4. ipv4 va ipv6 protokollarining imkoniyatlarini taqqoshlash va tahlil qilish


IPv4 va IPv6 protokollarini solishtirish


Download 1.45 Mb.
bet6/21
Sana26.01.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1124747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Mustaqil ish 4

4. IPv4 va IPv6 protokollarini solishtirish
Ushbu ikki protokollar haqida keltirilgan ma’lumotlardan so‘ng, ularni solishtirib ko‘rib, jadval tuzamiz.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bu ikki protokol bir-biri bilan solishtirilganda ustunlik va kamchiliklari bor. IPv6 protokolida xavfsizlik choralari ko‘rilgani, ya’ni IPSec protokolining ishini osonlashtirish uchun qo‘shimcha maydon qo‘shilganligi, ma’lumotlarning yetib borishi sifati va ishonchliligi, IPv6 asosidagi qurilgan tarmoqning sodda arxitekturaga ega bo‘lishi, ya’ni NAT — tarmoq manzillarini ishlatmagan holda end-to-end asosida ishlashni tashkil etgani uchun ham bu protokolga o‘tish eng to‘g‘ri yechimdek ko‘rinishi mumkin, ammo hozirdagi ko‘plab tarmoq qurilmalarining IPv6 protokolini qo‘llab-quvvatlamasligi, ko‘plab kontent ma’lumotlardan IPv6 orqali foydalanish ilojsiz bo‘lgani, qurilmalarni yangilash uchun esa katta xarajat va vaqt talab etilishi bu protokolni qo‘llashda ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirda IPv4 adreslari qolmagani va keyingi ulanayotgan yangi foydalanuvchilarni faqat IPv6 orqali adreslash mumkin bo‘lganligi, IPv6 protokoliga o‘tish muqarrarligini anglatadi.
Umuman ta’kidlash mumkinki, yangi texnologiyalar yaratilayotgani, Internet foydalanuvchilarining tobora oshib borayotgani noyob IP adreslarga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. Bo‘sh IPv4 adreslari qolmaganligi sababli hozirda IPv6 protokoliga o‘tish yuzasidan global darajada ish olib borilmoqda. Shuningdek, tobora soni ortib borayotgan Internet buyumlari ham yangi protokolga o‘tishni tezlashtirishni talab qilmoqda. IPv6 protokoliga o‘tishda o‘ta sinchkovlik bilan har bir jarayonni inobatga olish, vujudga keladigan muammolarni iloji boricha, samarali hal qilish kerak bo‘ladi. Buning uchun, tarmoq operatorlari ishchi personallarining va foydalanuvchilarning IPv6 protokoli bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, Internet tarmog‘ining yaqin kelajakdagi strukturasi IPv6 protokoliga asoslangan bo‘ladi va buning uchun tayyorgarlikni hoziroq boshlash maqsadga muvofiq.

Protokol – bu qoida va amallar to'plami bo'lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma kompyuterlar bir hil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo'lgandan so'ng hamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko'rinishga yana qaytarish kerak.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling