4 kazus toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan O. Maxkamova tuman xokimiyatiga murojaat qilib, 2022 yilda davlat budjetiga mablag‘lar
Davlat krediti munosabatlari subʼektlari va uning o‘ziga xos
Download 153.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Moliya oraliq nazorat
1. Davlat krediti munosabatlari subʼektlari va uning o‘ziga xos
xususiyatlarini taxlil qiling. Avvalo kredit atamasiga ta`rif berib o`tmoqchiman. Kredit bu - pul yoki tovarlarni, odatda foizlar to’lab, qaytarish sharti bilan berish bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Kredit bir ko’rinishda qarz munosabatiga ham o’xshab ketadi. Lekin qarzdan farqli ravishda kreditda qarz oluvchi tomon foydalanilgani uchun haq to’lashi shart. Shuningdek, davlat krediti degan tushuncha ham mavjud. Davlat krediti- davlatning ehtiyojlari va byudjet befitsitini qoplash uchun xo’jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb etish bo’yicha moliya huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlardir. 3 Ushbu munosabatlarda davlat qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ham ishtirok etishi mumkin. Davlat kreditida, davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan kreditlar hisobidan esa tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Endi esa ushbu munosabat subyektlariga to’xtalsak. Davlat kreditida, kredit munosabatlari subyektlari bir tomonda davlat, ikkinchi tomonda yuridik va jismoniy shaxslar bo`ladi. Davlat krediti bo’yicha munosabatlarda o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu munosabatlarda asosiy subyekt bo’lmish davlat har doim yetakchi pozitsiyani egallaydi. Davlat ushbu munosabatda qarz oluvchi bo’lib, bir tomonlama tartibda kredit shartlarini belgilaydi. Ya’ni subyektlari jihatdan ham davlat krediti boshqa kredit munosabatlaridan alohida ajralib turadi. Xulosa qilganda, davlat kreditini o’ziga xos xususiyatlari shulardan iboratki, bu munosabatlarda davlat qarz oluvchi sifatida, jismoniy va yuridik shaxslar qarz beruvchi sifatida qatnashadi va bu munosabatda taraflar teng bo’lmaydi, 3 Moliya huquqi: maruzalar kursi/ E.xojiev, O.Kamolov. B. Artiqov, -T O’zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi 2012, 173- bet. shuningdek davlat jismoniy va yuridik shaxlarning bo’sh turgan pul mablag’larinigina olishi mumkin. Download 153.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling