanish  bilan  boʼladigan  kuchli  nordon  eritmalarda  ximoya  taʼsirini 

koʼrsatmaydi.  Nordon  muxitlarda  ingibitor  sifatida  zaxarlash  ingibitorlaridan 

foydalaniladi.  Zaxarlash  ingibitorlari  organik  moddalar  boʼlib  ularning 

molekulalarida  aminlar,  aldegidlar,  tiomochevina,  merkaptanlar,  fenol  va  boshqa 

shu  kabi  moddalar  mavjud  boʼladi.  Ularning  taʼsir  mexanizmi  adsorbtsion 

xarakterga ega boʼladi. Ular katod va anod uchastkalarida adsorbtsiyalanib, vodorod 

ionlari razryadiniva metalni ionlanishreaktsiyalarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun 

ular statsionar potentsial qiymatini amalda oʼzgartirmay korroziya tezligini sezilarli 

kamaytiradi.  Bunday  ingibitorlar  poʼlatlarni  kislotalardagi  okalina  va  zanglarni 

yoʼqotishda poʼlatlarni zaxarlash uchun ishlatiladi. Ularni eritmalarga qoʼshilganda 

oksidlar shikastlanadi metal esa shikastlanmaydi. 

  

4.3. Nordon muxitlardagi ingibitorlarning taʼsiri. 




  

Koʼpchilik ingibitorlar uchun agressiv muxit xaroratini koʼtarilishida dastlab 

ingibitor samarasini koʼtarilishi , soʼngra maʼlum xaroratdan soʼng uning pasayishi 

kuzatiladi. Bunday bogʼliqlik ingibitorlar adsorbtsiyasi tabiatining oʼzgarishi bilan  

tushuntiriladi. 

 

 



 

Rasm  4.2. Ingibitor samarasining xaroratga bogʼliqligi. 

 

  

Uncha  katta  boʼlmagan  xaroratlarda  fizik  adsorbtsiya  boʼlib,  xarorat 



koʼtarilishi  bilan  kimyoviy  adsorbtsiyaga  oʼtadi.  Xaroratni  keyingi  koʼtarilishida 

ingibitor  samarasini  pasayishi  korroziyaga  uchrovchi  metal  yuzasidan  ingibitorni 

desorbtsiyalanishi sabab boʼladi. Koʼplab ingibitorlar uchun ingibitor samarasining 

maksimumi 60...80 grad. da erishiladi. Ingibitor va agressiv muxit kontsentratsiyasi 

ortganda xarorat maksimumi qiymati ortadi. Xarorat maksimumi qiymati boʼyicha 

ingibitorlarni yuqori xaroratli (t

max

> 60-80


0

C) va past xaroratlilarga (t 

max

> 60-80


0

C) 


boʼlinadi.  

 

Turli  ingibitorlarning  birgalikdagi  taʼsiri  tadqik  qilish  shuni  koʼrsatadiki, 



ingibitorlarning birgalikdagi taʼsiri oʼrganilganda quyidagilar maʼlum boʼldi: 

Samarani  oʼzaro  kuchayishi  (ximoya  taʼsiri  sinergizmi),  addivtivlik  va  oʼzaro 

kuchsizlanish (ximoya taʼsiri antogonizmi) 

 

 



 

Rasm  4.3. Turli ingibitorlarning birgalikdagi taʼsiri 




 

 Tadqiqotlarga koʼra ingibitorlarning birgalikdagi taʼsirida quyidagi xollar boʼlishi 

mumkin: Ximoya taʼsiri sinergizmi, addivtivlik va oʼzaro pasayish ( ximoya taʼsiri 

antogonizmi).  Аddivtiv  ximoya  taʼsiri  kimyoviy  tuzilishi  oʼzaro  yaqin  boʼlgan 

birikmalarda  yuzaga  keladi.  Misol  uchun  jelatin  va  fibrina  oqsillari  aralashmasi, 

aldegid,  -atsetaldegid  va  formaldegid.  Аntogonistik  taʼsir  timochevin  va  nikotin, 

anilin va surma xloridlarida va shu kabi brikmalarda uchraydi. Sinergetik samaraga 

ega boʼlgan ingibitorlarni ishlab chiqish muxim axamiyatga ega. Bunday xolatda 

ximoya taʼsirini kuchaytirishni ikki yoʼli mavjud: 

-ingibitorni boshqa birikmalar bilan ximoya taʼsirini kuchaytiruvchi kompozitsiyani 

xosil qilish; 

-  bu  moddaning  molekulasiga  kiritilgan  zaryadlarni  miqdori  bilan  farq  qiluvchi 

geteroatomlarni  kirgizish.  Misol  uchun  azot,  kislorod,  fosfor.  Birinchi  xolatda 

molekulalar  aro  sinergizm  boʼlsa,  ikkinchi  xolatda  molekula  ichidagi  sinergizm 

vujudga keladi. 

 

Molekulalararo sinergizmda organik azotli korroziya ingibitorlarning ximoya 



taʼsirini  uglerodli  poʼlatlarning  nordon  muxitlardagi  korroziyasida  neorganik 

anionlar Cl-, Br-, I-, CNS-, HS- kirgizish bilan ortirish mumkin. 

3MH

2

SO



4

 brikmasi 

ingibitor samarasini yuzlab marta oshirish mumkin. 

 

Molekula  ichidagi  sinergizmni  moxiyati  shundan  iboratki,  ingibitor 



molekulasiga bir yoki ikki funktsional guruxli geteroatomlar kirgizishdan iborat. Bu 

xolda bitta gruppa atomlari anion va ikkinchi gruppa atomlari kation boʼladi.  

 

Ingibitor  kontsentratsiyasi  uning  ximoya  xususiyatlariga  taʼsir  qiladi. 



Kontsentratsiyani  ortishi  ximoya  taʼsirini  ortiradi.  Lekin  baʼzi  xollarda  ingibitor 

kontsentratsiyasini  maʼlum  chegaradan  ortishi  yoki  kamashiyi  korroziya  tezligini 

ortishiga sabab boʼladi va ingibitor korroziyaning stimulyator i boʼlib xisoblanadi. 

Rasmda  korroziya  tezligini  nordon  muxitlarda  umumlashgan  grafigi  keltirilgan. 

Grafikda uchta uchastkani koʼrish mumkin.  

1. Ingibitorlarni past kontsentratsiyadagi stimullovchi taʼsiri. 

2. Ingibirlovchi taʼsir xududi. 

3

.



 Katta kontsentratsiyadagi taʼsir xududi. 

 

4.4.



 

Korroziya ingibitorlarining asosiy turlari 

 

Noorganik  ingibitorlar.  Koʼplab  noorganik  moddalar  agressiv  muxitlarda  metal 



korroziyasini  sekinlashtirish  xususiyatiga  ega.  Bu  birikmalarning  ingibirlovchi 

taʼsiri ularda kationlarni ) yoki anionlarni  mavjudligiga bogʼliq.  

 

Noorganik katod ingibitorlari katod  jarayoni  qayta kuchlanishini ortirish va 



katod  uchastkasini  maydonini  kamaytirish  xisobiga  metallar  korroziyasi  tezligini 

kamaytiradi.  

 

Ekranlovchi 



(ximoyalovchi) 

katod 


ingibitorlari 

bu 


birikmalar 

mikrokatodlarda erimaydigan birikmalar xosil qilib, ular izolyatsiyalovchi ximoya 

qatlami  boʼlib  xisoblanadi.  Temirning  suvdagi  eritmasi  uchun  ZnSO

4

,  ZnCl



2

 

Ca(NCO



3

)

2



 brikmalari temirning suvdagi eritmalarida ekranlovchi katlod ingibitori 

boʼlishi mumkin. 




 

Bikarbonat kaltsiy Ca(NСO

3

)

2



 eng arzon ekranlovchi katod ingibitori boʼlib 

suv  tizimida  ishlaydigan  poʼlatlarni  ximoya  qilish  uchun  ishlatiladi.  Bikarbonat 

kalьtsiy  ishqoriy  muxit  ostida  erimaydigan  brikma  СaСo

3

  xosil  qilib,  metalni 



elektrolitdan ximoya qiladi.  

 

Katod jarayoni qayta kuchlanishini kuchaytiruvchi katod ingibitori vodorodli 



qutibsizlanish bilan boradigan korroziyada qoʼllaniladi. Ingibitor sifatida baʼzi ogʼir 

metallarni  (  AsCl

3

,  Bi(  SO



4

)

3



)  kationi  bor  tuzlardan  foydalaniladi.  Poʼlatlarda  bu 

metallar  kontaktidan  choʼkish  xosil  boʼlib,  natijada  vodorodni  qayta  kuchlanishi 

ortadi. Rasmda As

2

O



2

 uncha koʼp boʼlmagan miqdorini (0,045 % mishyak xisobida) 

uglerodli poʼlatning oltingugurt kislotasidagi korroziyaga taʼsiri keltirilgan. 

Noorganik  anod  ingibitorlari  metal  yuzasida  yupqa  (~  0,01  mkm)  plyonka  xosil 

boʼlib metalni eritmaga oʼtishini toʼxtatadi. Plyonka xosil qiluvchilar va oksidlovchi 

kimyoviy  birikmalar  korroziyani  anodli  sekinlashtiruvchilar  guruxiga  kirib,  ular 

passivatorlar  deyiladi.  Katodli-  anodli  ingibitorlar,  misol  uchun  KJ,  KVr, 

ingibitorlari kislota eritmalarida metal yuzasida xemosorbtsion qatlam xosil boʼlishi 

hisobiga anod va katod jarayonlarini teng darajada tormozlaydi.  

 

Plyonka xosil qiluvchi ingibitorlar yuzada fazaviy yoki adsorbtsion plyonka 



xosil  qilib  metal  yuzasini  ximoya  qiladi.  Ularning  qatoriga  NaON,  NaSO3  va 

fosfatlar kiradi. Fosfatlar poʼlatlarni xoʼjalik va kommunal suv quvurlarini ximoya 

qilishda ishlatiladi. Fosfatlar bor joyda metal yuzasida plyonka xosil boʼladi. U temir 

gidrooksidi va zichlangan temir fosfatidan iborat boʼladi. Ximoya samarasini katta 

boʼlishi uchun koʼp xollarda fosfatlar yarim fosfatlar bilan birga ishlatiladi.  

 

Faolsizlantiruvchilar  (passivator)  metal  yuzasida  oksid  plyonkalarni  xosil 



qilish sharofatiga anod reaktsiya tormozlanadi.  

Bu  reaktsiya  faqatgina  faolsizlanishga  moyil  boʼlgan  metallardagina  boʼlishi 

mumkin. 

 

Faolsizlantiruvchilar  yaxshi,  lekin  xavfli  ingibitorlar  boʼlib  xisoblanadi. 



Notoʼgʼri  tanlangan  kontsentratsiyada  Sl-  ionlari  mavjud  boʼlsa  yoki  mos 

kelmaydigan  kislotali  muxitda  ular  metaldagi  korroziyani  tezlashtirib,  juda  xavfli 

boʼlgan nuqtaviy korroziyani keltirib chiqarishi mumkin. 

 

Natriy  va  kaliyni  xromat  va  bixromatlari  sanoatni  suv  tizimida  temir, 



ruxlangan poʼlat, mis, latun va alyuminiyni korroziya ingibitorlari sifatida ishlatish 

mumkin. Temir uchun xromatlarni taʼsiri quyidagicha yoziladi. 

Oksid plyonkani 25 % ni Cr2O3 va 75% ni Fe2O3 tashkil qiladi. 

 

rN 5 dan katta boʼlganda nitritlar koʼplab metallarda (rux va misdan tashqari) 



ingibitor sifatida qoʼllaniladi. Ular zang bor joyda samarali va arzon. 

 

Nitritlarning  ximoya  taʼsiri  yuzada  oksid  plyonkasini  xosil  boʼlishi  bilan 



bogʼlik. Plyonka quyidagi tenglama boʼyicha xosil boʼladi. 

 Silikatlar  katod  vva  anod  reaktsiyalarining  tezligini  kamaytirib  ingibitorlarning 

aralash taʼsir qiladigan turiga kiradi. 

 

Silikatlarning  umumiy  formulasi  –  xSiO2  ∙  Me2O.  Silikatlar  taʼsiri  suvda 



erigan  uglekisliy  gazni  neytrallash  va  metal  yuzasida  ximoya  plyonkasini  tashkil 

qilishdan iborat.  




 

Organik  ingibitorlar.  Koʼplab  organik  brikmalar  metal  korroziyasini 

sekinlashtirish  xususiyatigsha  ega.  Organik  brikmalar  –  aralash  taʼsir  etuvchi 

ingibitorlardir, chunki ular xam anod va xam katod reaktsiyalariga taʼsir qiladi. 

Аtmosfera korroziyasi ingibitorlari  

Аtmosfera  korroziyasi  –bu  elektrokimyoviy  jarayon  boʼlib,  metal  yuzasida 

kondensatsiyalanadigan  yupqa  nam  plyonkada  amalga  oshadi.  Maʼlumki  bu 

korroziya kislorodli qutibsizlanish bilan amalga oshadi. Shuning uchun xam neytral 

va  ishqoriy  eritmalarda  ishlatiladigan  xamma  faolsizlantiruvchilar  atmosfera 

korroziyasi  ingibitorlari  boʼlib  xisoblanadi.  Ular  uchmaydigan  (neletuchiy)  va 

uchadigan (parofazniy) turlarga boʼlinadi.  

 

Kontakt  ingibitoorlar  metalni  yuzasiga  yoki  taxlangan  (upakovochniy) 



material yuzasiga solinadi. Kontakt ingibitorlar metal yuzasi bilan taʼsirlanib unda 

yuqori  ximoyalovchi  xususiyatga  ega  boʼlgan  faolsiz  plyonka  xosil  qiladi.  Metal 

bilan kontaklanuvchi ingibitor plyonka mexanik zararlanganda toʼxtovsiz ravishda 

faolsizlantiruvchi  plyonkani  yangilanishini  taʼminlaydi.  Kontakt  ingibitorlar 

eritmalarga nisbatan ikkita katta  guruxga boʼlinadi: suvda eriydiganlar  va  moyda 

eriydiganlar. Suvda eriydiganlarga nitrit natriy, molibden kislota tuzlari va boshqa 

shu  kabi  brikmalar  kiradi.  Bu  ingibitorlar  foydalanishga  qulay,  polimerlar  bilan 

yaxshi  aralashadi.  Ularning  kamchiligi:  suvda  yuvilib  ketish  extimoli  katta  va 

buning  natijasida  atmosfera  taʼsiriga  bardosh  beraolmaydi.  Moyda  eriydigan 

ingibitorlarga  АKOR  prisadkasi  ,  yogʼli  kislota  amidlari,  sulfidlangan  va 

nitratlangan  moy  va  boshqa  brikmalar.  Moylarning  suv  yuqtirmasligi  bu 

ingibitorlarning  suvda  va  suvli  eritmalarda  yuqori  barqarorligini  ,  ularni  qutibsiz 

polimerlar  bilan  yaxshi  qoʼshilishini  taʼminlaydi.  Bunday  ingibitorlar  atmosfera 

taʼsiriga oʼta mustaxkam. Baʼzi ingibitorlar suvda va moyda eruvchan. Misol uchun: 

MSDА-1, MSDА-2, VITАL. IKS-1.  

 

Suvda  eriydigan  ingibitorlar  suvda  maqbul  darajada  erish  kerak.  Yuqori 



eruvchanlik  plyonkalarni  toʼsiqlik  xususiyatlarini  kuchsizlantiradi,  suvni 

diffuziyasini yengillashtiradi, ximoyani davomiyligini qisqartiradi, eruvchanlikning 

ozligi faolsizlantiruvchi agentning kerakli kontsentratsiyasini taʼminlamaydi. 

 

Moyda  eruvchi  ingibitorlar  yuqori  xaroratda  parchalanishi  va  chaqnashi, 



optimal qovushqoqlikka ega boʼlishi kerak. Yuqori qovushqoqlik ingibitorni metalni 

ximoyalanadigan yuzasiga borishini qiyinlashtiradi.  

 

Uchuvchi  ingibitorlar  –gaz  yoki  bugʼ  fazasida  metalni  ximoya  qilish 



xususiyatiga  ega.  Ular  bugʼning  yuqori  egiluvchanligi,  atmosfera  xavosini  tezda 

egallashi  bilan  xarakterlanadi  va  metal  yuzasida  adsorbtsiyalanib  uni  atmosfera 

korroziyasidan ximoyalaydi. Foydalanilayotgan birikma turiga bogʼliq xolda, xosil 

boʼlgan ximoya plyonkasi yoki ingibitor bilan faolsizlanishi sababli metal yuzasini 

xavoni  agressiv  taʼsiridan  ximoyalaydi.  Foydalaniladigan  birikma  turiga  bogʼliq 

xolda  metall  yuzasi  ximoya  plyonkasi  yoki  ingibitorning  faolsizlantirish  sharofati 

bilan xavoning agressiv taʼsiridan ximoyalanadi. 

 

Uchuvchi ingibitorlardan foydalanish buyumni yuzasini yaxshilab tozalashni 



va  ximoya  qilinadigan  buyum  atrofidagi  xavoni  eng  oz  darajaga  tushirishni  talab 

qiladi. Bu buyumni maxsus qogʼozga oʼrashpolimer materiallardan tayyorolangan 

karton korobkalarga, yashiklarga va x.z. joylash bilan amalga oshiriladi. Uchuvchi 



ingibitorlardan  foydalanish  murakkab  metalkonstruktsiyalarni  yetib  borish  qiyin 

boʼlgan,  korroziyaga  qarshi  ximoyaning  boshqa  usullarini  qoʼllash  samarasiz 

boʼlgan joylarda ishlatish qulay. 

 

Saqlash  va  transportirovka  qilish  sharoitiga  va  oʼrashga  bogʼliq  xolda 



uchuvchi ingibitorlar metal buyumlarni bir necha oydan ikki yilgacha ximoya qiladi. 

Taxminan 7 gr ingibitor 1m2 oʼrovchi qogʼozdayoki 2...3 gr ingibitor 1m3 xajmdagi 

oʼramda  yaxshi  samara  beradi.  Uchuvchi  ingibitorlar  qatoriga  koʼplab  tarkibiga 

alifatik  va  aromatik  aminlari  geterotsiklik  azotli  birikmalar,  va  ularning  tuzlari, 

xamda baʼzi bir noorganik birikmalar kiradi. NDА, MSDА-1, G-2, va boshqalar. 

Ingibtor  qoplamalar  va  moylar  Mashinasozlikda  va  sanoatning  boshqa  soxalarida 

ingibitor  qoplamalar  va  moylar  konservatsiya  uchun  qoplama  va  plyonka  xamda 

metal  buyumlarni  oʼrash  uchun  ishlatiladi.  Ularni  yordamida  metallarni 

korroziyadan ximoya qilishning kombinatsiyalashgan usullari amalga oshiriladi. Bu 

xolda  polimer  asos  tarkibiga  suvda  yoki  moyda  eriydigan  kontakt  ingibitorlar 

kiritiladi.  Ingibitorlarni  metal  yuzasiga  kiritishagressiv  muxit  orqali  yoki 

ingibitorning material xajmiga diffuziyasi orqali amalga oshiriladi.  

Ingibitor  surkamalarni  moy,  xayvon  yogʼi,mum  va  vazelindan  tayyorlanadi.  Ular 

nisbatan arzon, metal yuzasini qoplash oson. Moylarni korroziyaga qarshi ximoya 

sifatida  ishlatishda  ximoya  yuzasiga  ortiqcha  talab  quyilmaydi,  ular  barqaror 

saqlanadi va saqlanish davomida  

agressiv muxit xosil qilmaydi. Ingibitor surkamalarning asosiy kamchiligi-plyonka 

mustaxkam emas. 

 

Surkamalarning quyuk (konsistent) va suyuq turlari mavjud. 



 

Quyuq  surkamalar  –  mineral  moylar  boʼlib,  ular  sovun,  yogʼ  kislotalari, 

polimerlar,  neftni  qayta  ishlash  maxsulotlari  qoʼshilib  quyuq  xolga  keltirilgan. 

Quyuq  surkama  qatlami  metalga  xavova  suv  kirishiga  yoʼl  quymasdan  korroziya 

jarayonini  sekinlashtiradi.  Bunday  surkamalar  faqat  quruq  yuzaga  beriladi.  Аgar 

mpetalda namlik boʼlsa, surkama ostida xam korroziya jarayoni toʼxtamaydi. Quyuq 

moylar  mashina  va  jixozlarni  ustki  tomondan  konservatsiya  qilishda  xam 

qoʼllaniladi. 

 

Suyuq surkamalar – mineral moylar boʼlib, unda korroziya ingibitorlari erigan 



xolda boʼladi. Ularni quyuq moylarga qaraganda surkash va tozalash oson. Bunday 

moylar  sarfi  quyuq  moylarga  qaraganda  kam.  Suyuq  moylar  bilan  konservatsiya 

qilish jarayonini avtomotlashtirish oson. Ularning kamchiligi ularda tovar koʼrinishi 

yoʼq va konservatsiyadan yechish koʼp mexnat talab qiladi. 

 

 

Takrorlash uchun savollar. 



1. Ingibitorlar vazifasi nimadan iborat? 

2. Korroziya ingibitorlarini taʼrifini ayting. 

3.  Ingibitor  samaradorligi  ximoya  darajasi  va  tormozlanish  koeffitsienti  qanday 

aniqlanadi? 

4. Korroziya ingibitorlarining taʼsir mexanizmini ayting. 

5. Katod va anod ingibitorlari qanday vazifani bajaradi ? 

6. Noorganik katod va anod ingibitorlari haqida nimalarni bilasiz ? 



7.Аtmosfera korroziyasi ingibitorlari haqida nima bilasiz? 

8. Uchuvchi ingibitorlar haqida nima bilasiz? 

 

 Foydalanilgan adabiyotlar. 



1.  Jarskiy  I.M.,  Ivanova  N.P.,  Kuis  D.V,,  Svidunovich  N.А.  Korroziya  i  zaщita 

metallicheskix oborudovaniy. M.Vыsshaya shkola. 2012. 304 s. 

3.Semenova  I.V.,  Florianovich  G.M.,  Xoroshilov  А.B.  Korroziya  i  zaщita  ot 

korrozii. M. FIZMАTLIT 2002 336 s.  

2 Rozenfelьd L.I. Ingibitorы korrozii. Ucheb.posob. M. Ximiya.1977. 362 s. 

3. Ulyanin Ye.А. Korrozionnostoykie stali i splavы. Ucheb.posob. M.Metallurgiya. 

1980. -250 s. 

4.  Neverov  А.S.,  D.  А.  Rodchenko,  M.I.  Sirlin.  Korroziya  i  zaщita  materialov. 

Uchebnoe posobie. Minsk. Vыsshaya shkola. 2007. 222s. 

5.  Yemelin  M.I.,  Gerasimenko  А.А.  Zaщita  ot  korrozii  v  usloviyax  ekspluatatsii. 

Moskva. Mashinostroenie 1980. 224 str. 

6. Zaщita metallicheskix soorujeniy ot podzemnoy korrozii. Spravochnik. Moskva 

nedra 1980. 295 str. 

7. Pluden V. Zaщita ot korrozii v stadi proektirovaniya. Moskva.Mashinostroenie 

1980. 438 str. 

8. Juk N.P. Kurs teorii korrozii i zaщitы metallov. Moskva. Metallurgiya 1976. 472 

str. 

Internet saytlari 



 

 

www.tehnology. ru 



2. https://www.researchgate.net/publication/ 

3. http://refleader.ru/poljgeotratybew.html 

 

 

Glosariy 



Korroziya  ingibitorlari  -  korrozion  tizimda  yetarli  kontsentratsiyada  boʼlib,  xar 

qanday  korrozion  reagentni  kontsentratsiyasini  uncha  muxim  boʼlmagan 

oʼzgartirish bilan korroziya tezligini pasaytiruvchi kimyoviy birikma. 

Аtmosfera  korroziyasi  –bu  elektrokimyoviy  jarayon  boʼlib,  metal  yuzasida 

kondensatsiyalanadigan yupqa nam plyonkada amalga oshadi. 



Quyuq  surkamalar  –  mineral  moylar,  ular  sovun,  yogʼ  kislotalari,  polimerlar, 

neftni qayta ishlash maxsulotlari qoʼshilib quyuq xolga keltirilgan. 



 

Download 363.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling